“San`at diniy haqiqatlarni bilish va o`zlashtirishda yordamchi vosita bo`lib xizmat qilgan”
Xudoga sig`inish, uni ilohiylashtirish, “odamlashtirish”, ritual harakalarning o`tkazilishi ifodalilik vositasiga ehtiyoj tug`dirdi. Natijada qo`g`irchoqlar teatrga ifodalilik vositasi sifatida kirib keladi.
Ma`rifat asri (XVII-XVIII asrlar) davrida Rossiyada uy teatrlari ommalashdi.
Ma`rifat asri (XVII-XVIII asrlar) davrida Rossiyada uy teatrlari ommalashdi.
Qishloq va hovli joylardagi uy teatrlarida dehqonlarning bolalari o`ziga xos aktyor sifatida ishtirok etardilar. Taxmin qilish mumkinki, jamiyatning oliy qatlamlariga mansub tomoshabinlar auditoriyasi o`zi estetik zavq olgan holda bolalar qalbini tushunmagan bo`lishlari mumkin, ularning sahnadagi nutqiga bola tushunchasiga xos bo`lmagan murakkab jumlalar, qiyin monologlar qo`shilgani ham haqiqatdan yiroq emas.
N.N.Baxtin kabi psixologlar bolalarda “dramatik instinkt” mavjudligini e`tirof etdilar. Uning fikricha, “Teatrda o`ynash 12-yoshgacha bo`lgan bolaning bo`sh vaqtini foydaga to`ldirishga qodir. Kattalarning to`gri boshqaruvi ostida bolaning dramatik o`yinga bo`lgan qiziqishi uning rivojlanishi uchun ulkan naf keltirishi mumkin”.

Zamonaviy pedagogikada adaptatsion va kommunikativ vazifalarni hal etishda teatrdan ko`p foydalanilmoqda, bolalar teatr jamoasi esa bola shaxsini rivojlantiruvchi muhit sifatida, ta`lim, tarbiya va psixologik korreksiya vositasi sifatida ko`rilmoqda.
Maktabgacha ta`lim tashkilotida teatrlashtirilgan faoliyatning asosiy vazifalari:
Teatrlashtirilgan faoliyatda bolalarning ijodiy faolligi uchun sharoit yaratish.
Pedagogik jarayonda teatrlashtirilgan va boshqa faoliyat turlari o`zaro aloqadorligi uchun sharoit yaratish.
Bolalar va kattalarning hamkorligidagi teatrlashtirilgan teatrlashtirilgan faoliyat uchun sharoit yaratish.