Mavzu: meva va urug‘larning kasalliklari. Ish rejasi


Ilma daraxtining qurishi yoki grafioz kasalligi



Yüklə 81,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix14.12.2023
ölçüsü81,69 Kb.
#178161
1   2   3   4   5   6   7
2- MEVA VA URUG‘LARNING KASALLIKLARI

Ilma daraxtining qurishi yoki grafioz kasalligi
. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi – 
Ceratocystis 
ulmi (Buism.) Mor., 
konidial davri – 
Gramphium ulmi Schwarz. 
Kasallik birinchi marta 
Gollandiyada topilgan va M.B. Schwazz
 
tomonidan aniqlangan. SHuning uchun uni golland 
kasalligi yoki konidial davri sistematik nomi bilan grafioz yoki traxeomikoz deb ataladi. Bu 
kasallik Evropa, Osiyo va SHimoliy Amerikada juda ko‘p tarqalgan. Epifitotiya Markaziy Osiyo 
respublikalarida xam uchraydi. 
Zamburug‘ faqat ilma oilasiga mansub daraxtlarni kasallantiradi. Kasallangan daraxtlar 
so‘liydi, barglari burishadi va bir oz vaqt daraxtda to‘kilmasdan qoladi. Kasallik kuchli va tez 
rivojlanganda barglar yashil rangli vaqtida xam so‘lib qolishi mumkin. Kasallik dastlab mayda, 
so‘ngra yo‘g‘on novdalarni, keyinchalik butun daraxtni quritadi. Bunda konidiyalardan xosil 
bo‘lgan mitseliylar o‘simlik tomirlariga o‘tib unda to‘q qo‘ng‘ir, deyarli qora, elimga o‘xshash 
moddalar xosil qilib, tomirlarni berkitib qo‘yadi. Suv va ozuqa moddalarning yurishi to‘xtab 
qoladi va daraxt umuman qurib qoladi. Kasallangan daraxtning yosh yog‘och qismida tomirlarni 


berkitgan to‘q qo‘ng‘ir chiziqlarni ko‘rish mumkin. Novdalar ko‘ndalang yoki qiya kesilganda 
bu chiziqlar mayda qora nuqtalarsimon tarzda ko‘rinadi. 
Daraxtlar juda kuchli kasallanganda ko‘p miqdordagi koni-diyalar bilan koremiya xosil 
qiladi. Ular asosan konidiyalarni tarqatuvchi zabolonniklarning yo‘llarida joylashadi, xususan: 
emiruvchi zabolonnik (
Scolytus scolytus Talr)
, tizillovchi zobolon-nik 
(Scolytus multistriatus 
Masch). 
Koremiyaning balandligi 1,2 mm, ularning yuqori qismida juda ko‘p konidiyalar xosil 
bo‘ladi. Konidiyalari 3,2x1,7 mkm, rangsiz, shilliq suyuqlik bilan bosh qismiga yopishgan. 
SHuning uchun zabolonnik tanasiga xam yopishib oladi. Zamburug‘ning xaltali davrini suniy 
sharoitda Golland olimi Buisman 1932 yilda o‘stira olgan. 
Peritetsiylari qora, sharsimon, o‘lchami 105-135 mkm, uzunligi 380 mkm keladigan 
ozroq egilgan xartumli. Peritetsiyning shilliq moddalari ichida xaltalari xosil bo‘ladi. Xalta 
ichida 8 ta rangsiz sporalari (4,5-6x1,5 mkm) joylashadi. Xaltali davri tabiiy sharoitda juda kam 
uchraydi. SHuning uchun kasallikning tarqalishida uncha axamiyatga ega emas. Zamburug‘ 
mitseliysi daraxtda bir yil yashaydi. SHuning uchun xar yili qurib qolgan daraxtlardagi xosil 
bo‘lgan konidiyalar yangi sog‘lom daraxtlarga o‘tib, ularni kasallantiradi. 
Kasallikning jadal rivojlanishida namgarchilik va iliq xavoning axamiyati katta. YOzgi 
issiq xavo daraxtning butunlay qurib qolishini tezlatadi. Zamburug‘ning rivojlanishi uchun 21-
30
0
S xavo xarorati kerak. Mazkur kasallikka 
Ulmus campestris L., U. laevis., U. scahra. 
turlari, 
Markaziy Osiyo turlaridan esa 
U. pinnatoramosa Dieck.
lar ancha chidamli xisoblanadi. 
 
Nazorat savollari: 
1.Ignabargli daraxtlarning asosiy kasalliklarini ayting? 
2. Qarag‘ayning vertun kasaligining belgilari qanday?
 
 

Yüklə 81,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin