Mavzu: Muskul faoliyati natijasida odamning ish qobiliyatini tiklanishi Reja



Yüklə 66,79 Kb.
səhifə5/7
tarix21.09.2023
ölçüsü66,79 Kb.
#146348
1   2   3   4   5   6   7
Muskul faoliyati natijasida odamning ish qobiliyatini tiklanishi

Farmakologik tiklash vositalari

Sportchilarni ish qobilyatini bir me’yorida saqlash, katta yuklanishlardan keyin, o’tkir va surunkali charchash, o’ta charchash, betoblik holatilarda, zamonaviy sportda har xil farmakologik moddalar qo’llanilmoqda. O’simlik farmkologik moddalarga ko’proq ahamiyat beriladi. Har bir vaziyatda trener va vrach birgalikda farmokologik moddalarni qabul qilish masalasini echishlari lozim.


Vitaminlar. Sportchilarning ish qobilyatini qayta tiklashda vitaminlar alohida o’rin egallaydi. Ma’lumki, vitaminlarning etishmovchiligi ish qobilyatining pasayishiga, charchash va har xil kasallik holatilariga keltirishi mumkin.
Bu dorilar ferment sistemalarini aktivlashtiradi, immunitetni oshirishga ko’maklashadi, to’qimada kislorodni o’zlashtirishni yaxshilaydi, nerv va gumoral regulitsyani rivojlantiradi, modda almashinuvi chiqindilarini organizmdan chiqib ketishini tezlashtiradi. dorilarni buyurishga faqat vrachning huquqi bor. Ularni trenerlar tomonidan buyurilishi, sportchilarni o’zlari qo’llashi man etiladi. Bolalar va o’smirlar dorilarni qo’llashda alohida extiyot bo’lmoqlari lozim.
Plastik ta’sir xususiyatiga ega bo’lgan dori-darmonlar (nukleotidlar) hujayralarning tiklanishiga va ularning ichida regenerativ jarayonlarini kechishiga yordam beradi, anabolik xususiyatlari va distrofiyaga qarshi ko’rsatish xususiyatigsha ega. Uglevod almashinuviga ta’sir ko’rsatadi, ferment va koferment-larni etishmasligi to’ldirishda ko’maklashadi, yurak va skelet mushaklarida modda almashinuvini yaxshilaydi. Jismoniy zo’riqishlar natijasida rivojlangan miokard distrofiyasini oldini olishida va davolashda bu guruh dorilarning ahamiyati kattadir. Bu guruhga kaliy orotat, riboksin, ATF, oqsil aralashmalari va ozuqa qo’shimchalar kiradi. Energetik tasiriga ega bo’lgan dori darmonlar. Kislorod etishmovchiligiga (gipoksiya organizmni turg’unligini oshiradi). Kerakli energetik modda-larni ehtiyot qiladi, metabolik reaktsiyalarga tezda kirishadi va Krebs tsiklida tez so’riladi va sarflanadi, fermentlarni va kofermentlarni aktivligi oshiradilar, katta yuklanishlarda organizmda hosil bo’ladigan zararli radikallarni miqdorini kamaytiradi. Bu guruh dori darmonlarga karnitin xlorid, pikamilon,yantar kislotasi, panangin, nootropil kiradi.
Antioksidantlar (vitamin E, tokoferollar va boshqalar) uzoq vaqt davolovchi etadigan mashg’ulotlarda lipidlarning ortiqcha ko’p miqdori hosil bo’ladigan zararli moddalarni ta’sirini o’tmaydigan qilib qo’yadi.
Adaptogenlar-bular asosan o’simliklardan olinadigan biostimulyatorlardir (jenshen, xitoy limonniki, levziya (maral ildizi). Bular qatoriga va kompleksli dorilar ham kiradi Ular organizmni turli xil zkstremal ta’siriga qarshilikni oshiradi, yuklanishlardagi funktsional o’zgarishlarni tiklashga ko’makla-shadi. Tezlik va kuchli yuklanishlarda, zo’riqish bilan hamda o’ta diqqat va murakkab koordinatsiyali harakat talab qiluvchi sport turlarida samarali qo’llaniladi.

Yüklə 66,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin