“Teatr sana`tiga tarbiyaning ilg`or vositasi sifatida qarash insonni kashf etishga yo`l ochadi. Insonni kashf etish esa shaxsni kashf etishdir. Aynan badiiy ijodiy faoliyatda bola o`zini to`laroq namoyon eta oladi” L.M.Batkin.
Teatr pedagogikasi umumiy pedagogika tarbiya nazariyasining alohida yo`nalishi bo`lib, u teatrlashtirish faoliyatida bola shaxsining o`z-o`zini ifoda etishini taminlovchi usullar tizimini o`z ichiga oladi.
Bola shaxsining o`z-o`zini ifoda etishi esa pedagogning aktyorlik ta`siri ostida ro`y beradi.
Mil.avv.gi IV-V asrlarda Qadimgi Yunoniston (Gretsiya), Qadimgi Rim va Yaqin Sharqda yuzaga kelgan antik teatr Yevropa teatr san`atining tug`ilishiga olib kelgan.
Teatr niqobi o`yin namoyishlarining ifodali vositasi hisoblangan. Niqob insonning emotsional holati, hissiyotlarini va olamga bo`lgan munosabatini ifodalashga ko`maklashgan.
Teatr niqobi o`yin namoyishlarining ifodali vositasi hisoblangan. Niqob insonning emotsional holati, hissiyotlarini va olamga bo`lgan munosabatini ifodalashga ko`maklashgan.
Teatrshunos olim R. Genon o`z tadqiqotlarida niqobning chuqur imkoniyatlarini yoritib bergan. «Karnavalda har bir qatnashchi ongsiz ravishda bo`lsada, o`zining mayliga ko`proq mos keladigan niqobni tanlaydi. Individning asl yuzini yashirishga mo`ljallangan niqob aslida u yashirishga majbur bo`lgan ichki dunyo`sini yaqqol namoyon etadi.»
Teatrlashtirilgan harakatlarda niqobdan foydalangan bola emotsional bosimni, hayolparishonlikni, uyatchanlikni yashirishi mumkin edi.
Xristianlikning shakllanishi davrida san`at haqidagi quyidagi tasavvur ustunlik qilgan: