Mavzu: meva va urug‘larning kasalliklari. Ish rejasi



Yüklə 81,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix14.12.2023
ölçüsü81,69 Kb.
#178161
1   2   3   4   5   6   7
2- MEVA VA URUG‘LARNING KASALLIKLARI

 
Peraparat:
Un-shudring kasalligi qo‘zg‘atuvchilarini konidiya va kleystotetsiyalarini 
mikroskopda ko‘rish. 
6.Sitosporoz kasalligini qo‘zg‘atuvchisi – 
Cytospora nivea
 
zamburug‘i. Bu kasallik 
bilan zararlangan o‘simliklar, ayniqsa yosh paytda qurib qoladi. Lekin o‘simlik har xil o‘sish 
davrida kasallanishi mumkin. Bunda o‘simlikning shox va novdalari, ayniqsa yuqori shoxlari 
qurib, nobud bo‘ladi. Dastlab novdadagi barglar maydalashadi, novdaning po‘sti va keyinchalik 
o‘zi nobud bo‘ladi. Po‘st ostida rivojlanayotgan zamburug‘ bo‘rtmalarni hosil qiladi. Bu 
bo‘rtmalar zamburug‘ning ko‘p miqdordagi piknosporalar uyumidan iborat bo‘lib, ular poya 


yuzasida zarg‘aldoq - qizg‘ish bo‘rtma va ipchalarni eslatadi. Qo‘zg‘atuvchi po‘st ostida piknida 
ko‘rinishida qishlab chiqadi.
Preparat:
Cytospora nivea
zamburug‘i piknosporalarini mikroskopda ko‘rish. 
 
Nazorat savollari: 
3.
Nixollarda asosan qanday kasalliklar mavjud? 
4.
Ko‘charlardagi un-shudring kasalliklarini qanday aniqlash mumkin? 
Mavzu: IGNABARGLI DARAXTLAR KASALLIKLARI 
Ish rejasi

1.
Deformatsiya 
2.
Zang – 
Melamspora populi

3.
Qo‘ng‘ir dog‘lanish – 
Gloeosporium populi

Zaruriy jixozlar
: rangli qalam, mikroskop, lupa, skalpel, buyum va qoplog‘ich oynalar, igna, 
pipetka, suv, rangli plakatlar, gerbariy materiallari. 
Topshiriq:
1.Zararlangan o‘simlik a’zolarini tashqi ko‘rinishiga qarab kasallikni aniqlash va 
rasmini chizish. 
2. Preparat tayyorlab mikroskopda ko‘rish. 
Qarag‘ay novdalarining deformatsiyasi, qarag‘ayning vertun kasalligi. 
Kasallik 
qo‘zg‘atuvchisi – 
Melampsora pinitorqua Rostr. 
Zamburug‘ ko‘chatlar va 1-12 yoshgacha 
bo‘lgan qarag‘ay daraxtlarining shox, novda va barglarini, shuningdek tog‘terak oq terak 
barglarini kasallantiradi, ya’ni u ikki xo‘jayinli, to‘liq rivojlanish doirasiga ega bo‘lgan 
zamburug‘ turi xisoblanadi. Ba’zan tog‘ va veymut qarag‘ayida xam uchraydi. Kasallangan 
joylarda mitseliy daraxtining kambiy va lub to‘qimalarini emiradi, novdalar yuqori qismining 
og‘irligi natijasida egiladi, ammo o‘sishdan to‘xtamaydi va novda lotin xarfi «S»ga o‘xshab 
qiyshaya boshlaydi. SHuning uchun kasallik «qarag‘ay vertuni» deb ataladi. Kasallikning zarari 
tuproq va ob-xavo sharoitiga bog‘liq. 
Kasallanish erta baxorda bazidiosporalar orqali yuzaga keladi. YOsh, yashil po‘stloqli 
novdalarda va ignabarglarida spermagonial davri xosil bo‘ladi. Spermagoniysi o‘tmas piramida 
shaklida bo‘lib, epidermis xujayralarida yoki kutikula tagida joylashadi. Ularning balandligi 45, 
eni 130 mkm. 
Bir yillik ko‘chat va novdalar yosh po‘sti parenximatik xujayralarining ikkinchi va 
uchinchi qatorida spermagoniylar tagida tillarang-sariq, yassi (uzunligi 1-2 sm va eni 2-3 mm) 
esiyalar xosil bo‘ladi. Esiosporalar tuxumsimon yoki cho‘zinchoq, o‘lchami 14-22x12-17 mkm, 
yuzasi mayda qalqonlar bilan qoplan-gan. Esiyalar xosil bo‘lgan po‘stloq qorayadi va qurib 
qoladi. 
Urediniosporalari 
sarg‘ish-qo‘ng‘ir 
bargning 
stki 
qismida 
joylashgan 
urediniopustulalarda rivojlanadi. Urediniosporalari oval yoki tuxumsimon, o‘lchami 15-23x11-
16 mkm.
Sporalar orasida rangsiz, to‘qmoqsimon, o‘lchami 40-60 mkm, yuqorigi qismining eni 
12-17 mkm bo‘lgan parafizalar joylashadi. YOz oxirida kasallangan barglarning pastki qismida 
zamburug‘ to‘q jigarrang qo‘tirsimon teliopustulalar xosil qiladi. Teliosporalari jigarrang, qalin 
po‘stli, noto‘g‘ri prizmasimon, bir-biriga zich yopishgan, o‘lchami 20-35x7-12 mkm bo‘ladi. 
Zamburug‘ to‘kilgan barglarda xosil bo‘lgan teliosporalari bilan qishlaydi. Erta baxorda 
ular o‘sib, geterobazidiyalarida bazidiosporalar xosil qiladi. Ular birlashib changlanuvchi 
tillarang, mayin g‘ubor tashkil qiladi. Bazidiosporalar qarag‘ayning yosh novdalariga o‘tib, 
ularda esiyalar xosil qiladi. 
Zamburug‘ qarag‘ay daraxti uchun xavflidir, chunki uning mitseliysi ta’sirida lub va 
kambiy to‘qimalari yoriladi, o‘sim-lik suvini yo‘qotadi, uning mexanik chidamliligi pasayadi
novda egiladi va deformatsiya yuzaga keladi. Faqat jadal o‘sayotgan baquvvat novdalargina 


egilmay qoladi. 
Bu kasallik ko‘chatzorlarda, yosh daraxtzorlarda va tabiiy o‘rmonlarda qarag‘ay 
daraxtiga katta zarar keltiradi. Novdalarining deformatsiyasi yog‘och qismining texnik sifatini 
yomonlashishiga olib keladi. Kasallik kuchli rivojlanganda daraxtning yuqori qismi qurib qoladi. 
Natijada «jodugar supurgisi» xosil bo‘ladi. Bu zamburug‘ bilan kasallangan qarag‘ay va terak 
daraxtlarining barglari bevaqt to‘kiladi. 
Kasallikning rivojlanishiga ob-xavo sharoiti yuqori darajada ta’sir qiladi. Quruq va iliq 
kuzgi xavo sporalarning qishga yaxshi tayyorlanishiga imkon beradi, uzoq muddatli sernam 
baxor esa bazidiosporalarning o‘sishi va qarag‘ay daraxtining kasallanish jarayonini 
tezlashtiradi. 

Yüklə 81,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin