Mavzu: Milliy armiyamiz faxr-u ğururimiz


Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida qilinayotgan ishlar haqida ham toʻxtalib oʻtsangiz



Yüklə 23,59 Kb.
səhifə4/4
tarix17.04.2023
ölçüsü23,59 Kb.
#99294
1   2   3   4
Milliy armiyamiz - faxr-u ğururimiz

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida qilinayotgan ishlar haqida ham toʻxtalib oʻtsangiz.
— Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish va faollashtirish, bu boradagi taʼlim-tarbiyaviy ishlarga mamlakatimiz fuqarolarini, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarini hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini yanada faol jalb etish va yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuygʻularini singdirish maqsadida 2018 yil 23 fevralda Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ¬ruhida tarbiyalash konsepsiyasini ¬tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga binoan qabul qilingan konsepsiyaga koʻra, yoshlar bilan harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi uch bosqichda olib boriladi.
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasiga daxldor vazirlik va idoralarning ushbu qaror ijrosini samarali tashkil etish toʻgʻrisidagi qoʻshma qarori ishlab chiqildi, “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi. Shuningdek, Mudofaa vazirligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlik memorandumi hamda qoʻshma qarori imzolandi.
Maqsad — yosh avlodda Vatanimiz bilan faxrlanish, hech kimdan kam emaslik hissini shakllantirish, ularni turli yot gʻoyalarga ergashmasdan obod va ozod yurtimizni, xalqimiz tinch hayotini asrash uchun masʼuliyatni sezadigan qilib tarbiyalashdir. Bu borada barcha idora va tashkilotlar, oʻquv yurtlari, mahallalar bilan chinakam keng qamrovli hamkorlikni yoʻlga qoʻymogʻimiz, birgalikda ishlashimiz zarur.
Yaqinda Davlat dasturi loyihasi xalq muhokamasiga qoʻyildi. Unda mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar ham koʻzda tutilgan. Gazetxonlarimizga shu xususda ham maʼlumot bersangiz.
— “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi loyihasi bugun keng jamoatchilik muhokamasida. Shu haqda soʻz yuritganda, avvalo, loyihadagi mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarga toʻxtalib oʻtsak. Bunda Qurolli Kuchlarni qoʻllashni rejalashtirishning normativ-huquqiy asoslari yangilanishini, harbiy kadrlarni oʻqitish va qayta tayyorlash, professional tayyorgarlikning innovatsion yondashuvlari ishlab chiqilishi, milliy ruhni yuksaltirish, harbiy xizmatchilarni jismoniy va maʼnaviy barkamol etib tarbiyalash tizimini takomillashtirish kabilar rejalashtirilgan.
Shuningdek, mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish, taraqqiy etgan davlatlar bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni yanada faollashtirish kabi masalalar dastur loyihasidan oʻrin olishi Oʻzbekistonning mudofaa salohiyati yanada yuksalishiga xizmat qiladi.
Soʻzimning yakunida gazetangiz orqali Qurolli Kuchlarimizning barcha vakillarini va ularning oila aʼzolarini, faxriylarimizni, mustaqil Oʻzbekistonimiz kelajagi uchun befarq boʻlmagan barcha insonlarni Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etishga ijozat berasiz.
Yüklə 23,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin