Mavzu: mukammal va nomukammal raqobat nazariyalari


Sof monopoliya bozoriga xos bulgan xususiyatlar quyidagilar



Yüklə 24,44 Kb.
səhifə3/6
tarix13.02.2023
ölçüsü24,44 Kb.
#84060
1   2   3   4   5   6
mukkammal referat

Sof monopoliya bozoriga xos bulgan xususiyatlar quyidagilar:

  • tarmoqda yagona firma yoki korxonaning faoliyat yuritishi;

  • mahsulot o’ta noyob yoki uni boshqa turi bilan almashtirish imkoniyati yuq;

  • narx ustidan nazorat monopolist qo’lida va narxni u belgilaydi;

  • tarmoqqa yangi ishtirokchilarning kirish imkoniyati yo’q, u iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va texnologik tusiqlar bilan bog’liq;

  • narx vositasisiz raqobatni tashkil etish imkoni yuq.

Bundan tashkari, ayrim xolatlarda monopsoniya xam mavjud buladi. Bu yerda sotuvchi emas xaridor xukmronlik qiladi. Bu bozorda sotuvchilar ko’pligidan yagona xaridor uchun kurashadi. Xaridorning taklif etgan narxi tannarx darajasida buladi. SHu bilan birga iqtisodiyotda “tabiiy monopoliya” tushunchasini xam ko’plab uchratish mumkin:
Tabiiy monopoliya sharoitida tovarlar ishlab chikarish (realizatsiya qilish) bilan band bulgan xujalik yurituvchi sub’ektlar tabiiy monopoliya sub’ektlari xisoblanadilar.
Uzbekistan Respublikasida tabiiy monopoliya sub’ektlarining faoliyati quyidagi soxalarda davlat tomonidan tartibga solinadi:

  • neftь, neft maxsulotlari va gazni quvur orqali transportirovka qilish;

  • elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish xamda transportirovka kilish;

  • temir yullar infratuzilmasidan foydalanish;

  • umumiy erkin foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlari;

  • suv quvurlari va kanalizatsiya xizmatlari; aeronavigatsiyalar, portlar va aeroportlar xizmatlari.

Raqobat olib borish usuliga qarab insofsiz (girrom) va halol raqobat bulishi mumkin. Insofsiz raqobat bozorda firmalar, korxonalar uz raqobatdoshi bulgan sub’ektlarga nisbatan zarar keltiradigan, uning tadbirkorlik obrusiga putur yetkazadigan yolg’on, noaniq yoki buzib kursatilgan ma’lumotlarni tarqatishi, ularning intellektual boyliklaridan noqonuniy foydalanishlari, tovarni tayyorlash usuli, xususiyati va joyi, iste’mol xossalari, sifati xususida iste’molchilarni chalg’itishlari, josuslik, qo’poruvchilik va ug’irlik kabi usullardan foydalanish tushuniladi.
Xalol raqobat esa buning aksi bulib, asosan ikki usulda, ya’ni narx va sifat orkali olib borilishi mumkin. Narx orkali raqobatlashuv usuli tanlanganda narxni tushirish va kutarish orkali raqobatlashiladi. Bunda raqobatlashadigan firmaning narxni kutarish yoki pasaytirish chegarasi asos kilib olinadi. Ammo shuni unutmaslik zarurki, narx bilan raqobatlashish xamisha xam qo’l kelavermaydi. SHuning uchuy iqtisodiyotda tovarning sifati orkali raqobatlashish aloxida o’rin tutadi. Jumladan, agar ikki firma tomonidan taqdim etilayotgan maxsulot yoki tovarning narxi bir xil bulsa, xaridor o’z-o’zidan uning sifatiga, afzalligiga e’tiborni qaratadi va sifati yukori bulgan tovarni sotib olishga intiladi.

Yüklə 24,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin