2. Preparat tayyorlab mikroskopda ko‘rish.
1.Parsha kasalligi
- Qo‘zg‘atuvchisi
Fusicladium radiosum
zamburug‘i.
Parsha bilan
terakning bargi va yosh novdalari kasallanadi. Barglarda to‘q dog‘lar paydo bo‘lib, tez orada
dog‘larning usti to‘q jigarrang baxmalsimon g‘ubor bilan qoplanadi. Bu g‘ubor zamburug‘ning
konidiyalaridan iborat. Kasallangan barg bandi orqali zamburug‘ yosh novdalarga o‘tadi va
ularda qorayish hamda qurib qolish kuzatiladi.
Zamburug‘ kasallanib to‘kilgan barglarda peritetsiy deb ataluvchi
mevatana holida
qishlab chiqadi.
Preparat:
Fusicladium radiosum
zamburug‘i konidiyalarini mikroskopda ko‘rish.
2.Zang kasalligi qo‘zg‘atuvchisi
-
Melamsrora populi
zamburug‘i. Terakda zang
kasalligini bir nechta bazidiyali zamburug‘lari qo‘zg‘atadi. Lekin ular keltirib chiqargan kasallik
belgilari bir-biridan farq qilmaydi. Ko‘proq terakda
Melamsrora populi
zamburug‘i qo‘zg‘atgan
zang kasalligi uchraydi. Zamburug‘ning uredo va teleyto bosqichlari oq terakda o‘tadi. Esidio-
sporalar
terak barglari tushgach, ulardan unib chiqqan zamburug‘lar tanasi barg ichida
rivojlanadi, yozga kelib barglarning orqa tomonida sarg‘ish yoki zarg‘aldoq - sarg‘ish rangdagi
uredosporalar uyumi hosil bo‘ladi. Ular yoz mobaynida bir necha marotaba shakllanadi.
YOzning oxiri – kuz boshida barglarning ustida mayda to‘q qo‘ng‘ir bo‘rtmalar holida
zamburug‘ning teliosporalar uyumi paydo bo‘ladi. Bu teleosporalar kasallangan barglarda
bahorgacha qishlab chiqadi. Zamburug‘ ikki uyli bo‘lib, yovvoyi sarimsoq va tilog‘och
oraliq
xo‘jayin hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: