O'zbekistonda istiqlol sharofati bilan milliy qadriyatlar qayta tiklanmoqda.
Mintaqaviy qadriyatlar iqtisodiyoti, madaniyati, tili, tarixi, dini, urf -odat va an’analari mushtarak bo’lgan xalqlar manfaatlariga xizmat qiladigan tabiiy va ijtimoiy hodisalar majmuasini tashkil etadi.
Umuminsoniy qadriyatlar mazmuni jihatidan chuqur va keng bo’lib, umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va intilishiga muvofiq keladi. Milliy qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlar bilan qancha ko’p uyg’unlashgan bo’lsa, ularning taraqqiy etishiga shu qadar keng imkoniyat ochiladi.
Respublikamizda «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazi qoshida 1996-yil yanvar oyida «Oltin meros» xalqaro jamg'armasining tashkil etilishi mustaqillik sharoitida o'tmish madaniy merosini o'rganish va o'zlashtirishning yorqin dalilidir. «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg'armasiga O'zbekiston ijodkorlari, ijodkor yoshlarining «Iste'dod» xayriya, milliy va ijtimoiy barqarorlik hamda madaniyat jamg'armalari ham qo'shildi. Yangi xayriya jamg'armasi faoliyati xalqimiz merosining nodir namunalarini to'plash va asrab-avaylashga, uni nafaqat respublikamizda, balki turli mamlakatlarda targ'ib qilishga qaratilgan.

Moddiy va ma'naviy madaniyatimiz shu qadar ulkanki, merosimiz nafaqat o'z xalqimiz, balki Yevropa, Osiyo Arab mamlakatlarini ham o'ziga jalb qilib, qiziqish uyg'otmoqda va bu umuminsoniy qadriyatlarga qo'shilgan salmoqli hissadir. X—XI asrlarda Yevropa madaniyati hali uyg'onish pallasiga kirmagan paytdayoq bizning Sharq madaniyatimiz barcha jabhalarda yuqori cho'qqilarni zabt etdi. Yaqin vaqtgacha barcha fanlar poydevori yunonlar tomonidan yaratilgan, degan qarash mavjud edi. Aslida ular yaratgan ilm-fan, falsafaning poydevoriga bir necha asr oldin «Avesto»da asos solingan.