Mavzu: meva va urug‘larning kasalliklari. Ish rejasi



Yüklə 81,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix14.12.2023
ölçüsü81,69 Kb.
#178161
1   2   3   4   5   6   7
2- MEVA VA URUG‘LARNING KASALLIKLARI

Mevalar deformatsiyasi. 
Kasallik terak, kulrang qayrag‘och va cheremuxa mevalarida 
kuzatiladi. Terakda kasallikni 
Taphrina 
oilasiga mansub zamburug‘lar qo‘zg‘atadi. Binobarin, 
T. 
johansonii Sad., T. aurea Fr. 
tog‘terak, turang‘il, mirzaterak va boshqa tur-larni kasallantiradi. 
Zamburug‘ kurtaklar ichida qishni o‘tkazadi. Bahorda daraxtlar gullaganda mitseliy o‘sadi va 
urg‘ochining kuchalasiga o‘tib, mevalarini o‘zgartiradi, ya’ni deformatsiyalaydi, ularda urug‘lar 
hosil bo‘lmaydi. Mevalarning ustki qismi to‘q sariq rangli xaltasporali xaltalar bilan qoplanadi. 
Spo-ralar xalta ichida 8 donadan joylashadi. Xaltalar may-iyun oyla-rida etiladi va o‘simliklarning 
novdalarini kasallantiradi.
Kulrang qayrag‘ochda meva deformatsiyasini 
Taphrina alniincanae (Kuhn.) Magn. 
zamburug‘i qo‘zg‘atadi. Daraxt gullagandan so‘ng mitse-liy meva to‘qimasi ichiga kirib, uni 
o‘zgartirib yuboradi. Ularning ustida uzunligi 2 sm bo‘lgan har xil chiziq paydo bo‘ladi va diametri 
5 mkm xaltasporalari bilan xaltalar hosil bo‘ladi. Xaltasporalari xalta ichida kurtak hosil qilish 
yo‘li bilan ko‘pa-yadi. Mitseliylari daraxt kurtaklarida qishni o‘tkazadi. Xaltalar may oyidan 
sentyabr oyigacha etiladi. Kasallangan mevalar qora-qayrag‘och va boshqa turlarni ham 
kasallantirishi mumkin. 
CHeremuxa mevasida meva deformatsiyasini 
Taphrina pruni Fuck. var. padi Jacz. 
qo‘zg‘atadi. Mitseliy daraxt shoxlarini kasallan-tiradi, tugunchaga o‘tganda uning o‘sishini 
kuchaytirib, deformatsiyani yuzaga keltiradi. Bunday mevalar urug‘ hosil qilmaydi. Kasallangan 
mevalar ustida xaltasporali xaltalar hosil bo‘ladi va ular mumsimon g‘ubor hosil qiladi. 
Xaltalar 
cho‘zinchoqsilindrsimon 
(30-35x11 
mkm), 
yuqorisi 
dumaloqlashgan. 
Xaltasporalari (4 mkm) dumaloq, kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payadi. YOzning ikkinchi yarmida 
etiladi. Mitseliylari novdalarning ichida joylashganligi sababli kasallik har yili paydo bo‘ladi.
Dog‘lanish.
Meva va urug‘larda xar xil o‘lcham va rangda dog‘lar kuzatiladi. Ular xar xil 
xaltali va takomillashmagan zamburug‘-lar ta’siri natijasida yuzaga keladi. Dog‘lanish 
urug‘larning unuvchanligini pasaytirishi, ayrimlari esa unib chiqadigan nixollarni kasallantirish 
mumkin. 
CHirish.
Urug‘ va mevalarni yuqori namlik sharoitida saqlash-da kuzatiladi. Meva va 
urug‘larning chirishi ko‘pincha 
Monilia Pers. 
va
Botrytis cinerea Fr.
zamburug‘lari tomonidan 
qo‘zg‘atiladi. Ular urug‘ va mevalarning buzilishiga sababchi bo‘ladi. 

Yüklə 81,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin