Mavzu: Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati Yangilanayotgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari



Yüklə 207,9 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü207,9 Kb.
#184848
  1   2
3-seminar


Mavzu: Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati Yangilanayotgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslar boʻyicha samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlarini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar.

Qoraqalpog’istonda mustaqillik yillarida Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi o‘tkir masalalar, aholi turmushidagi qiyinchiliklar bosqichma-bosqich bartaraf etib borildi. Masalan, istiqlolning dastlabki yilida minglab aholini ichimlik suvi bilan ta'minlagan 243 kilometrlik Tuyamo‘yin-Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir suv tarmog‘i, 2000-yili Nukus shahrini Xo‘jayli tumani bilan bog‘lovchi yangi ko‘prik, 2001-yilda Nukus-Sulton Uvaystog‘-Miskin-Uchquduq-Tinchlik-Navoiy temir yo‘li ishga tushirildi.


Mustaqillik yillarida barpo etilgan va o‘z mahsulotini xorijga chiqarayotgan Qo‘ng‘irot soda zavodi, Ust-yurt gaz-kimyo majmuasi Qoraqalpog‘iston sanoatining yuksalish davrini boshlab berdi.
Xorijlik sheriklar bilan kashf etilgan «Jel», «G‘arbiy Orol», «Tillali», «Sayhun», «In'om», «Arslon» konlari mamlakatimizning iqtisodiy qudratini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Amudaryo tumanidagi «Kameks-KK» korxonasida momiq, Kegayli tumanidagi «Avto Qayip mayshi» mas'uliyati cheklangan jamiyatida oyiga 50 ming juft paypoq ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi.
O‘lkada namunali loyihalar asosida 2982 ta qishloq uylari qurilib bitkazildi. Bu ishlar davom ettirilmoqda. 93 ta kasb-hunar kolleji, 10 ta akademik litsey barpo etildi.
2015 yili Nukus shahrida zamonaviy «Baxt uyi», Do‘stlik kanali qirg‘og‘ida ko‘plab ko‘ngilochar, dam olish maskanlari hamda «Toshkent» mehmonxonasi qoshida zamonaviy «Yoshlar markazi» foydalanishga topshirilda.
Nukus shahri, Amudaryo, Ellikqal'a, Beruniy, Xo‘jayli tumanlaridagi «Kamolot» uylarida hovli to‘ylar nishonlandi.
2016 yilda respublikada 37 ta zamonaviy shifoxona, 230 ta ambulatoriya-poliklinika muassasalari, jumladan, 188 ta qishloq vrachlik punkti aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.
1994 yil 24 sentabrda o‘tkazilgan o‘n ikkinchi chaqiriq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Sovetining o‘n yettinchi sessiyasining kun tartibiga muvofiq, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi to‘g‘risida”gi Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni qabul qilindi va usha kundan e’tiboran Qonun harakatga kiritildi.
1994 yil 31 oktabrda “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Reglamentini kuchga kiritish to‘g‘risida” Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Sovetining Qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining reglamenti 5 bob, 10 bo‘lim hamda 117 moddadan iborat bo‘ldi.
Xalqimiz tomonidan istiqlol yillarida bosib o‘tilgan tarixiy yo‘l, erishilgan ulkan yutuq va marralar, ularning mazmun va mohiyatini har tomonlama bilish, uni zamondosh ongiga singdirish va fuqarolarda mustaqil hayotda erishilgan natijalarni his qilib yashash tafakkurini shakllantirish bugungi tobora globallashib borayotgan jarayonlarga to‘la zamonda katta ahamiyatga ega.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani tabiiy resurslarga boyligi, geografik joylashuvi, yuksak turizm salohiyati, madaniy meros obyektlari va ulkan mehnat resurslari bilan o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan hudud hisoblanadi.
O‘tgan davrda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholiga qulay yashash sharoiti yaratish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2018 yilda 12 mlrd so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshirilishi hisobiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirishga va asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hamda qurilish ishlarining o‘sishiga erishildi.
2017 yil 17 yanvarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarining kelgusidagi istiqbollarini belgilash, fan-ta’lim, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada kuchaytirish, aholi salomatligi hamda turmush darajasini yanada yaxshilash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasi saylovchilari bilan uchrashuvi davomida Saylovoldi dasturida qo‘yilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.
Quyidagilar Dasturning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:

  • iqtisodiy va ijtimoiy sohani keng rivojlantirish, hududlarning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari barqarorligini ta’minlash, tuman, shahar hamda hududning mahalliy budjetlaridagi subvensiya ulushini qisqartirish va bartaraf etish;

  • kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini ta’minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlik yo‘nalishida korxonalar tashkil etish;

  • hududlarda va tarmoq korxonalarida sanoat ishlab chiqarishi, xizmat ko‘rsatish loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish uchun tijorat banklari kreditlari, chet el va mahalliy investitsiyalarni keng jalb etish hisobiga iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;

  • qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, mazkur sohani industrlashgan tarmoqqa aylantirish maqsadida qishloq xo‘jaligining barcha turdagi mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil qilish;

  • ishlab chiqarilgan mahsulotlar turini va hududiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga hududlarning eksport salohiyatini oshirish, yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish hamda ularning yangi bozorlarga eksport qilinishini ta’minlash;

  • qurilish, obodonlashtirish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish hisobiga aholiga namunali hamda sifatli xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish;

  • yangi ish o‘rinlari yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish hisobiga inson manfaatlarini ta’minlash, ayniqsa qishloq joylarda aholining hayot darajasi va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun mustahkam zamin yaratish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, ayniqsa onalik va bolalikni muhofaza qilish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda yoshlar siyosati masalalarini izchil hal etish.

2020 yilning 2-6 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligidagi va vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimiyat organlarining rahbarlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy holati hamda investitsiya va infratuzilmaviy loyihalar amalga oshirilishini joylarga chiqqan holda o‘rganish bo‘yicha ish olib borildi.
Tashrif davomida tadbirkorlar va investitsiya loyihalarining tashabbuskorlari bilan mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etishning samarali algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha manzilli uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek, infratuzilma va ijtimoiy obyektlarning bugungi holati tahlili ham amalga oshirildi va uning natijasida mas’ul rahbarlarga har bir obyektdan kelgusida foydalanish bo‘yicha o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashiga erishish va aholini ijtimoiy xizmatlar bilan keng qamrab olishni nazarda tutuvchi kompleks strategiyalarni ishlab chiqish topshirildi.
Hududda investitsiya va sanoat sohasida faollikni oshirish borasida kelgusidagi qadamlar muhokama qilindi - mas’ul rahbarlarga mavjud xom ashyo salohiyati va sanoat quvvatlariga asoslangan qo‘shimcha qiymat zanjirlarini shakllantirish uchun optimal sharoit yaratishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni ishlab chiqish topshirildi. Shu nuqtai nazardan loyiha takliflarini ishlab chiqishda jalb qilingan investitsiyalardan sezilarli iqtisodiy samaraga erishish imkonini beradigan “iqtisodiy o‘sish nuqtalari”ni aniqlash va ulardan foydalanishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Investitsiya jozibadorligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillaridan biri bo‘lgan infratuzilmani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish va yangi loyiha takliflarini ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish topshirildi.
Shu bilan birga, aholi bandligini ta’minlash va mahalliy aholini jumladan, kasanachilik asosida sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish orqali barqaror daromad manbai bilan ta’minlash bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha tegishli vazirlik, idora, tijorat banklari va mahalliy hokimliklar rahbarlariga tadbirkorlik faoliyatini kuchaytirish, tarmoqlararo hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan aniq ko‘rsatmalar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada oshirishga qaratilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan uchrashish va muloqot qilish maqsadida 2017 yil 20 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi. 
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi tashrifini qoraqalpoq zaminidan boshlagani muhim ahamiyatga ega. Bu albatta davlatimiz rahbarining Qoraqalpog‘istonga, qoraqalpoq xalqiga bo‘lgan yuksak hurmat-e’tiboridan dalolat beradi. 
Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 10 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanida bo‘lib o‘tgan saylovoldi uchrashuvida: "Men nafaqat o‘zbek xalqining, balki qoraqalpoq xalqining ham farzandiman!", deb ta’kidlagan edi. Shu bilan birga, ushbu mintaqada yashayotgan aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan keng ko‘lamli ishlar haqida to‘xtalib, jumladan: "Bundan buyon har bir tuman va shaharga, kerak bo‘lsa, chekka-chekka qishloq va ovullargacha kirib boramiz. U yerda istiqomat qilayotgan odamlarning dardini eshitamiz, muammolarini hal qilishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqamiz va ijrosini qat’iy nazoratga olamiz", degan edi. 
Aytish mumkinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bugungi tashrif ana shunday ezgu maqsadlarning, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida belgilangan vazifalarning yana bir amaliy ijrosi sifatida namoyon bo‘ldi. 
Ma’lumki, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqtisodiyot tarmoqlari, sanoat, qurilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalari ham jadal rivojlanmoqda. Bugungi kunda yalpi hududiy mahsulotning qariyb yarmi, hududiy eksportning 75 foizi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ish bilan band bo‘lgan aholining 75 foizi aynan shu sohada mehnat qilmoqda. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Xo‘jayli tumani markaziy shifoxonasiga tashrif buyurdi. Zamonaviy tibbiy texnika bilan jihozlangan ushbu muassasa tumandagi 11 qishloq vrachlik punkti va 4 poliklinika bilan birgalikda 130 mingdan ziyod aholiga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 
Salomatlik insonning eng qimmat boyligidir. Odamlarga salomatligini mustahkamlashda yordam ko‘rsatadigan mutaxassis eng sharafli kasblardan birining egasidir. 
Shavkat Mirziyoyev shifoxonadagi sharoit bilan tanishdi, qabul, rentgen, diagnostika va qator boshqa bo‘limlarni ko‘zdan kechirdi. Shifokorlar bilan muloqotda malakali tibbiy kadrlar yetishtirish, tibbiy jihozlardan unumli foydalanish, xizmat malakasini oshirish, shifoxonalar qurishda har bir hududning o‘ziga xos iqlim sharoitidan kelib chiqish masalalari yuzasidan fikr almashildi. 
Shundan so‘ng Prezidentimiz "Muruvvat" ayollar internatiga borib, ushbu muassasa faoliyati bilan tanishdi. Shifokor va hamshiralar bilan suhbatlashib, bu maskanda yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash uchun davlat tomonidan yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi. 
2017 yilning 20-21-yanvar kunlari Muhtaram Prezidentimizning Qoraqalpog‘istong‘a tashrifi davomida qabul qilingan bayon ijrosini yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6 ta va Vazirlar Mahkamasining
2 ta qarorlari qabul qilindi.
Ma’lumot uchun: 1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
2 fevraldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Muynoq tumani aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash choralari tug‘risidagi” PQ-2754 sonli qarori;
2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 sentabrdagi “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasida quvvati 230-280 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasini qurish loyihasin amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3264-sonli qarori;
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 maydagi “Qizilmiya ildizini yetishtirish va qayta ishlash xajmini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2970-sonli qarori;
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 17 martdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tadbirkorlik faoliyatini yuritishda qo‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2843 sonli qarori;
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 martdagi PQ-2844 sonli “Tadbirkorlik subyektlari va aholining keng qatlamlarini mikrokreditlash tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori;
6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 maydagi “Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali material-texnikalik bazasini mustaxkamlash to‘g‘risida”gi R-4947-sonli Farmoyishi;
7) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 fevraldagi «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi «Muruvvat» ayollar internat-uyi qurilishi va jihozlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 88-son qarori;
8) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 fevraldagi
“2017-2018 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish loyihalarining ko‘rsatkichlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi №111-sonli qarori.
  Shuningdek, Nukus shahrining markaziy ko‘chasi hisoblangan Yernazar Alako‘z ko‘chasi va Xo‘jayli tumanining Mustaqillik ko‘chasida keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda va uning bo‘yida jami 50 ta ko‘p qavatli zamonaviy uy-joylarni qurildi.
Xususan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi asosida 1 trln. so‘mdan oshiq loyihalar belgilab olingan bo‘lsa, 2018 yilning dasturida esa 4 karra ko‘p investitsiyalar jalb qilinishi, ya’ni 4 trln. so‘mdan oshiq 367 ta yirik loyihalar amalga oshirilishi belgilab olindi.
Biz bu topshiriqlarning ijrosini sifatli va o‘z muddatlarida ta’mindash maqsadida Vazirlar Kengashining qarori bilan har bir topshiriq bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, amalga oshirilayotgan ishlar har haftada 2 marta muhokama qilindi.
2018 yilda davlat-xususiy sektor sherikchiligi asosida tashkil qilinadigan Nukus shahri va tumanlarda jami 174 ta maktabgacha ta’lim muassasasining manzilli dasturi tasdiqlandi;
2018-2019 yillarga mo‘ljallangan Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.
Tashrif yakunlariga ko‘ra ishlab chiqilgan dasturga muvofiq, sanoatni rivojlantirish borasida umumiy qiymati 160 milliard so‘mga yaqin 242 loyiha bajarildi. Bu qariyb 4 ming ish o‘rni yaratish imkonini berdi. 
Masalan, Qorao‘zak tumanidagi “Qoraqalpoq sement” korxonasida birinchi bosqichda yiliga 200 ming tonna sement, Nukus shahridagi “Texnik global” korxonasida “Samsung” brendi ostida yiliga 150 ming televizor, “Nukus polimer” korxonasida yiliga 8 ming tonna polietilen quvurlar va xo‘jalik buyumlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. To‘rtko‘l tumanidagi “Vegateks global” korxonasida yiliga 5 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarilmoqda. 
Qoraqalpoq aholisi uchun nihoyatda muhim va dolzarb masala bo‘lgan ichimlik suvi muammosi yillar davomida hal etilmay kelayotgan edi. Shuni inobatga olib, qisqa vaqtda 101 kilometrlik “Qo‘ng‘irot – Mo‘ynoq” suv quvuri va “Qo‘ng‘irot” suv taqsimlash inshooti qurib bitkazildi. Buning natijasida Mo‘ynoq tumanidagi 25 ming aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi. 
Bundan tashqari, investitsiya dasturiga muvofiq budjet mablag‘lari va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mavjud suv tarmoqlari rekonstruksiya qilindi va yangilandi. Shu tariqa 35 aholi punktida 50 mingdan ziyod odam ichimlik suvi bilan ta’minlangani bu boradagi ishlarning izchil davomi bo‘ldi. 
Nafaqat Qoraqalpog‘iston, balki butun mamlakatimizning faxri bo‘lgan, dunyoda “Sahrodagi Luvr” deb shuhrat qozongan I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyining muhtasham ikkinchi korpusi qurilib, yuksak xalqaro standartlar asosida jihozlandi va foydalanishga topshirildi. 
Qoraqalpoq davlat o‘lkashunoslik muzeyi binosi, O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktabi, Amir Temur nomidagi istirohat bog‘i, zamonaviy imkoniyatlarga ega yirik sport majmuasi bunyod etildi. Imom Eshon Muhammad jom’e masjidi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. 
Bunday o‘zgarishlar barcha tumanlarda, qishloq va ovullarda ro‘y berdi. Hudud iqtisodiyoti rivojlandi, aholi turmush darajasi oshdi. Eng muhimi, odamlar buni o‘z hayotlarida sezmoqda. 
Shu bois Qoraqalpog‘iston aholisi Prezidentimizning bu galgi tashrifini ham ko‘tarinkilik bilan kutdi. Tashrif kun tartibi, tanishilgan obektlar va belgilangan chora-tadbirlar shunga yarasha ahamiyatli, keng ko‘lamli bo‘lmoqda. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifini Chimboy tumanidagi 8-maktabgacha ta’lim muassasasidan boshladi. 
Tashrif bolalar bog‘chasidan boshlanganida katta ma’no mujassam. Prezidentimiz o‘zining har bir chiqishi va hududlarga tashrifida maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish tashabbusini ilgari surmoqda va bu borada muhim vazifalar qo‘ymoqda. 
Prezidentimizning 2016-yil 29-dekabrdagi “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jumladan, qishloq aholi punktlarida yangi ana shunday inshootlar qurish, ularni zamonaviy uskunalar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. 
Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni bilan Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Yangi vazirlikning asosiy vazifalari bosqichma-bosqich barcha bolalarni maktabgacha ta’lim tizimiga qamrab olish, o‘zaro raqobat qiluvchi davlat va nodavlat MTMlari tarmog‘ini yaratish, amaliyotga maktabgacha ta’lim va bolalarni tarbiyalashning muqobil shakllarini joriy etishdan iborat. 
Mazkur qaror va farmon ijrosi yuzasidan bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hududda 318 ta maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lib, ularning 3 tasi xususiy, 7 tasi turli tashkilotlar tasarrufida. Ularda 48 ming 106 nafar, umumiy bolalarning 32 foizi ta’lim-tarbiya olmoqda. 
2020 yil 26-28 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzaqov rahbarligida va vazirliklar, idoralar, sanoat birlashmalari, tijorat banklari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlaridan iborat eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi joylarga chiqqan holda hududlarning investitsiya, sanoat va eksport imkoniyatlarini o‘rganish hamda mavjud salohiyatidan to‘liq foydalanish bo‘yicha birinchi darajali choralarni ishlab chiqish uchun Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 303 ta sanoat korxonasida muammoli masalalar o‘rganildi. Ular orasida 84 ta korxona ishlab chiqarish hajmlari va tushumlarni, 64 ta korxona budjetga soliq tushumlarini kamaytirdi, 5 ta korxona o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi, 5 ta korxona to‘la quvvat bilan faoliyat ko‘rsatmayapti va 3 ta korxona hozirda ishga tushirilmay turibdi.
Hozirgi kunga kelib 19 holatda ishlab chiqarish uchun xom-ashyo yetishmovchiligi, kredit mablag‘lari ajratilishi zarur bo‘lgan 31 holat, muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish bilan bog‘liq 9 masala, 2 holatda esa ilgari ajratilgan kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni tarkibiy o‘zgartirish zarurligi ma’lum bo‘ldi.
Oliy ta’lim mamlakat taraqqiyotini belgilab beruvchi, jamiyat hayotining barcha jabhasini isloh etishda va shu bilan birgalikda hal qiluvchi vazifani bajaruvchi tizim hisoblanadi.
Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masala bo‘lib, oliy ta’lim tizimida mutaxassislarni tayyorlash jarayoniga o‘quv-tarbiya faoliyatini tashkil etishning yangicha yondashuvlarini joriy etish, kadrlar tayyorlash va uzluksiz ta’lim tizimi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining rivojlanish dinamikasi va tarkibiy o‘zgarishlarini davlat tomonidan tartibga solinishi amalga oshirilmoqda.
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1990 yil 20 avgustidagi “Nukus shahrida davlat pedagogika institutini tashkil etish to‘g‘risida” gi 297-sonli Qarori va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 1990 yil 14 sentabrdagi “Nukus davlat pedagogika institutini Nukus davlat universiteti bazasida tashkil etish to‘g‘risida” gi 227/9-sonli qarori asosida tashkil qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentabrdagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3289-sonli Qarori bilan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidan chiqarilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi PQ-3183-son «Oliy ta’lim muassasalarida pedagog yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish to‘g‘risida» qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2017 yil 9 avgustdagi 07/1-1926-son topshiriqlarini ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirining 2017 yil 12 avgustdagi 559-sonli buyrug‘i asosida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘lim tashkil etildi.
Mustaqillik yillarida Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Nukus davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti va Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufiga berildi va shu bilan bir qatorda Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarini tegishli hududdagi oliy ta’lim muassasalari tasarrufiga berish hamda ular negizida Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarini tashkil etildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 15 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi. 
Tashrifdan asosiy maqsad avval berilgan vazifalar ijrosini ko‘rish, tahlil qilish va kelgusi ikki yilda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olishdan iborat bo‘ldi. 
Prezidentimiz Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialining Chimboy tumanidagi akademik litseyiga tashrif buyurdi. 
Shu yerda farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ichki bozorni mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli preparatlar bilan to‘ldirish borasida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar taqdim etildi. 
Davlatimiz rahbari mazkur soha istiqbolini yuqori baholab, bu borada mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish zarurligini ta’kidladi. 
Jumladan, maktab o‘qituvchilariga navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish imkoni berildi.
Avvalgi tartib bo‘yicha pedagog qanchalik malakali, o‘z bilimi va salohiyatiga ishonsa-da, har besh yilda attestatsiyaga jalb etilgani sababli mutaxassislikdan oliy toifali o‘qituvchilikka qadar 13 yil vaqt kutish lozim edi. Yangi tartibga ko‘ra, endilikda o‘z bilimi va tajribasiga ishongan pedagog besh yillik muddatni kutmasdan arizasiga binoan navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etishi mumkin.
2019 yilda muddatidan ilgari attestatsiyadan o‘tishni so‘rab 35 ming 208 pedagog ariza bilan murojaat qilgan. Talabgorlarning 3036 nafari oliy malaka toifasiga, 13 ming 151 nafari birinchi malaka toifasiga ega bo‘lgan.
Ta’lim tashkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi ham ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda takomillashtirildi. Muassasalarga o‘z faoliyatini baholash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati berildi. Yangi tartiblar asosida 2020-2025 yillarda 8187, shu jumladan, 2020 yilda 1911 maktabgacha ta’lim muassasasi yangicha tartibda attestatsiyadan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
2019 yil so‘nggida 357 ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi va maktab-internati o‘quvchilarining bilim darajasi o‘rganilganda ularning bilim va o‘zlashtirish darajasi belgilangan davlat ta’lim standartlariga mos kelmasligi aniqlandi. Nazorat ishida qatnashgan 12 ming 790 o‘quvchining 7 ming 387 nafari qoniqarsiz baholangan.
Orol dengizi — O‘rta Osiyodagi eng katta berk sho‘r ko‘l bo‘lib, uning paydo bo‘lishi – Amudaryo va Sirdaryo tufayli bundan 2 – 2,5 mln. yil muqaddam ro‘y bergan. Ma’muriy jihatdan Orol dengizning yarmidan ko‘proq janubiy – g‘arbiy qismi O‘zbekiston (Qoraqalpog‘iston), shimoliy – sharqiy qismi Qozog‘iston hududida joylashgan. O‘tgan asrning 60 – yillarigacha Orol dengizi maydoni orollari bilan o‘rtacha 68,0 ming km2 ni tashkil etgan. 1960 yildan boshlab Amudaryo va Sirdaryo havzalarida yangi yerlarni o‘zlashtirish sohasida keng miqyosli ishlar boshlab yuborildi, bular uchun daryo suvini qo‘shimcha ravishda tortib olish talab qilinardi. Natijada, Qoraqalpog‘istonda paxtachilik bilan bir qatorda sholichilik ham yuksak sur’atlar bilan rivojlandi. Biroq yerlarni o‘zlashtirish ilmiy asosda olib borilmadi. Dehqonchilikni rivojlantirish ham ekstensiv usulda amalga oshirilganligi sababli, suv resurslarining asossiz ravishda haddan ortiq darajada isrof qilinishiga olib keldi. Orolga esa uning «ulushi» berib turilmadi, bu esa dengizning qurib borishiga sabab bo‘ldi. 80 – yillar o‘rtalariga kelib Orol dengizining sathi 13,8 metr pasayib ketdi, suv hajmi 390 mln. kub. metr, maydoni 40 ming kv. m. kamaydi. Natijada Orol va Orolbo‘yi muammosi jiddiy ravishda paydo bo‘ldi. Havoga, yerga sochilgan tonnalab qum – tuzlar Orolbo‘yi atrofida ham jonli, ham jonsiz tabiatni haloqat yoqasiga keltirib qo‘ydi. Aholi dengiz atrofidagi o‘z makonlarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Endilikda yuzaga kelgan ana shu ekologik va iqtisodiy muammolar faqat Orolbo‘yi uchun emas, balki butun Markaziy Osiyo va uning atrofidagi mamlakatlar uchun ham yaqqol ko‘zga tashlanib turgan muammo bo‘lib qoldi.
2017 — 2021 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish hamda tizimli nazorat qilishni ta’minlash Respublika komissiyasiga yuklandi. Dasturda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib borilmoqda.
Orol dengizi hududida 5,5 million gektardan ortiq Orolqum sahrosining paydo bo‘lishi, har yili 100 million tonna qum va tuzning atrof-muhitga tarqalishiga qaramasdan aholining barcha qiyinchiliklarni matonat bilan yengib, fojiani omadga, tumanni «Sahro marvaridi»ga aylantirish uchun fidokorona mehnat qilayotgani va vatanparvarligi alohida e’tirofga sazovor.
Qoraqalpog‘istonning murakkab sharoiti, Orol dengizi bilan bog‘liq mintaqada yuzaga kelgan ekologik ofat aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, onalik va bolalikni himoya qilish, oila va mahalla institutlariga e’tibor qaratish, ayollar va yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish kabi bir qator muhim masalalar yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan amaliy ishlarni talab etmoqda. 
2013-2017-yillarda Orolbo‘yi mintaqasida budjet va markazlashgan kapital mablag‘lar hisobidan 248 milliard so‘mlik irrigatsiya-melioratsiya tadbirlari amalga oshirilib, 140 ming gektar maydonning suv ta’minoti va 231 ming gektar yerning meliorativ holati yaxshilandi. 
Prezidentimizning 2017 27 noyabrdagi “2018-2019-yillarda irrigatsiyani rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qiladi. 
Ushbu qarorga muvofiq, kelgusi ikki yilda qariyb 140 kilometr kanallar hamda 63 gidrotexnik inshoot rekonstruksiya qilinib, 60 ming gektar sug‘oriladigan yerning meliorativ holati yaxshilanadi. 246 kilometrdan ortiq kollektorlarni qurish-rekonstruksiya qilish, 3 ming 735 kilometr uzunlikdagi kollektorlarni ta’mirlash va tiklash ishlari amalga oshiriladi. Natijada 89 ming gektar maydonning meliorativ holati yaxshilanib, qishloq xo‘jaligi ekinlaridan olinadigan hosildorlikni oshirishga erishiladi. 
To‘rtko‘l tumanida barpo etilishi rejalashtirilayotgan Sho‘rbuloq suv ombori Amudaryoning quyi oqimida suv taqchil yillarda suv ta’minotini yaxshilash, hududda baliqchilik, chorvachilik, bog‘dorchilikni rivojlantirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi. 
Ma’lumki, Orol dengizi sathi pasayib, qirg‘oqdan 180-200 kilometr uzoqlashib ketgani Amudaryoning quyi oqimiga kirib keluvchi suvlar yuqori nishablikdan tushishi va Mo‘ynoq tumanidagi Daryo oralig‘i suv ombori yaqinida jarliklar hosil bo‘lishiga olib kelmoqda. Bu Mo‘ynoq suv ombori, Ribache, Maqpalko‘l, Zakirko‘l ko‘llariga suv yetib bormasligi, hududdagi baliq va hayvonot dunyosi yo‘q bo‘lib ketish xavfini tug‘dirmoqda.
Ushbu xavfning oldini olish maqsadida 2013-2017-yillarda shimoliy va sharqiy dambalarni rekonstruksiya qilish hamda suv o‘tkazish qobiliyatini tiklash ishlari bajarildi. Navbatdagi bosqichda Maypost ko‘li bo‘ylab to‘g‘on yo‘lini tiklash va ko‘ldan Amudaryoning eski o‘zaniga suv o‘tkazish imkonini beradigan gidrotexnik inshoot qurish mo‘ljallangan. 
Davlatimiz rahbariga janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash loyihasi to‘g‘risida ham ma’lumot berildi. 
Loyiha asosida amalga oshirilayotgan ishlar tufayli Ellikqal’a, Beruniy va To‘rtko‘l tumanlarida 100 ming gektarga yaqin maydon suv bilan ta’minlanib, yiliga 269 million kubometr suv tejaladi. 23 nasos stansiyasi, Suv iste’molchilari uyushmasi va fermer xo‘jaliklari hisobidagi 450 dan ortiq nasos agregatlari to‘xtatilishi har yili 52 million kilovatt soat elektr energiyasini iqtisod qilish imkonini beradi. 
Prezidentimiz irrigatsiya sohasidagi loyihalarni sifatli bajarish va mintaqada suv resurslaridan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar berdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari va faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda shu kungacha bajarilgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, barcha sohalarni rivojlantirish bo‘yicha kelgusi ikki yilda amalga oshiriladigan ustuvor yo‘nalishlar va dolzarb vazifalar belgilab berildi. 
Mamlakatimizning tegishli vazirliklari, shuningdek, kompaniya va banklar rahbarlarini muntazam ravishda hududlarga yuborib, joylardagi qo‘shimcha rezervlarni izlab topish, aniq investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar izchil davom ettirilmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev. Qoraqalpog‘istonga bugungi safardan oldin ikki hafta mobaynida ishlar xuddi shu tartibda tashkil etildi va qo‘shimcha investitsiyalarni jalb etishga yo‘naltirilgan yangi dastur loyihasi ishlab chiqildi. 
2020 yil 29 sentabr kuni O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi "Siyosiy ta’lim" markazi tomonidan davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi mazmun-mohiyatini o‘rganish maqsadida ZOOM dasturi orqali onlayn seminar tashkil etildi.
Seminarda partiyaning shahar va tuman Kengashi mas’ul xodimlari, boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari va partiya faollari ishtirok etdi.
Onlayn muloqotda Nukus davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi A.Abatov va Yoshlar parlamenti a’zosi D.Sarsenbayevlarning ma’ruzalari tinglandi.
Unda so‘zga chiqqanlar davlatimiz rahbari o‘z nutqida o‘tkir va juda dolzarb xalqaro tashabbuslarni ilgari surganligini ta’kidlab o‘tdi.
Xususan, Prezidentimiz nutqida Markaziy Osiyo mintaqasining global iqtisodiy, transport va tranzit yo‘laklariga chuqur integratsiyasini ta’minlash zarurligi va shu munosabat bilan Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini ochish, Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikning o‘rnatilishi, Orol halokati hamda hozirgi davrning turli ekologik muammolarni hal qilish, jahonning yirik bozorlariga chiqish imkoniyatini beradigan transport-kommunikatsiya yo‘laklarining ko‘p variantli tizimlarini shakllantirish uchun istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muhim g‘oyalar ilgari surilgan.
E’tiborli jihati kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarimiz uchun Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyasini qabul kilish to‘g‘risida bergan takliflari aynan yurtimiz yoshlariga bo‘lgan yana bir e’tirof ekanligini qayd etdi.
1. O‘zbekistonning jamiyatni demokratlashtirish hamda iqtisodiyotni liberallashtirish, o‘z fuqarolari uchun yuksak darajadagi turmush sharoitlarini yaratish va ularning farovonligini oshirish yo‘lidagi qadamlari jahon miqyosida yuqori bahoga sazovor bo‘lmoqda. Ko‘pgina xalqaro institutlar hamda tadqiqot tashkilotlarining reyting ma’lumotlari ana shundan dalolat beradi. Ular e’lon qilayotgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, mamlakatimiz borgan sayin yuqori o‘rinlarga ko‘tarilmoqdaki, bu dillarimizda faxr va daxldorlik tuyg‘ularini uyg‘otmasligi mumkin emas.
1992 yil 2 martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot - Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to‘la teng huquqli a’zosi bo‘ldi. Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993 yilda bo‘lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda 27 sentabrda qilgan ma’ruzasi O‘zbekistonni jahonga qo‘hna va yosh navqiron davlat sifatida namoyon etdi.
1993 yil 24 oktabrda Toshkentda BMT ning vakolatxonasi ochildi va u ish boshladi. O‘zbekiston rahbariyati va BMT rahbarlarining sa’y-harakatlari natijasida O‘zbekiston BMTning Xalqaro telekommunikatsiya uyushmasi, Xalqaro taraqqiyot assotsiyatsiyasi, Qochoqlar ishi bo‘yicha oliy qo‘mitasi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro atom energiyasi agentligi, Aholi joylashish jamg‘armasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat taraqiyoti tashkiloti, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti singari ixtisoslashgan muassasalarga a’zo bo‘ldi.
Bugun O‘zbekiston izchil taraqqiy topayotgan davlat va jahon hamjamiyatining xalqaro munosabatlar tizimida muhim o‘rin tutayotgan teng huquqli a’zosidir. Uning keng miqyosli demokratik hamda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi tajribasi izchil rivojlanishning muvaffaqiyatli modeli sifatida xalqaro jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otayotgani holda, ko‘plab mamlakatlarning ekspertlari va siyosatchilari tomonidan atroflicha tadqiq qilinmoqda.
Bunga, ko‘p jihatdan, O‘zbekistonning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi faol hamkorligi ko‘maklashayapti. Ular mamlakatimizga xalqaro miqyosdagi dolzarb muammolarning hal etilishidagi muhim hamda vaqt sinovidan o‘tgan-sherik sifatida qarashmoqda.
Shu bilan birga, nufuzli xalqaro tuzilmalar respublikamizda ro‘y berayotgan siyosiy va iqtisodiy jarayonlarga, davlat hamda jamiyat hayotidagi izchil islohotlar natijasida qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari ta’minlanishi hamda ularning farovonligi yuksalishiga katta qiziqish bildirishayotir.
So‘nggi paytlarda O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyoti va erishgan muvaffaqiyatlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi singari ko‘p tomonlama institutlar hamda boshqa tashkilotlar doirasida alohida qiziqish bilan ko‘rib chiqilayotgani ham tez-tez kuzatilayotir.
Masalan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi qarorgohida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijalari haqidagi ma’lumotlar muntazam ravishda Bosh Assambleya yig‘ilishlarining rasmiy hujjati sifatida qabul qilinmoqda. Mazkur hujjatlarda iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari ta’minlanishi, aholi farovonligining oshishi, sud-huquq tizimi islohotlari, ta’lim va sog‘liqni saqlash, ekologiya, yoshlar siyosati, oziq-ovqat xavfsizligi, fuqarolik jamiyati hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining shakllanishi va mustahkamlanishi singari sohalarda erishilayotgan natijalarning mazmun-mohiyati o‘z ifodasini topmoqda.
O‘zbekistonning davlat va jamiyatni modernizatsiyalash bo‘yicha e’tiborga molik tajribasi BMT tizimiga kiradigan xalqaro institutlarda ham alohida qiziqish uyg‘otayapti. Ular orasida Jenevadagi BMT bo‘limi, Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (VOZ), BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YEEK), Savdo va rivojlanish bo‘yicha BMT konferensiyasi (YUNKTAD), Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (VOIS), Xalqaro Mehnat tashkiloti (MOT), Butunjahon Savdo tashkiloti (VTO), BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (YUNEP), OITS bilan kurashish bo‘yicha BMT dasturi, Parlamentlararo ittifoq hamda boshqa tashkilotlar mavjud.
2015 yil boshidan buyon O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishi, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha mamlakatimiz tajribasi, 2014 yilda O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvorliklari haqidagi axborot materiallari BMT Bosh Assambleyasi 69-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasida tarqatildi.
Shuningdek, mazkur axborot materiallari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 57 ishtirokchi mamlakati, ushbu tashkilotning 11 hamkor davlati, YEXHT institutlari hamda dala missiyalari va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi hamda MDHga a’zo mamlakatlar o‘rtasida ham tarqatildi.
Yuqoridagilardan tashqari, BMTning Nyu-York va Jeneva shaharlaridagi, YEXHTning Venadagi, MDHning Minskdagi qarorgohlarida o‘tkazilayotgan turli tadbirlar — brifing, taqdimot marosimlari va uchrashuvlar chog‘ida ham yurtimizda kechayotgan o‘zgarishlarga nisbatan xalqaro hamjamiyatning e’tibori va qiziqishi tobora o‘sib borayotgani namoyon bo‘lmoqda. Mamlakatimizda inson huquqlari hamda manfaatlarini ta’minlash, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash hamda liberallashtirish jarayonlari xususidagi o‘zgarishlar yuzasidan nufuzli davlatlararo tuzilmalarning rahbarlari va vakillari tomonidan bildirilgan ko‘pdan-ko‘p fikr-mulohazalar ham bu fikrni tasdiqlaydi.
“O‘zbekiston xalqaro jarayonlarga tobora faolroq kirib bormoqda, global va mintaqaviy kun tartibini shakllantirishda dadil qatnashib, o‘z salohiyatidan jahon hamjamiyatining ko‘p tomonlama tuzilmasi doirasida maqsadli foydalanishga kirishdi. Shunday yondashuv tufayli O‘zbekistonning obro‘si va nufuzi ortib bormoqda”.
Ushbu iqtibos “Political Events” haftalik tahliliy jurnali bosh muharriri Muhammad Ismoil Xonga tegishli bo‘lib, O‘zbekiston rahbarining Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi yuzasidan aytilgan va mamlakatimizning keyingi to‘rt yil ichida jahon hamjamiyatida egallagan mavqeini ro‘yirost ko‘rsatib turibdi. Hindistonlik hamkasbimizning so‘zlaridan anglashiladiki, bugun turli davlatlar rahbarlari hamda ekspertlar jamiyatining diqqat-e’tibori Prezident Shavkat Mirziyoyevning puxta o‘ylangan tashqi siyosati, asosli tashabbuslari va izchil islohotlari tufayli bizning mamlakatimizga qaratilgan.
Shu davrgacha BMT bosh minbarida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning barcha chiqishlari:
Ilk bor birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1993 yil Nyu-Yorkdagi Bosh qarorgohda nutq so‘zlagandi. Unda mamlakat Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli hududga aylantirish taklifini ilgari surgan. Buning amaliy natijasi o‘laroq, 2009 yil 20 martda "Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish to‘g‘risida"gi shartnoma kuchga kirdi. Aynan ushbu tashabbus keyinchalik Monterey xalqaro tadqiqotlar instituti huzuridagi yadro quroli tarqalishining oldini olish masalalarini o‘rganish markazi eksperti Tijey Bouz tomonidan alohida ta’kidlanib, o‘z vaqtida bildirilgan oqilona tashabbus, deya baholangan.
1995 yilning oktabr oyida tashkil etilgan mazkur yirik tadbirda Islom Karimov ishtirok etgan va nutq so‘zlagan. Ana shunda mamlakat sobiq rahbari qo‘shni Afg‘oniston muammosiga konstruktiv yondashish kerakligini ta’kidlab, o‘z fikrlarini bildirgandi.
Yangi mingyillikning ilk davrida tashkil etilgan maxsus yig‘ilishda Islom Karimov xalqaro terrorizm va narkobiznes bilan bog‘liq muammolarni hal etish; mintaqaviy xavfsizlik, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash; jahon xavfsizligi tizimini takomillashtirish, BMT faoliyati va tarkibiy tizimini isloh qilishga taalluqli takliflar bilan chiqdi. Ushbu nutq ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi, oradan biroz muddat o‘tib, ya’ni 11 sentabr voqealari yuz berganidan so‘ng, O‘zbekiston vakilining so‘zlarida achchiq haqiqat borligi ayon bo‘ldi.
Davlat rahbari mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni hamda izchil taraqqiyotni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari ustuvor vazifalardan ekanini alohida ta’kidladi. BMTning mazkur anjumanidan so‘ng mamlakatimizda 2011-2015 yillarda Mingyillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar kompleksi tasdiqlandi.
Ularni amalga oshirish doirasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari muntazam o‘tkazilmoqda. Xususan, ikkinchi shunday uchrashuv o‘tgan yili noyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.
2018 yil mart oyida poytaxtimizda Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiya muvaffaqiyatli tashkil etildi, uning yakunida afg‘onlararo tinchlik muzokaralarini boshlash bo‘yicha o‘ziga xos “yo‘l xaritasi”ga aylangan deklaratsiya qabul qilingan edi.
O‘sha yilning dekabr oyida esa BMT Bosh Assambleyasining “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” maxsus rezolyutsiyasi qabul qilindi.
Bugungi kunda BMTning Yoshlar huquqlari bo‘yicha konvensiyasi loyihasini tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu konvensiyaning dolzarbligi joriy yil avgust oyida o‘tgan “Yoshlar 2020: global miqyosdagi birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari” Samarqand forumining xalqaro ishtirokchilari tomonidan yana bir bor qayd etildi.
Ikki yil avval tashkil etilgan Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik asosidagi Trast fondi amaliy faoliyat ko‘rsatmoqda.
Qayd etish joizki, O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan barcha tashabbuslar jahon hamjamiyati tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasi sessiyasi tarixda birinchi marta butunlay yangi formatda — koronavirus pandemiyasi tufayli onlayn muloqot rejimida bo‘lib o‘tayotganliini qayd etdi. «Bunday global falokat sayyoramizda so‘nggi yuz yilda kuzatilmagan edi. Bu ofat butun insoniyatning zaif jihatlarini yaqqol ko‘rsatdi. Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqlar o‘zaro bog‘liq ekanini, o‘rtamizda muntazam muloqot, ishonch va yaqin hamkorlik o‘ta muhimligini isbotladi», — dedi u.
«Shu yo‘lda barchamiz hukumatlar, parlamentlar va fuqarolik jamiyatlarining o‘zaro sa’y-harakatlarini birlashtirish, umumiy mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash, xalqaro sheriklikni muvofiq holda rivojlantirish, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maqomi va salohiyatini oshirish, vakolatlarini kengaytirish lozimligini chuqur angladik. Maqsadimiz — har bir insonning asosiy huquq va erkinliklarini, salomatligi va farovonligini ta’minlaydigan adolatli global tizimni birgalikda yaratishdir», — deya ta’kidladi Prezident.
Shavkat Mirziyoyev BMT shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etdi. Ushbu hujjatda har bir davlatning o‘z fuqarolari va xalqaro hamkorlari oldidagi majburiyatlari aks etishi lozim.
Shuningdek, Prezident tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrishning inqirozli vaziyatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan sammitni o‘tkazish bo‘yicha taklifini ma’qullashini ta’kidladi.
Ushbu sessiyada Pandemiya davrida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, Yoshlar siyosati, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik, «Afg‘oniston — Markaziy Osiyoning ajralmas qismi», Global iqlim o‘zgarishi va Orol muammosi, Jahonda qashshoqlikka qarshi kurashish kabi bir qator muhim masalalar ham Yurtboshimiz tomonidan ta’kidlangan edi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) — davlatlararo tashkilot. 1991 yil 8 dekabrda Minskda Belorussiya, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib ketish natijasida yo‘q bo‘lganligi qayd qilindi, uchala davlat siyosiy, iktisodiy, gumanitar, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini bayon etdi. 1991 yil 21 dekabrda Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston ko‘shildi, ular Belorussiya, Rossiya va Ukraina bilan birga MDHning maqsad va qoidalari to‘g‘risidagi Deklaratsiyaga Olmaota shahrida imzo chekdilar. 1993 yil MDHga Gruziya qo‘shildi. 1993 yil MDH Ustavi qabul qilindi, u davlatlarning inson huquklari va erkinliklarini ta’minlash, tashki siyosiy faoliyatini muvofiklashtirish, umumiy iqtisodiy makonni vujudga keltirish, transport va aloqa tizimlarini rivojlantirish, aholi sog‘lig‘i va atrof muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy masalalar va immigratsiya siyosati, uyushgan jinoyatchilikka karshi kurash, mudofaa siyosatida hamkorlik qilish va tashqi chegaralarni qo‘riklashda birgalikda faoliyat yuritishni nazarda tutadi. MDH haqiqiy a’zolari bilan birga MDH faoliyatining ayrim turlarida qatnashuvchi a’zolar bo‘lishi mumkin. MDHning quyidagi organlari tashkil kilingan: Davlat boshliqlari kengashi, Hukumat boshliklari kengashi, Tashki ishlar vazirlari kengashi, Davlatlararo iktisodiy ko‘mita, markazi Sankt-Peterburgda bo‘lgan Parlamentlararo assambleya va boshqa MDHning doimiy ishlovchi organi Minsk shahrida joylashgan Muvofiqlashtiruvchimaslahat qo‘mita hisoblanadi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari kengashi 1 yilda kamida 2 marta o‘tkaziladi. MDH organlarining faoliyati MDH Nizomi bilan tartibga solinadi.
MDH sobiq SSSR hududida fuqarolik urushi kelib chiqishining oldini oldi, mamlakatlarni bosqichma-bosqich xalqaro munosabatlar tizimiga kirib, mustaqilliklari, suverenitetini mustahkamlashga ko‘mak berdi. MDH o‘z faoliyati davomida haddan tashqari ko‘p qarorlar qabul qildi-yu, lekin aksariyat hollarda ularning kupi bajarilmadi. Hozir MDHga kiruvchi davlatlarning aholisi 283 mln. kishini tashkil etadi. Bu aholining 120,5 mln. iqtisodiyotda mashg‘uldir. Ularning 29,4 foizi sanoat va qurilishda, 21,5 foizi qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va baliqchilik sohasida ishlaydi.
O‘zbekiston o‘z milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda MDHda ishtirok etmoqda. U MDHga davlatlar ustidan tuzilgan tashkilot sifatida emas, balki mustaqil davlatlarning harakatlarini muvofiklashtiruvchi organ sifatida qaraydi. MDH hududida davlatlarning teng huquqligi asosida yagona iqtisodiy makonni yaratish, tashkilotda umuman iqtisodiy munosabatlarning ustuvorligiga erishish, davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun harakat qiladi.
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin