Moos qattiqlik shkalasi
4-jadval
Qat-tiqlik bo’yicha tartibi
|
Mineral nomi
|
Rangi
|
Qattiqlik ko’rsatkichi
|
1
|
Talk-
Mg3[Si4 O1O] [OH]2
|
Rangsiz, turli qoramtir ranglarda
|
Tirnoq bilan engil chiziladi, yumshoq qalam tirnalgan iz qoldiradi.
|
2
|
Gips
CaSO4 · 2H2O
|
Rangsiz,oq,sarg’sh qoragacha.
|
Tirnoq bilan chiziladi.
|
3
|
Kaltsit CaCO3
|
Rangsiz,oq, sariq, jigarrang, pushti, ko’kimtir
|
Lotundan bo’lgan tanga tirnalgan iz qoldiradi.
|
4
|
Flyuorit- CaF2
|
Rangsiz, turli xil ranglarda, binafsha rang
|
Oqna tirnalgan iz qoldiradi.
|
5
|
Apatit
Ca5 [PO4 ]3F
|
Kok,oq,sariq, havo rang, qo’ng’r
|
Pichoq tirnalgan iz qoldiradi.
|
6
|
Ortoklaz KAlSi3O8
|
Oq, pushti, sariq, qizil-go’sht rang.
|
Pichoq bilinar – bilinmas tirnalgan iz qoldiradi.
|
7
|
Kvars - SiO2
|
Odatda rangsiz, kulrang
|
Pichoq bilan chizilmaydi.
|
8
|
Topaz -
Al2 [SiO4 ](F,OH)2
|
Rangsiz, havo rang, pushti, sariq vino rang
|
Oynani kesadi, kvars tirnamaydi.
|
9
|
Korund-Al2 O3
|
Rangsiz, ko’k, qora, yashil
|
Oynani kesadi,
|
1O
|
Olmos- C.
|
Rangsiz, oq,havo rang,yashil,qizil
|
|
Yaltiroqlik-bu minerallarning yuzasiga tushgan yorug`lik nurini qaytarish xususiyati. Yaltiroqlik metallsimon (M) - metallning yangi yuzasining yaltiroqligiga o`xshash -barit, kuprit, gematit, ilmenit; shishadek (Sh) - tiniq minerallar-sludalar, gips, kalsit; sadafdek (S) - sludalar, talk; ipakdek (I) - ingichka tolalardan tuzilgan minerallar - gips tolalari, asbest; yog`dek (Yo) - mineral yuzasi yog` surilgandek yaltiraydi - nefelin; olmosdek (O) - juda o`tkir yaltiroqlik - olmos, kinovar; mumdek (Mum) - hech qanday yaltiroqlik sezilmaydi - feruza.
Minerallarning rangi va chizig`ining rangi - bir qator hollarda muhim diagnostik belgi bo`lib xizmat qiladi. Tabiatda minerallar juda xilma-xil rangda uchraydi. Ular oq, shaffof, pushti, qizil, qora va h.k. rangda bo`lishi mumkin. Ularning rangi turmushda yaxshi tanish bo`lgan narsalar rangiga qiyoslab aniqlanadi. Chunonchi, sutdek oq, somondek sariq va h.k.
Ayrim minerallarga ularning rangiga qarab nom berilgan. Masalan, lazurit va azurit havo rangli, xlorit yashil rangli (grek. "xloros"-yashil), rodonit - pushti (grek. "rodon"-pushti), rubin - qizil (lot. "rubens"-qizil), auripigment - oltin rangli (lot. "aurum"-oltin, "pigment"-bo`yoq).
Minerallar rangi uch xil o`ziga xos omillar bilan belgilanadi:
a) idioxromatik (grek. "idios"-o`zining, shaxsiy) - mineralning o`z xususiyatlari bilan belgilanadi. Rangning bu turi mineralning kristall panjarasida rang beruvchi ionlarning yoki xromoforlarning mavjudligi bilan bog`liq. Bunday xromoforlarga titan, vanadiy, xrom, marganes, temir, kobalt, siyrak elementlar va boshqalar kiradi. Masalan, ikki yoki uch valentli marganes minerallarga pushti rang bersa, yetti valentli marganec to`q siyohrang beradi;
b) ko`pgina minerallar rangi boshqa kimyoviy elementlarning aralashishiga bog`liq bo`lgan alloxromatik (grek. "allos"-chet, begona) xususiyatga ega. Masalan, kvars tarkibiga kiruvchi moddaga qarab oq, shaffofdan to qora ranggacha bo`ladi;
с) va nihoyat, ayrim minerallar rangi ularning yuzasidan qaytgan nurning tarqalishiga qarab o`zgarib turadi. Bunday rang p s y e v d o x r o m a t i k (grek. "psevdo"-yolg`on, qalbaki) rang deyiladi. Masalan, labrador aslida qora rangli bo`lsa-da, yuzasiga nur tushganda har xil ranglarda tovlanish (krizatsiya) xususiyatiga ega.
Ba`zi minerallarni aniqlashda uning chinnida qodirilgan chizig`ining rangidan foydalaniladi.
Mineral chizig`ining rangi - kukun holidagi mineral rangidir, shunday kukunni tekshirilayotgan mineral bilan biskvit deb ataladigan xira (sirlanmagan) chinni taxtachaga chizib osonlikcha aniqlash mumkin.
Ayrim hollarda mineral chizig`ining rangi mineral rangi bilan bir xil bo`ladi. Masalan, azurit chizig`ining rangi-ko`k, auripigmentniki sariq.
Ayrim minerallar chizig`ining rangi esa, aksincha mineral rangdan farq qiladi. Masalan, piritning rangi - somondek sariq, chizig`ining rangi esa qora.
Temir rudalarini behato aniqlashda mineral chizig`ining rangi katta yordam beradi. Ko`rinishi bir xil bo`lgan qo`ng`ir temir rudasi, gematit va magnetitni olsa, temir rudasi chizig`ining rangi sariq-qo`ng`ir, gematitniki qizil, magnetitniki qora bo`ladi.
Ulanish yuzasi - bu minerallarning zarb ta`siridan ma`lum bir kristallografik yo`nalishi bo`yicha tekis yuza hosil qilib ajralishi xususiyatidir. Ulanish yuzasi o`ta mukammal (sludalar), mukammal (dala shpatlari, kalsit, piroksen va amfibollar), ulanish yuzasi nomukammal, ya`ni u juda xilma-xil yo`nalishlarda sinadi (apatit, olivin, berill).
Minerallarning sinishi- yuzalarning shakllariga qarab quyidagicha ataladi: a) chig`anoqsimon sinish-sinish yuzasi chig`anoqsimon botiq bo`ladi (kvars, opal, xalsedon); b) tekis sinish-usti tekis bo`lgan sinish (magnetit); v) tikansimon sinish (yuzasi bir tomonga qaragan zirapchalar bilan qoplangan, tolali gips, asbest).
Magnitlik xususiyati - mineralning kompas strelkasiga ta`sir etib, uni normal holatdan burish xususiyati; agar bu xususiyat kuchli bo`lsa, bu mineral kompas tepasida aylantirilganda, kompas srtelkasi ham shu mineral ketidan aylanadi.
Shu jumladan, katta ahamiyatga ega bo`lgan fizik xususiyatlardan ta`mi, elektr tok o`tkazuvchanligi, suvda oson eruvchanligi, qaynashi, qizdirganda yoki qattiq urganda o`ziga xos xid chiqarish, qo`lga yog`lidek sezilishi va boshqalar.
Minerallarning mo’rtligi deb, ularni bosim ta’sirida pichoq uchi bilan sirtiga chizayotgnda uqalanish-maydalanish xususiyatidir.
Minerallarning pachaqlanuvchanligi – tashqi kuch ta’sirida o’z shaklini o’gartirishi, ya’ni plastik deformatsialanishi.
Minerallarning qayshqoqligi – tashqi deformatsiya kuch ta’sirida ta’sirida o’z shaklini o’gartirishi va sssosha kuch ta’siri yo’qolgandan keyin yana asliga qaytib kelishi xususiyati yani elastik deformatsialanishi.
Minerallarning shaffofligi – o’zidan nur o’tkazish xususiyatidir. Xamma vinerallarning yirik kristallari ko’riladigan shafoflik darajasiga qarab uch guruhga bolinadi:
Shafof minerallar; tog’ xrustali, island shpati, topaz va boshqalar;
Yarim shafof – zumrad, sfalerit,kinovar va boshqalar;
Shafof emas minerallar – pirit, magnetit, grafit va boshqalar;
Minerallar - bu shartli birikmalardir. Mineral formulalarini izomorf aralashmalar bilan ifodalash mumkin. Masalan, sfaleritni - (Zn, Fe)S, ikki mineral ZnS va FeS aralashmasi deb qarash mumkin. Mineraldagi minallar miqdori molekular yoki foizlarda beriladi.
Ko`p hollarda berilgan minerallarning nazariy formulasiga qarab uning tarkibiy qismidagi elementlar miqdorini hisoblash zarurati tug`iladi. Masalan, yuqorida keltirilgan albit minerali Na (Al Si3 O8 ) berilgan bo`lsa, u holda natriy va boshqa elementlarning atom og`irligi olinadi va ular yig`indisidan proporsiya tuzilib, har bir elementning molekular foiz miqdori keltirib chiqariladi:
Na - 22,98
Al - 26,98
Si - 28,O8 x 3=84,24
O - 15,99x8=127,92
Σ=262,12
Na uchun 262,12 - 1OO%
22,98 - x
x= 22,98·1OO =8,76% Na - 8,76 %
262,12
Al uchun 262,12 - 1OO %
26,98 - x
x= 22.98·1OO=1O.29%
262,12 Al - 1O,29 %
Si uchun 262,12 - 1OO %
84,24 - x
x= 84,24·1OO =32,13
262,12 Si - 32,13 %
O uchun 262,12 - 1OO %
127,92 - x
x= 127,92·1OO = 48,8%
262,12 O - 48,8 %
Shunday qilib, albit Na (Al Si3 O8 ) minerallarning nazariy kimyoviy tarkibini keltirib chiqarildi. Unga ko’ra albit tarkibida Na - 8,76 %ni, Al - 1O,29 % ni, Si - 32,13 % ni va O - 48,8 % ni tashkil etib, ularning umumiy yig’indisi 99,98 %, qolgan O,O2% boshqa elementlarni tashkil etadi.
Topshiriq - Moos qattiqlik talablari bilan tanishish va minerallarning fizik xususiyatlariga asoslanib, ularni mineral nomi, rangi, qattiqligi, yarqiroqligi, solishtirma og’irligi va qo’llanilishi bo'yicha ta'riflab berish.
Buning uchun:
l.Ish daftari;
2.Qalam, ruchka, chjizg'ich;
Topshiriq vazifasini bajarish tartibi:
1. Moos qattiqlik tabaqalaridagi minerallar bilan tanishish va ta'riflash (4-jadval).
2. Minerallarning fizik xususiyatlari bilan tanishish va ularni ta'riflash.
Hisobot turi: Mashg'ulot yakunida talabalar hisobot topshiradilar.
15-2O ta minerallarni yuqorida ko’rsatilganidek kimyoviy tarkibini hisoblaydilar.
Minerallar ta'sniflanishi quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi,
jadval
№
|
Mineral nomi
|
Rangi
|
Kristallik qiyofasi
|
Yaltiroqligi
|
Solishtirma og’irligi
|
Qattiq- ligi
|
1
|
Muskovit
|
Rangsiz,sarg’ish kulrang, yashilroq, ba]zan qizg’ish
|
Plastinkasimon yoki tabletkasimon
|
shishadek
|
2,76-3,1
|
2-3
|
Dostları ilə paylaş: |