Mavzu: Milliy armiyamiz faxr-u ğururimiz



Yüklə 23,59 Kb.
səhifə1/4
tarix17.04.2023
ölçüsü23,59 Kb.
#99294
  1   2   3   4
Milliy armiyamiz - faxr-u ğururimiz


Mavzu: .Milliy armiyamiz - faxr-u ğururimiz

Reja.
Kirish


Armiyamiz bizning faxrimiz
Chegaramiz posponlari bizning ardog’imizda
Kirish

Shu kunlarda mamlakatimizda Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi keng nishonlanmoqda. Prezidentimizning 2018 yil 13 dekabrdagi farmoyishiga asosan, “Vatan — muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” degan umumiy gʻoya ostida joylarda turli tadbirlar, uchrashuvlar, festivallar oʻtkazilyapti. Unda yurtdoshlarimiz faol ishtirok etayotir.


Sana munosabati bilan muxbirlarimiz sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va ularning ahamiyati haqida Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov bilan suhbatlashdi.
Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yangi Mudofaa doktrinasi qabul qilindi. Uning mazmun-mohiyatini oʻrganish va targʻib qilish boʻyicha joylarda qator anjumanlar oʻtkazilmoqda. Keling, suhbatimizni dastlab shundan boshlasak. Ayting-chi, Mudofaa doktrinasini yangilashga qanday zarurat tugʻilgan edi?
— 2018 yilning 9 yanvarida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi toʻgʻrisida”gi Qonunni imzoladi.
Maʼlumki, 1995 yil 30 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq uchinchi sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy doktrinasi qabul qilingandi. 2003 yil 3 fevralda esa mamlakatimiz Mudofaa doktrinasi muhokama qilindi va maʼqullandi. Demak, shu paytgacha mudofaa sohasidagi davlat siyosati asoslari, Qurolli Kuchlarning qurilishi, tayyorgarligi va qoʻllashga oid asosiy prinsiplar hamda yoʻnalishlarini tartibga soluvchi 2 ta doktrinal hujjat qabul qilingandi.
Mudofaa doktrinasini yangilashga qanday zarurat tugʻilgandi, degan savolingizga keladigan boʻlsak, avvalo, bunga Prezidentimizning 2017 yilda Vatan himoyachilariga yoʻllagan bayram tabrigidan javob topish mumkin. Jumladan, tabrikda shunday deyiladi: “Jahonda va mintaqada vaziyatning rivojlanish dinamikasini hisobga oladigan boʻlsak, vujudga keladigan xavf-xatar va tahdidlarga munosib zarba berish zarurati, shuningdek, bizning ustuvor vazifa va imkoniyatlarimiz Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasini qayta ishlab chiqishni ¬talab etadi”.
Jahon va mintaqadagi vaziyat, yuzaga kelayotgan xatar va tahdidlarga mos holda doktrinani qayta ishlab chiqish zarurati paydo boʻldi. Xoʻsh, bu yangidan qabul qilingan Mudofaa doktrinasida qanday aks etdi?
Doktrinaning 6-bandida “Globallashuv davom etayotgan va xalqaro munosabatlarning tizimi oʻzgarib borayotgan sharoitlarda jahondagi harbiy-siyosiy vaziyat xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka xavf-xatar hamda tahdidlar koʻlami kengayib borayotganligi — geosiyosiy qarama-qarshilikning kuchayishi, mojarolar va tang vaziyatlarni kuch ishlatib hal etishga boʻlgan yondashuvning ustunlik qilishi, kuch ishlatish, shu jumladan, ommaviy qirgʻin qurolini qoʻllash ehtimoli oshganligi, harbiylashtirish, xalqaro terrorizm va ekstremizm faollashganligi, axborot makoni va kibermakonda oʻzaro kurash kuchayganligi bilan tavsiflanadi.
Shuni ham unutmaslik kerakki, mintaqamizdagi vaziyatga xalqaro terrorizm, narkotrafik va transchegaraviy jinoyatlar soya solib turibdi.
Xususan, qoʻshni Afgʻonistonda, shuningdek, Yaqin Sharq mamlakatlarida xalqaro terrorchi guruhlarning faoliyati, noqonuniy qurolli tuzilmalar mintaqa xavfsizligiga alohida taʼsir koʻrsatmoqda. Mazkur omil harbiy sohada mamlakat xavfsizligini taʼminlashga doir prinsiplar va yondashuvlarni qayta koʻrib chiqishni taqozo etadi. Shunday ekan, mamlakat milliy manfaatlari, jahon va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat, harbiy sohada xavfsizlikka tahdidlar darajasi, zamonaviy harbiy mojarolarning xususiyatidan kelib chiqib, Mudofaa doktrinamiz qaytadan qabul qilindi.
Qolaversa, mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlash, tashqi siyosatimizning moslashuvchanlik va ochiqligi, eng asosiysi, qoʻshni davlatlar bilan doʻstona va amaliy munosabatlarning rivojlanayotgani kabi muhim omillarga, Vatanimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligini taʼminlashdek ustuvor vazifalarga tayangan holda, mamlakatimiz Mudofaa doktrinasi sifat jihatidan yangilandi. Shuni alohida taʼkidlash joizki, doktrinamiz birinchi marta toʻliq ochiq eʼlon qilindi. Bu esa mudofaa siyosatimiz ochiqligining tasdigʻidir.
Mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash maqsadida keyingi ikki yilda juda katta islohotlar amalga oshirildi. Masalan, har bir hududda harbiy-maʼmuriy sektorlar tashkil etildi. Bu amalda nima beradi?
— Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Milliy armiyamiz — bizning iftixorimiz va gʻururimiz” tamoyili asosida hududlarda mudofaa sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, armiya va xalqning birligini taʼminlash maqsadida harbiy-maʼmuriy sektorlar tashkil etildi. Mazkur sektorlar armiya bilan mahalliy hokimiyat oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlovchi, hududiy mudofaa masalalarini yechishda hal qiluvchi organ boʻlib xizmat qilmoqda.
Mudofaa sohasida amalga oshiri¬layotgan islohotlarning ulkan samara berishida, jumladan, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, qoʻshinlar kundalik faoliyatini samarali tashkillashtirish, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda harbiy shaharcha va poligonlarning infratuzilmasini rivojlantirish borasida harbiy-maʼmuriy sektorlar qoʻshilma va harbiy qism komandirlariga yaqindan koʻmaklashmoqda.
Bugun harbiy-maʼmuriy sektorlarning tashkil etilishi mahalliy hokimiyat idoralarining masʼuliyatini oshirdi, ularning mudofaa masalalariga dunyoqarashini keskin oʻzgartirdi. Oʻz navbatida, harbiy qismlarni oʻz qobigʻidan chiqarib, ofitser va serjant, askarlarning jamiyatimiz hayotida faol ishtirok etishlariga imkoniyat yaratdi. Rasmiyatchilik yoʻqolib, muammolarning amaliy yechimlari topilmoqda.

Yüklə 23,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin