Mavzu: Muskul faoliyati natijasida odamning ish qobiliyatini tiklanishi Reja



Yüklə 66,79 Kb.
səhifə6/7
tarix21.09.2023
ölçüsü66,79 Kb.
#146348
1   2   3   4   5   6   7
Muskul faoliyati natijasida odamning ish qobiliyatini tiklanishi

Fizikaviy tiklash vositalari

Fizikaviy faktorlar yuqori biologik aktivligiga ega bo’lib sport tnbbiyotida kasalliklarni oldini olish, davolash, organizmni chiniqtirish qayta tiklashni tezlashtirishi va ish qobilyatini oshirishda keng qo’llaniladi. Tabiiy faktorlar (quyosh, havo, suv) bilan birga har xil dushlar vannalar maxsus vannalar, issiqlik va nurlar, kislorod, elektrotoklar massaj va hammom turlari qo’llaniladi.


Fizikaviy faktorlar organizmda qator javob reaktsiya-larni vujudga keltiradi va shu bilan organizmning himoya kuchlirini, tashqi muhitning noqulay ta’siriga qarshiligini oshiradi, charchashni tarqatadi, qayta tiklashni tezlashtiradi. Fizik faktorlar ikki guruhga bo’linadi: organizmga umumiy ta’sir kiluvchi (dushlar, vannalar, umumiy va suvli massaj, hammomlar) va mahalliy ta’sir etuvchi (elektromuolajalar, vannalar, issiq muolajalar, segmentar massaj va b.) muolajalar charchagan ayrim mushaklarda o’tkaziladi, katta hajmli va jadal mashg’ulotlardan keyin umumiy va mahalliy charchash oqibatlarini tarqatishda umumiy ta’sir vositalari qo’llaniladi. Bir kunda ikki marta mashg’ulotlar o’tkazilishi tsiklida birinchi mashg’ulotdan keyin mahalliy ta’sir vositalarni qo’llanilishi, ikkinchi mashg’ulotlardan keyin organizmga umumiy ta’sir ko’rsatuvchi vositalar qo’llanilishi tavsiya etiladi.
Bir biriga mos kelmagan muolajalarni qabul qilmaslik kerak Umumiy (vanna, sauna) va mahalliy ta’sir etuvchi (ultratovush, aerozol,parafin) vositalarni birgalikda qabul qilish mumkin
Suvli muolajalar eng ko’p tarqalganlaridan biridir. Suvning haroratiga qarab dush sovuq (20 gacha), salqin (20-30), iliq va salqin- o’rtacha (31-36), iliq (37-38), issiq (38 dan ortiq) dushlarga ajratiladi. Ertalab mashg’ulotlardan keyin tetiklan-tiruvchi qisqa muddatli (30-60 s) sovuq yoki issiq dush olinadi, Kechqurun mashg’ulotlardan keyin uyqudan oldin iliq tinchlan-tiruvchi dush qabul qilinadi.
Sport tibbiyoti amaliyotida dushning bir necha turlari qo’llaniladi: Sharko dushi – suv harorati 30-35, 1,5-3 atm bosimida 2-Z daqiqa davomida teri qizarguncha bir necha marta takrorlanadi.
Kaskadli dush – o’ziga xos «suvli massaj» – 2,5 metr tepalikdan ko’p miqdorda sovuq suvning tushishi.
Suv osti massaji – vanna yoki suv havzasida apparat yordamida o’tkaziladi. Suvning harorati 35-38, bosimi 1-3 atm (sport turiga qarab) muolajani davomiyligi ham sport turiga, yoshiga va funktsional holatiga qarab belgilanadi. Masalan: suzuvchilarda 5-7 daqiqa, yuguruvchilarda 7-10 daqiqa, kurashchilar va bokschilarda 10-15 daqiqa davomida o’tkaziladi. Suv osti massaji haftada 1-2 marta ikkinchi mashg’ulotlardan keyin uyqudan 2-3 soat oldin qabul qilinadi.
Har xil vannalar qayta tiklash va davolash maqsadida qo’llaniladi. Oddiy, issiq, vibratsiyali vannalar qatorida gipertermik (suv harorati 39-43), umumiy, o’tirish va oyoqlar vannalari qo’llaniladi. Bu vannalar asosan tayanch harakat apparatini faoliyatini normallashtirishda (mushaklarning “qotishida”, miofastsit, miozit va b.) jarohatlanish va o’ta charchash holatlarni oldini olishda qo’llaniladi. Odatda har xil vannalar qo’llaniladi. Kurs davomida 5-7 daqiqali 8-10 muolajalar qabul qilinadi.
Gipertermik umumiy va oyoq vannalari uzoq masofaga sport yugurish vakillariga tavsiya etiladi. Ma’lumotlarga ko’ra yugurishidan keyin (asosan uzoq davomli, jaddallik, marafon) oyoqlar muskullarida og’riqlar paydo bo’lishi aniqlangan: miofibrillalarni, peremiziy nerv tolalararini, kapillyarlarni shikastlanishi aniqlangan. Paslikka yugurishda muskullarni qotib qolishi (asosan birinchi 3-5 kunlarda) og’riqlar yomon bo’lishi, muskulning qon oqimi buzilishi, muskullarni kislorod bilan ta’minlanishining etishmovchiligi (gipoksiya) kuzatiladi.
Hammomlar (bug’lik va quruq-sauna) sport ish qobilyatini qayta tiklashda keng qo’llaniladi. Bug’li va quruq hammomlar harorati va namligi bilan ajraladilar. Bug’li hammomlar yuqori namligi (70-100%) va havoni past harorati (40-60 ) bilan, quruq havoli yuqori harorati (70-1000) undan ham yuqori va ham namligi (5-15% darajasida) bilan xarakterlanadi. Haddan tashqari isish, organizmniig funktsiyalarini va issiq almashinuvi buzilishiga havfli vaziyatlari kamroq bo’lganligi tufayli saunani kishilar engilroq ko’tarishadi.
Saunani qabul qilish tartibi bajariladigan yuklanish asosida tuziladi. Mashg’ulotlar kunida sportchilar sauna muolajasini 5-7 daqiqa: kirishi soni 3 marta bo’lishi lozim. Keyingi kunlarda saunada bo’lish vaqtini 10-15 daqiqa uzaytirish (25 daqiqadan, ko’p bo’lmasligi lozim), kirish sonini 4-5 martacha ko’paytirish mumkin. Har bir kirish oralig’i 5-15 daqiqa bo’lishi kerak.
Sovuq ta’sirlar (sovuq dush, xavza) va massaj bilan birgalikdagi olingan saunani samarodorligi ancha oshadi.
Tiklash vositalari kompleks ravishda o’tkazilishi lozim. Tiklash tadbirlarini samadorligi ularning kompleksligiga, muddati, sport turi, sportchining yoshi va charchash holati darajalariga bog’liqdir. Belgilangan tiklash vositalarini orasida va kuchli, jaddallashtirilgan o’quv mashqlardan keyin qo’llaniladi.
Masalan elektromuolajalardan so’ng massajni o’tkazilishi bir necha bor samaraliligi aniqlangan.
Birinchi o’quv mashg’ulotlaridan keyin mahalliy ta’sir etuvchi faktorlar (elektroforez, ultratovush, elektrostimulyatsiya va boshqalar), ikkinchidan organimzmga umumiy ta’sir ko’rsatuvchi: vannalar, suvli massaj, umumiy massaj, sauna va b. Musobaqalar davrida asosan tiklash vositalarni organimzmga ta’sir qiluvchi muolajalari ( qisqa vaqt davomida) tavsiya, etiladi tayyorlov davrida – umumiy va maxallay faktorlar birga qo’shib o’tkaziladi, ayniqsa, ayrim kasalliklar yuz berganda: miozit (mushakni yallig’lanishi, paylar qinini yallig’lanishi)


Xulosa

Biz yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda quyidagi xulosaga keldik.



  1. Sportchi talabalar kun davomida ovqatlanish tartibiga rioya qilishi kerak.

  2. Ovqat organizmning sarf qilgan energiyasini hajm jihatidan qoplashi kerak.

  3. Ovqat tarkibida oqsil, yog’, uglevod, vitamin, mineral moddalar va suv kabi fiziologik jarayonlarni to’g’ri kechishini ta’minlovchi oziq moddalar bo’lishi kerak.

  4. Sportchilar biz sutkada 1 kg og’irlikga 1,5 kg va undan ham ortiq oqsil qabul qilishi kerak: 103-145 kg yog’, 700g va undan ham ortiq uglevod iste’mol qilishlari kerak.

  5. Kuch quvvatini qayta tiklash uchun muntazam sport bilan shug’ullanishi va ovqatlash me’yorlari va gigenasiga rioya qilishlari kerak.

Demak sportchilar to’g’ri ovqatlanishi organizmning to’g’ri o’sishi va rivojlanishini ta’minlaydi, organizmning tashqi muhitning zararli taussurotlariga qarshiligina, funktsional imkoniyatini yaxshilaydi, ish qobiliyatining o’sishiga va inson umrini uzaytirishga olib keladi.



Yüklə 66,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin