1.1O’zbekiston respublikasida mexmonxonalarni tasniflash tizimi Funktsional vazifasiga qarab, mehmonxonada vestibyul xonalari guruhi; mijozlar yashaydigan qism; mehmonlar ovqatlanishi uchun mo’ljallangan xonalar, savdo-maishiy xizmat ko’rsatish xonalari; mehmonlar sport bilan shug’ullanishi, hordiq chiqarishi va biznes bilan shug’ullanishi uchun mo’ljallangan xonalar; xizmat xonalari va maishiy xonalar; texnik xonalar.
Vestibyul xonalari guruhi – mehmonxonaning eng muhim qismlaridan biri. U mehmonlarni kutib olish va kuzatish uchun mo’ljallangan. Unda ayrim ishlarni taqsimlash va qayta taqsimlash funktsiyasi amalga oshiriladi.
Mehmonxonaning mijozlar yashaydigan qismi nomerlarni va ular normal faoliyat ko’rsatishi va ularda tozalikni saqlash uchun zarur xonalarni o’z ichiga oladi.
Restoranlar, barlar, kafelar va boshqa ovqatlanish korxonalarida mehmonlar, ovqatlanish bilan bir qatorda, hordiq chiqarishi, o’zaro muloqot qilishi mumkin.
Mehmonlar sport bilan shug’ullanishi, hordiq chiqarishi va biznes bilan shug’ullanishi uchun mo’ljallangan xonalar tarkibi juda keng va rang-barangdir. Ular qatoriga kinokonsert, banket, raqs zallari ham kiradi. Sport inshootlari basseyn, sport zallari, kegelban va sh.k.ni o’z ichiga oladi. Ish yuzasidan uchrashish uchun mo’ljallangan binolarga konferents-zallar, ishbilarmonlik va bank operatsiyalarini o’tkazish uchun mo’ljallangan zallar, ko’rgazma zallari kiradi.
Savdo-maishiy xizmat ko’rsatish xonalari guruhida savdo korxonalari, sartaroshxona, kimyoviy tozalash shoxobchalari, suratxona, atele va b. mijozlarga har xil xizmatlar ko’rsatadi.
Mehmonxonaning xizmat va maishiy xonalari xodimlarga ishlash, yashash, ovqatlanish, shu jumladan xo’jalik va qo’shimcha ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi.
Texnik xonalarda mehmonxonaning havo almashtirish, markazlashtirilgan tartibda axlatni yig’ish va bartaraf etish, telefon, signalizatsiya texnikasini va mehmonxona hayot faoliyatini ta’minlovchi boshqa sistemalarning ishini nazorat qiladigan xizmatlar joylashadi.
Muayyan xonalar guruhlarining tarkibi va maydoni har xil bo’lib, mehmonxona turi, foydalanish shart-sharoitlari va sig’imiga bog’liq.
Mehmonxona binosiga tutashuvchi hudud ham mehmonxonaning funktsional zonasi hisoblanadi. U mehmonxona mijozlari va xodimlarini tashqi muhit (shovqin, gazlanganlik, ifloslanganlik va sh.k.)dan ajratish, kelayotgan mehmonlarga qulaylik yaratish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan mehmonxona transport bo’g’inlari yaqinida joylashishi, bino tegishli tarzda jihozlanishi (reklama qilinishi) muhim ahamiyatga ega. Mehmonxona yaqinida mehmonlar dam olishi, avtomobillarini qo’yishi uchun joylar nazarda tutiladi.
Mehmonxona hududining er osti maydonidan foydalanish ham istiqbollidir.
Mehmonxona turli xonalari va binolari guruhlarining aloqalari 4.1-rasmda ifodalangan.
1Mehmonxona xonalari va binolarining asosiy guruhlari va ularning aloqalari