x – har bir kuzatilyotgan opreatsiya bo`yicha kutilayotgan natija;
– o`rtacha kutilayotgan natija;
n – oprestsiyalar va kuzatuvlar soni.
O`rtacha kvadratik farqlanish, bu dispersiyani kvadrat ildizi bo`lib, quyidagicha aniqlanadi:
; Bu ko`rsatkichlar absolyut o`zgaruvchanlik parameterlaridir, ya`ni olinadigan natijaning o`zgaruvchanlik darajasining absolyut miqdorini aniqlaydi.
Investitsiya loyihasi bo`yicha olinadigan natijalarning o`zgaruvchanlik darajasining nisbiy miqdorini variatsiya koeffitsientini hisoblash orqali aniqlanadi.
Bu ko`rsatkich quyidgi formula bilan hisoblanadi:
bu yerda:
V – variatsiya koeffitsient, (%);
– o`rtacha kvadratik farqlanish;
– o`rtacha kutilayotgan qiymat.
Variatsiya koeffitsienti 0 dan 100% gacha o`zgarib turishi mumkin. Variatsiya koeffitsienti qanchalik yuqori bo`lsa, farqlanish yoki risk darajasi shunchalik yuqori bo`ladi. Variatsiya darajasini baholashda quyidagi intervallardan foydalaniladi, ya`ni
0 dan 10% gacha – kam farqlanish;
10 dan 25%gacha – me`yorida farqlanish;
25% dan ortiq - yuqori farqlanish.
Investitsiya loyihalari bo`yicha risk darajasi variatsiya koeffitsientiga to`g`ri proportsional.
Endi yuqoridagi ko`rsatkichlar asosida investitsiya loyihalari bo`yicha qo`yilgan kapitalning o`rtacha kvadratik farqlanishini aniqlashingiz mumkin.
4-jadval A va B investitsiya loyihalariga qo`yilgan kapitalning dispersiyasi (raqamlar shartli)