Motivlashtirish – bu ruhiy omil bo‘lib, shaxs faolligining manbai, sababi, dalili va har xil turli ehtimollaridir. U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga rag‘batlantiruvchi kuchli vositadir. U muayyan ehtiyojni qondirish bilan bog‘liq. Ehtiyoj esa sabablarda namoyon bo‘ladi.

Ehtiyoj odamlarni harakatga intiltiruvchi, qo‘zg‘atuvchi motivdir.
Ehtiyoj qat’iyan tabaqalashgan bo‘ladi. Ya’ni u kishilarning odati, didi va ruhiyatiga, yoshi va jinsiga, oilaviy ahvoli va millatiga, mehnat va yashash sharoitlariga ham bog‘liq.
Motivlashtirish va ehtiyoj
Ehtiyoj cheksiz va turli-tumandir. Jahon amaliyotida motivatsiya vositasida unumli mehnatga chorlashning turli nazariyalari mavjud. Bular jumlasiga:
Ehtiyoj cheksiz va turli-tumandir. Jahon amaliyotida motivatsiya vositasida unumli mehnatga chorlashning turli nazariyalari mavjud. Bular jumlasiga:
• “X” (iks) va “U” (igrek) nazariyasi;
• kutish nazariyasi;
• boisiy (gigiyenik) tozalanish nazariyasi;
• adolatlilik (haqqoniylik) nazariyasi;
• ehtiyojlar ustunligi nazariyasi.
Ehtiyojlar ustunligi nazariyasi negizida kishilar ehtiyojlari va qiziqishlari orqali ularning mehnatlarini motivlashtirish g‘oyasi yotadi. Buni quyidagi chizmadan ko‘rish mumkin.
Bu yerda,
Bu yerda,
1 – rahbar bo‘ysunuvchilarga ehtiyoj va qiziqishlarni chetlab ta’sir ko‘rsatadi (bu yerda qarorlarning bajarilishi hech kimni qiziqtirmaydi);
2 – qo‘l ostidagilarga faqat rahbarning ehtiyoji va qiziqishini inobatga olingan holda ta’sir o‘tkaziladi (bu yerda qarorlarning bajarilishi faqat rahbarning manfaatini ko‘zlaydi);
3 – boshqarish o‘zaro ta’sir ostida amalga oshiriladi. Bu yerda qarorning bajarilishidan har ikkala tomon manfaatdor;
4 – ta’sir qilish faqat bo‘ysunuvchilarning ehtiyoji va qiziqishiga asoslanadi.
Motivlashtirish nazariyasiga asoslanib uning turli modellari ishlab chiqilgan va amaliyotda qo‘llanib kelinmoqda.