Qanday savollar beriladi: Siz qanday guruxda ishlaysiz?
Guruhning yanada do‘stona bo‘lishi uchun qanday qilib qiziqarli qila olish mumkin?
Guruh bolalarining birga o‘rganishlari uchun mashg‘ulotga qanday moslashtirish kerak?
Dars (ma’ruza)yakunida tinglovchi bajara oladi (malaka): O‘z o‘zini xis qilib ko‘rishga o‘rgatish
Qanday topshiriqlar beriladi: Integratsion ta’lim bo‘yicha mashg‘ulot shlanmalari.
Tinglovchilar tomonidan mavzuni qanchalik qabul qilinganligi.
“B B B”
5 daqiqa
7-bosqich:
Topshiriqlar.
Guruxlarga bo‘lib ishlash
25 daqiqa.
Mavzu: “Mutaxassislik fanlari” Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar hayotining dastlabki yillaridagi rivojlanish xususiyatlarini aniqlab, rivojlantiruvchi usullarinini ishlab chiqish
Reja:
1-§ Tiflopedagogika fanining mavzu bahsi va vazifalari Ta’lim to‘g‘risidagi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga tadbiq etish davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdagi uch bosqichdan ijtimoiy himoyaning kafolatlanishi masalasini hal qilish bosqichidir.
“Sog‘liq va rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun munosib muhit yaratiladi” deyiladi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da. Nogironlikni oldini olish maqsadlarining ijobiy hal qilinishi nogironlarning ijtimoiy tiklash bo‘yicha Davlat dasturini ishlab chiqish va hayotga tadbiq qilish bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu muammoni defektologiya fanining tarixi bo‘lmish tiflopedagogika yoritib beradi.
Tiflopedagogika (grekcha typlos so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘r va pedagogika ma’nolarini anglatadi) ko‘rish jarayoni chuqur buzilgan shaxslarni tarbiyalash va o‘qitish muommolarini ishlab chiqaruvchi defektologiya bo‘limi hisoblanadi. U umumiy pedagogikaning pedagogikaning qismi va defektologiyaning bo‘limlaridan biri hisoblanadi. Umumiy pedagogikaning bo‘limi sifatida dilalektik falsafa , insonparvar tamoyillari asosida ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar va kattalar rivojlanishining o‘ziga xosligini hisobga olgan holda umumdidaktik tamoyillarda rivojlanadi. Tiflopedagogikaning tabiiy ilmiy asosi I.M. Sechenov va I.P. Pavlovning oliy nerv faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumoti sanaladi.
Zamonaviy tiflopedagogika rivojlanish nuqsonlari va anomaliyalarini tugatish va oldini olish yo‘llarini buzilgan funksiyalarni kompensasiyalash mexanizmlari va shartlari turli yoshdagi ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘rganish, ularni o‘qitishni nisbatan yuqori pag‘onaga ko‘tarish, ushbu toifa shaxslarni kelgusi hayotda o‘z o‘rinlarini topishlariga muvoffiq, bo‘lishlari muhim. Buning uchun bir qator metodlardan foydalaniladi.
1. Ilmiy adabiyotlarni o‘rganish. Tiflopedagogikaning muommolaridan biri adabiyotlar va hujjatlar bilan ishlashdir.
Tiflopedagogikadan maxsus adabiyotlar (mashg‘ulotliklar, maqola to‘plamlari, metodika va h.k )
Yangiliklar bilan bilan tanisha borish (ilmiy jurnallardagi maqola)
Maxsus adabiyotlardagi zamonaviy adabiyotlarni o‘rganish. (defektologiya lug‘ati, pedagogika ensiklopediyasi va h.k)
Tiflopedagogik muassasalarning ishlari (ma’ruzalari, hisobotlar va h.k)
Tiflopedagoglarning adabiyotlar bilan ishlashi, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qtish, tarbiyalash rivojlanish davrlarini o‘rganishga imkon beradi.
2. Pedagogik nazorat Pedagogik nazoratni tashkil qilishdan biror maqsad ko‘zda tutiladi, pedagogik jarayonlarining vazifasi, ish rejasi nazorat qilgan jarayon aniq vaqt to‘liq qilib olib boriladi.Kuzatishdan maqsad tajriba to‘plash va ilmiy –pedagogik analizdir. Kuzatuvchi mashg‘ulotda tarbiyachi ko‘nikmasi va bolalarni dasdagimavzuni qay darajada qabul qilishini, mashg‘ulotdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning natijasi aniqlanadi. Bu natija salbiy va ijobiy bo‘lishi mumkin. Kuzatuv jarayonida zamonaviy texnik vositalardan foydalanish yaxshi natijalar beradi (magnitafon tasmasiga tushurish, kino tasmasiga tushurish, kompyuter va h.k)
3. Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish. Ko‘pgina kuzatuvchi – tiflopedagogik, defektologlar ilg‘or tarbiyachi va tarbiyachilar tajribasidan foydalanganda, yosh va boshqa tarbiyachilar ishi bilan taqqoslanadi. Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish uzoq muddatga rejalashtirilgan, aniq ishlab chiqilgan reja bo‘yicha amalga oshiriladi. Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish, uning bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan tamoyil, metod va pedagogik ta’sir, bilim, qobiliyat, bolalarni rivojlanishdagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi.
Pedagogik tajriba o‘quv va tarbiyaviy jarayondagi ilmiy maqsaddir.