2.1.2-jadval
bezagiga e'tibor ortganO'rta asrlar arxitekturasida roman (X-XII asrlar) uslubi, keyinroq gotika(XII-XVasrlar) uslubi alohida o'rin tutgan. Gotika arxitektura uslubiga xos bo'lgan cho'ziq ravoqlardan iborat kontsruksiyali binolar ichida monumental ibodatxonalar diqqatga sazovor bo'lgan.Gotik usul (XII-XV asr). Bidermeyer uslubi (XIX asr 1-yarmi)O'rta asrlar arxitekturasida roman (X-XII asrlar) uslubi, keyinroq gotika(XII-XVasrlar) uslubi alohida o'rin tutgan. Gotika arxitektura uslubiga xos bo'lgan cho'ziq ravoqlardan iborat kontsruksiyali binolar ichida monumental ibodatxonalar diqqatga sazovor bo'lgan.Turli xalqlar uslublari va intererda etnografiyaMebelni, inventarning, servirovkada dekorativ asbob-anjomlarni yagona uslub komplektini tanlash hamda bu predmetlarni arxitektura badiiy kompozitsiyaga muvofiq joylashtirish intererni joyga oid tashkil qilinishi deyiladi.
.
14Mexmonxona intereri
2.1.4 -rasm
Ranglar va yorug'likning o'zaro aloqadorligi, ularning tabiati haqidagi datslabki nazariy asarlar antik Yunonitsonda yaratilgan. Tabiat qonuniyatlari aniq o'rganilmagan bir davrda rang tushunchalari yunon faylasuflarining dunyoviy ta'limotida umumiy tarzda o'z ifodasini topgan. Qadimgi olimlar rang ta'limotida yorug'lik va qorong'ilikni, oq va qorani qarama-qarshi qo'yib, ular o'rtasida hamma ranglar mavjudligini payqaganlar. Ammo bu hodisalarning sabablarini ular aniq ayta olmaganlar. Xususan, Aritsotel ko'z va jism oralig'idagi "shaffof" muhitning ahamiyati haqida gapirgan edi. Tabiatning kuchli tabiiy hodisalari inson tasavvurida turli psixik taassurotlar, obrazlarni shakllantirib kelgan. Ranglar, yorug'lik bilan bog'liq bo'lgan turli nurlar odamlar ongida atsa-sekin ramziy xarakterga ega bo'la boshlagan (qorong'i-qora, qora quzg'un, sariq-zardadek, qirmizi loladek, moviy osmondek, oq farishtadek, tundek qora va hokazo).
2.2.Mexmonxona dizayinini yaratish
Mexmonxona dizaynini shakllantirishda xalqaro talablar.
Ektseryer - bu xohlagan binoning tashqi ko'rinishi. U sayyohlar uchun tunash joylarini tanlashda katta ahamiyatga ega. Bugungi kun me'morchiligida binolarning tashqi ko'rinishini belgilaydigan qator talablar shakllangan bo'lib, ularga binoni loyihalashda qat'iy rioya qilinishi kerak:
1. Tabiiy-iqlim talablari.
Iqlim sharoitining ta'siri juda ham katta bo'lib, u nafaqat binoning shaklini, uning me'morchilik elementlarini tanlashga ham katta ta'sir ko'rsatadi. Issiq iqlim sharoitli hududlarda binolar ochiq joylari juda ko'p loyihalanadi: balkonlar, lodjilar, galareyalar, kafe uchun ochiq maydonchalar, utsi yopilgan ichki hovlichalar; qattiq sovuq bo'ladigan hududlarda yopiq inshootlar ko'p bo'lishi kerak, binolar va ularning qismlari utsi yopilgan o'tish yo'llari bilan birlashtiriladi.
2. Psixofiziologik talablar.
Servis sohasi korxonalariga qo'yiladigan psixofiziologik talablar shundan iboratki, xonalar balandliklari va ularda o'rnatiladigan jihoz va mebellar o'lchamlari odamning antropometrik va ergonometrik ma'lumotlariga to'g'ri kelishi kerak. Bundan tashqari ba'zi bir xalqlar ba'zi bir ranglarni yoqtirmaydi, ba'zi bir ranglarni o'ta yaxshi ko'rishadi. Xuddi shuningdek me'morchilik elementlarining shakllariga ham ranglarga o'xshash o'z munosabatlarini bildirishadi. Shu sababdan ham binolar tashqi ko'rinishining bezagida milliy an'analar ham o'z ifodasini topishi kerak, bino bezagida ishlatiladigan me'morchilik elementlari shakllari, ranglari mahalliy xalq ruhiyatiga to'g'ri kelishi kerak.
3. Shahar me 'morchiligi talablari.
Shahar va qishloq joylarida qurilish ishlari u yerning kelajakdagi rivojlanish rejasi asosida amalga oshiriladi.
Servis sohasi korxonalari juda ham tejamli va nafis bo'lishi bilan birga u yerdagi mavjud binolar bilan birga yagona ansamblni tashkil qilishi lozim.
Reklama nuqtai-nazaridan servis sohasi korxonalarining tashqi ko'rinishi juda ham katta ahamiyatga ega, chunki reklama bukletlarida binolarning tashqi ko'rinishi va shuningdek vetsibyul va ovqatlanish korxonalarining zallari o'z aksini topadi. Ularga qarab kelajakda mijozlar qaysi servis korxonasi xizmati va mahsulotidan foydalanish bo'yicha xulosa chiqarishadi. Shuning uchun ham servis sohasi korxonalarining ektseryeri juda ham savlatli, etsetik nafis bezatilgan va xotirada tez o'tirib qoladigan bo'lishi kerak.
4. Bino shakliga va uning elementlariga qo 'yiladigan talablar.
Avvallari ba'zi servis sohasi korxonalarining binolari, masalan, mehmonxonalar va boshqa jamoat yoki yashash binolari bilan tutashgan holda qurilar edi. Hozirgi vaqtda nafaqat servis sohasi korxonalari alohida binolarda, ularning mehmonlarga tunash uchun joy berish binolari ham alohida, mijozlarga boshqa xizmat turlarini ko'rsatadigan binolar ham alohida binolarda yoki xonalarda joylashtiriladi.
Ba'zi me'morlar binolarni loyihalashda ularning shakllari boshqa mavjud binolardan o'zining tashqi shakli bilan ajralib turishini ta'minlashga harakat qilishadi. Shu maqsadda servis korxonalari juda ham baland binolarda, g'alati shakllarga ega bo'lgan binolarda loyihalanadi.
Mehmonxona xo'jaligi korxonalarining binolari mehmonxonaning joylanish joylariga va turiga bog'liq bo'ladi. Masalan, tabiatning manzarali joylarida joylashgan mehmonxonalar kam qavatli bo'lishi lozim, chunki atrofdagi tabiat manzaralarining ahamiyatini pasaytirmasligi kerak.
5. Motel va kempinglar pavilyon shaklida loyihalanadi.
Servis sohasi ba'zi korxonalarining binolari simmetrik kompozitsiyaga (tuzilishga), ba'zilari esa assimmetrik tuzilishga ega. Bu yerda ma'lum bir tartibda takrorlanadigan elementlarning va detallarning (bo'rtib chiqqan joy, utsun, oyna, skulptura, devorlar yassiliklari) aniq bir mezonga ko'ra taqsimlanishi katta ahamiyatga ega.
Elementlarning vertikal yo'nalishda (ya'ni balandga qarab) takrorlanishi vertikal ritm, gorizontal yo'nalishda takrorlanishi esa gorizontal ritm deyiladi. Vertikal ritm servis sohasi korxonalari binolariga yengillik va balandlikka qarab intilish tuyg'usini tug'dirsa, gorizontal ritm esa binoning pats ekanlik tuyg'usini tug'diradi.
6. Yoritilishiga va rangiga qo 'yiladigan talablar.
Kechalari binolarning shaklini, ularning detallarini va me'morchiligini ta'sirli qilib ifodalashda uning yoritilishi juda ham katta ahamiyatga ega.
Yorug'lik va ko'lanka "o'yini" inshoot va binolarning kompozitsiyasiga xos xususiyatlarini yaxshilab (aniqroq qilib, bo'rttirib) ko'rsata oladi va ularga manzarali ko'rinish beradi. Binolar projektorlar yordamida qarama-qarshi tomondan yoki yoritish qurilmalari binoning fasad tomonidagi devoriga o'rnatilgan bo'lishi mumkin.
Me'morchilik tajribasida binolarning bezatib ko'rsatishida ranglarning ahamiyati ham katta o'rin tutadi. Servis korxonalari binolari mavjud boshqa binolar bilan uyg'unlashtirilishi yoki ajratib ko'rsatilishi ranglar orqali ifodalanadi.
7. Mehmonxonaning asosiy kirish eshigiga qo 'yiladigan talablar.
Asosiy kirish eshigini me'morchilik nuqtai-nazardan bezatish servis sohasi korxonalarining turiga bog'liq bo'ladi. Asosiy kirish eshigi monumental va hashamatlilikdan oddiy ko'rinishgacha qilib bezatilishi mumkin. Eshikka kirish uncha balandlikni talab qilmaydi, asosan bir nechta zinadan iborat bo'ladi. Kirish eshigining tepasida soyabon o'rnatilgan bo'lishi hamda mehmonxona xo'jaligining retsoraniga alohida kirish eshigi bo'lish kerak. Shu bilan bir qatorda mehmonxona hududi ko'kalamzorlashtirilgan va obodonlashtirilgan bo'lishi talab etiladi. Buning uchun har xil anvoyi gullar, manzarali daraxtlar hamda skulpturalar, favvoralar, basseynlar va sport qurilmalaridan foydalaniladi.
Servis sohasi korxonalarini qurishda har xil qurilish materiallari ishlatiladi: temirbeton, oyna, alyuminli bezaklash kontsruktsiyalari, tosh, g'isht.
Ba'zan qurilish materiallarini terish binoga nafis ko'rinish beradi. Tashqi devorlar mozaik plita va panellar bilan qoplanishi mumkin yoki avval tekis qilib suvalgan, keyin esa bo'yoqlarga bo'yalgan bo'lishi mumkin.
Servis sohasi korxonalarida dizaynerlar va reklama mutaxassislari nafaqat tovar belgilarini, binolarning joylashtirilishini, firmaga xos rang, blok, shrift, reklama formati, hujjatlarni, o'rash materiallarini va atsidentlik elementlari (vizitkalar, blankalar, konvertlar, ruchkalar va sh'.o'.)ni ishlab chiqib qolmasdan, xonalar, idish-tovoqlar, maxsus ish kiyimlari va korxonaning tsilini tashkil qiluvchi boshqa elementlarining dekoratsiyasini ishlab chiqishadi.
To’q yoki och ranglarda tayyorlangan interer.
Ma'lumki, inson tashqi axborotning 90 % ni ko'rish organi orqali qabul qiladi. Ko'z esa inson hatti-harakatining amalga oshishida 70-90 % foiz rol o'ynaydi. Demak, inson faoliyatida rangning ahamiyati juda ulkandir. Shuning uchun ham rang tanlash ilmiy asoslangan bo'lishi hamda bu masalaga etsetik nuqtai nazardan yondoshish lozim.
Oxirgi davrlarda xilma-xil fanlarning rivojlanishi jarayonida rang tushunchasiga va uning ilmiy asoslanishiga talabni ortishi aniq nazariy tizimni yaratilishiga olib kelgan. Rang haqidagi datslabki ta'limotlar bilan tanishar ekanmiz rang muammolarining tarixiy rivoji avvalambor, insonning fiziologik xususiyatlari bilan naqadar bog'liqligini, shuningdek insonning emotsional kayfiyatini o'zgarishida rang, nur hodisalari muhim rol o'ynashini ko'rish mumkin.
Rang - jismning ko'rinishi jihatdan xususiylik alomati. (Temir - kulrang, oltin -sariq, daraxt - yashil yoki qizil mato, ko'k ko'ylak va h.k.)
Ranglar jismlarga quyosh nuri yoki sun'iy yorug'lik tushish oqibatida o'z xarakterini namoyon qiladi. Quyosh nurida yetti xil spektr ranglari mavjud. Bular -qizil, zarg'aldoq, sariq, yashil, ko'k, havorang, binafsharanglar. Shuningdek, inson tomonidan yaratilgan rang bo'yoqlari turlari ham (sotuvda) 30 ga yaqin.
Rang muammolari bilan o'z vaqtida falsafa fani, keyinchalik tabiiy va texnik fanlar shug'ullana boshladi. Insoniyat antik davrdayoq ranglarning o'zaro munosabatlari, ya'ni ularning uyg'unlashuvi haqida juda nozik didga ega bo'lgan. Jumladan, qadimga Misr, Yunonitson, Rimning devoriy suratlari, har xil sopol idishlar, uy jihozlari qoldiqlari va sh.k. bundan dalolat beradi. Biz o'tmishda ajdodlarimizning kiyim-kechaklaridagi rangli bezaklari, kosmetika sohasida rang tanlov ishlari yuksak darajada rivojlanganligini ko'ramiz.
15Karparativ imidj
2.2.1-rasm
Shuningdek, purpur (qirmizi) rang ham xuddi shunday toza mutsaqil ko'rinsada, u aslida qizil va binafsha ranglaridan tashkil topgan. Ko'k rang ham aralashmasiz mutsaqil ko'rinadi, zarg'aldoq rang tarkibida esa har doim yashil tus, qizil tus ranglar mavjudligi ko'rinib turadi. Binafsha rangida ham zarg'aldoq rangi singari ko'kish yoki qizg'ish ranglari sezilarli darajada bo'ladi. Ko'kish - yashil, sarg'ish-yashil ranglari tarkiblarida ham qo'shimcha rang borligi bilinib turadi. Ularni mutsaqil, bir tusli rang deb bo'lmaydi. Garchi sariq va ko'k ranglari aralashmasidan tuzilishi ham mumkin bo'lsada, yashil rang optik jihatdan mutsaqil, bir tusli rangdir.Masofaviy ko'rinishning ranglar ta'sirida o'zgarishi. Bizga chiziqlar, tekisliklar shuningdek, perspektiv tasvirlar orqali optik "aldash" sodir bo'lishi ma'lum. Bunga oddiy misol teatr dekoratsiyasida ko'cha, dala uzoqdagi shahar ko'rinishining davomi kabilar.
Bunday optik o'zgarish yoki illyuziya (haqiqiy masofaning uzoqlashib yoki yaqinlashib ko'rinishi)ning hosil bo'lishida ranglarning mohiyati juda kattadir. Sariq rang yuzani ko'tarib hamda uni kattalashtirib ko'rsatadi. Oq va sariq ranglar qo'shilishi oqibatida irradatsiya effekti sodir bo'lishi mumkin. Yaqindagi undan qoramtirroq ranglarni optik jihatdan kichraytirib ko'rinishiga olib kelishi mumkin. Qizil rang ham shu ranglarga yaqin bo'lib, u ham shunday xususiyatga ega, lekin u shom, yarim qorong'i paytida qorayib, ularga fondek bo'lib ko'rinadi. Ko'k rangi bizdan uzoqlashib ko'rinadi. Ammo yarim qorong'ilikda esa u oldingi planga chiqadi.
Qora, qoramtir ko'k, binafsha ranglariga bo'yalgan tekisliklar ko'rinishidan kichiklashadi va patsga tortilgandek ko'rinadi. Yashil rang ularning ichida eng turg'un ko'rinadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, ijtimoiy hayotimizning ko'pgina sohalarida ranglar xususiyatlarini ko'zda tutgan holda ulardan foydalanish mumkin.
Ranglar ta'sirida yuzaga keladigan assotsiatsiya va taassurotlar. Rang assotsiatsiya (kishi xotirasiga singib qolgan narsa, voqeani qayta eslatilishi)lari emotsional kayfiyat tug'diradi. Chunki bizda rang qabul qilishda ko'plab tajriba va ko'nikmalar hosil bo'lgan. Ammo bu borada biror aniq qoidaga asoslanib bo'lmasada, ranglar ham xilma-xil tovushlar kabi ongimizda ma'lum assotsiativ ruhiyat chaqiradi. Masalan, qizil-olov va qon rangi; quyosh - sariq; ko'k-suv, ufq, osmon; yashil-keng dala, daraxtzorlar kabi assotsiatsiya uyg'otishi mumkin.
Ranglar bizning ko'rish organlarimizda turlarga ajratilganda ularning ko'rinishlarida issiq va sovuqlik, ho'l va quruq, uzoq va yaqinlik sezgilarini ham uyg'otadi. Ba'zi olimlarning fikricha, ranglarning eshitish a'zolariga ham ta'siri bo'lishi mumkin. Masalan, rus olimi L.A.Shvarsning kuzatishi bo'yicha ko'zning yashil rangga ko'nikishi (adaptatsiyasi)da eshitish qobiliyatining oshishi, qizil rang muhiti esa aksincha susaytirishi mumkin. Bundan tashqari ranglarning ko'rinishi "og'ir", "yengil" kabi sezgilar ham uyg'otadi. Ba'zan ranglar "qichqiruvchi" deb ham aytiladi. Albatta, bu so'z obrazli atash bo'lib, ranglarning o'ta yorqinligini ta'kidlaydi.
Ko'k va qizil ranglar o'zining maksimal yorqinligida kishi a'zolariga alohida ta'sir qiladi. Qizil rang asab tizimlarini qo'zg'atadi, nafas olishni va tomir urishini tezlashtiradi, muskullarning ishlash qobiliyatini oshiradi.
Ko'k rang asab tizimi faoliyatini susaytiradi, nafas olish va tomir urishini sekinlatadi, og'riq sezgisini kamaytiradi. Sariq, zarg'aldoq ranglar ham qizil rangga yaqin xususiyatlarga ega. Albatta, ranglarning bunday ta'sirchanligi odamlarga bir xilda bo'lmasligi ham mumkin. Bunday ta'sir kishining ruhiy holati, jo'shqinligi, imotsionalligi kabi xislatlarga ham bog'liqdir.Arxitektura (lot. me'morchilik) san'ati inson ijodiy faoliyatining qurilish bilan bog'liq bo'lgan alohida turidir, u me'morchilik san'ati tarixi, qonuniyatlari, nazariyasi, binolarning turi va uslubi, kompozitsiyasi kabi qator masalalarni o'rganuvchi fandir. U jamiyatning ijtimoiy-maishiy va g'oyaviy-badiiy ehtiyojlariga xizmat qiladi. Turli-tuman binolar, ularni loyihalash va qurish, inshootlar, shahar va qishloqlar keng ma'noda arxitektura nomi bilan yuritiladi.Mehmonxona majmuasi (kompleksi) binolari xonalari asosiy yuzasidagi pol, shift va devorlar interyer uchun omil hisoblanib, ko'zga ko'ringan barcha mebel va jihozlar ham shular jumlasiga kiradi. Ular xonalar interyerining asosiy elementlari hisoblanib, shu bilan birga faqat mebel va jihozlarning qulay joylashtirilganligi bo'sh xonalarni oz yoki ko'p darajada komfort (qulay) sharoitlar yaratilgan holatga keltiradi hamda servis va texnologik jarayonlarni o'tkazish uchun qulaylik yaratadi. Boshqacha qilib aytganda mebel va jihozlar xonalarning nafaqat chiroyini ochadi, balki ularning funksional vazifasini ham ko'rsatib turadi.
Dostları ilə paylaş: |