Mavzu: Menejmentning asosiy funksiyalari Reja: Boshqaruvchilarga qo’yiladigan talablar


Boshqaruvning asosiy funksiyalari



Yüklə 43,46 Kb.
səhifə4/4
tarix26.01.2023
ölçüsü43,46 Kb.
#80899
1   2   3   4
Mavzu Menejmentning asosiy funksiyalari Reja Boshqaruvchilarga

Boshqaruvning asosiy funksiyalari.

«Funksiya» - bu lotincha so’z bo’lib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan ma’nolarni bildiradi.


Funksiya faqat o’z faoliyat doirasidagi vazifalarni o’z ichiga oladi. «Vazifa» esa o’z faoliyat doirasidan tashqarida ham bo’lishi mumkin, ya’ni vazifa - bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo’lgan masala, erishilishi lozim bo’lgan, ko’zda tutilgan maqsad.


Boshqarish funksiyasi deganda, u yoki bu ob’yektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmui tushuniladi.


Demak, boshqaruv muayan funksiyalar orqali amalga oshiriladi. Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chiqadi.


Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chiqadi.
Masalan, ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun:

  • ishlab chiqarish vositalari, texnika;

  • xom ashyo;




  • energiya;




  • transport kabi moddiy ta’minot vositalari zarur.

Shundan keyin boshqa bir qator tashkiliy funksiyalar kelib chiqadi.

Funksiyalar faoliyat turlarini, sub’yektning boshqarish ob’yektiga aniq ta’sir qilish yo’nalishlarini aks ettiradi.


Boshqaruv funksiyalari - ko’p qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni muhim belgilar
bo’yicha turkumlarga ajratib o’rganish zaruriyati tug’iladi.
Boshqarish funksiyalari:

  1. Qo’llanish va foydalanish miqyosiga qarab:

- umumiy (asosiy) funksiyalar; - aniq funksiyalar.





  1. Boshqarish faoliyati turlariga qarab:

  • iqtisodiy funksiyalar;




    • sotsial funksiyalar;

    • ma’naviy-ma’rifiy funksiyalar;




    • tashkiliy funksiyalar.




  1. Ob’yektni qamrab olishiga qarab: - xududiy funksiyalar;

- tarmoq funksiyalari.





  1. Mehnat taqsimoti belgisiga qarab: - rahbarning funksiyalari;

- ijrochining funksiyalari.


Boshqaruv funksiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini o’rganish boshqaruvning


butun jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo’ladi.


G’arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funksiyalarini tasniflashda, eng avvalo uning quyidagi asosiy (umumiy) funksiyalariga ustuvorlik beradi:



  • rejalashtirish;




  • tashkil qilish;




  • tartibga solish;




  • nazorat;




  • rag’batlantirish (motivlashtirish).

2.2-jadval
Boshqarishning asosiy funksiyalari ________________________





Asosiy funksiyalar

Funksiyalarning mazmuni va o’rni

1.

Rejalashtirish

- Boshqarishning asosiy va dastlabki funksiyasidir. Har







qanday boshqarish reja tuzishdan boshlanadi.










Bu rejada:



















- boshqaruv maqsadlari va vazifalari, ularni amalga







oshirish muddatlari belgilanadi;













- vazifalarni amalga oshirish usullari ishlab chiqiladi;







- bo’g’inlarda o’zaro aloqalar o’rnatiladi.













Rejalashtirishning umumiylik xususiyati

shundaki,







bunda har bir boshqaruv xodimi o’zining shaxsiy ishini







rejalashtiradi, o’z ish joyidagi faoliyati ko’rsatkichlarini







ishlab chiqadi, rejalarni qanday bajarayotganini nazorat







qilishni uyushtiradi.



















2.

Tashkil qilish

Bu funksiya boshqaruv ob’yekti doirasida barcha







boshqariluvchi

va

boshqaruvchi

jarayonlarning







uyushqoqligini ta’minlaydi.













Shu nuqtai nazardan tashkil qilish ichki va tashqi shart-







sharoitlarning o’zgarib turishiga qarab, amaldagi tizim







tarkibini takomillashtirish yoki yangisini tuzish demakdir.







Bu funksiya joriy va strategik rejalarning ijrosini







ta’minlash bo’yicha birinchi qadamdir.






















3.

Muvofi ql ashtiri sh va

- Rejalashtirish

boshqarishning strategiyasi

hisoblansa,




tartibga solish

muvofiqlashtirish boshqarishning taktik masalalarini hal







qiladi.



















- Bu funksiyaning asosiy vazifasi oqilona aloqalar







o’rnatish yo’li bilan boshqariladigan tizimning turli







qismlari o’rtasida kelishib ish olib borishni ta’minlashdir.
















- Tartibga solish muvofiqlashtirishning davomi bo’lib, u







sodir bo’lib turadigan og’ishlarni bartaraf qiladi. Uning







yordami Bilan vujudga kelishi ehtimol tutilgan







og’ishlarning oldi olinadi.



















4.

Nazorat

- Bu funksiyaning maqsadi «tutib olish», «aybini ochish»,







«ilintirish» emas, balki

boshqaruv

ob’yektida sodir







bo’layotgan jarayonlarni hisobga olish, tekshirish, tahlil







qilish va ma’lum tartibda shu ob’yekt faoliyatini o’z







vaqtida sozlab turishdir.
















Nazorat o’rnatilgan me’yoriy hujjatlardan, rejalardan







og’ishlarni, ularning joyi, vaqti, sababi va xususiyatlarini







aniqlash imkonini beradi.
















- Ta’sirchan nazoratni tashkil qilish har bir rahbarning







funksional ishidir. Muntazam nazorat yo’q joyda pirovard







natijalarga erishib bo’lmaydi.




























Demak, boshqarish rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni tashkil qilish, uni rag’batlantirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu yerda muvofiqlashtirish barcha funksiyalar jarayonida o’z aksini topadi.


Bu funksiyalar boshqaruvning hamma bosqichlariga xos bo’lgan umumiy xususiyatlarga ega bo’lib, boshqaruv apparatining barcha rahbarlari va mutaxassislari faoliyatida mavjud bo’ladi.

Boshqarish faoliyatining turlariga ko’ra, funksiyalar quyidagicha bo’ladi:





  • boshqarishning iqtisodiy funksiyalari, ya’ni, mablag’larning doiraviy aylanishini amalga oshirish, mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, marketing xizmatini uyushtirish va hakozo.




  • boshqarishning sotsial funksiyalari: mehnat sharoitini yaxshilash, xodimlarning uy-joyga ehtiyotini qondirishga yordam berish, moddiy rag’batlantirishni ta’minlash, ijtimoiy himoyani ta’minlash va h.k.




  • boshqarishning ma’naviy-ma’rifiy funksiyalari: xodimlarni insoniylik, yaxshilik, mehr-shafqatli va o’zaro munosabatlarda sabr-toqatli bo’lish ruhida tarbiyalashva h.k.




  • boshqarishning tashkiliy funksiyalari, ya’ni, ta’lim jarayonini tashkil qilish, o’zaro aloqalarni o’rnatish va muvofiqlashtirish, vazifalar taqsimlash, boshqarish apparati xodimlari o’rtasida ma’suliyatlarni belgilash va h.k.

Qayd qilingan funksiyalar bir-biri bilan bog’liq va ma’lum darajada tartibga solingan ko’p unsurlardan, tarkibiy qismlardan iborat bo’lib, ular yaxlitlikka ega. Shuning uchun ham boshqarish jarayonida ularning birortasi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.


Boshqarishning funksiyalaridan yana biri - bu tarmoqli boshqarish bilan hududiy boshqarishning mutanosibligini ta’minlashdir. Har bir korxona qandaydir bir tarmoqkqa kiradi.


Ayni vaqtda u bir tuman hududida joylashganligi jihatidan mahalliy ishlab chiqarish - hududiy majmuiga kiradi. Boshqarish jarayonida bu funksiyaham hududiy, ham tarmoq manfaatini ko’zda tutishi lozim. Tarmoqqa doir bo’gan boshqaruv funksiyalari zarur. Busiz tarmoq «yo’qoladi», yagona texnik va texnolorgiya siyosatini amalga oshirish va butun tarmoqqa taaluqli boshqa masalalarni hal etish qiyin bo’ladi.


Boshqarishning hududiy funksiyalari ham zarur. Bu funksiya muayyan tuman, viloyat xududida joylashgan turli tuman tarmoqlarga qarashli korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, rasional aloqalarni o’rnatilishini ta’minlaydi.


Qayd qilingan funksiyalardan tashqari boshqarishning o’ziga xos aniq funksiyalari ham

bor.



Boshqarishning o’ziga xos aniq funksiyalari deganda muayyan boshqaruv organiga va uning boshqaruvchisiga aniq biriktirilgan ishlar, mas’uliyat, maqsad va unga erishish vositalari majmui tushuniladi.


Tegishli funksiyalarning to’la-to’kis va sifatli bajarilishiga umumiy rahbarlar - direktor, uning o’rinbosarlari, bug’im va bo’limlar boshliqlari shuningdek, hizmat ko’rsatish bo’limlari rahbarlari va boshqalar mas’uldirlar.
Yüklə 43,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin