Mavzu: nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə1/3
tarix06.04.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#93918
  1   2   3
2zenura

MAVZU:NUTQIDA NUQSONI BO’LGAN BOLALAR


Logopediya (logos va yun. paideia — tarbiyalash, oʻqitish) — ped. fani tarmogʻi; nutqsagi kamchilik (duduqlik, til rivojlanmaganligi, oʻqish va yozuvdagi nuqsoni va boshqalar) sabablari, ularning oldini olish, tuzatish yoʻllarini hamda nutq faoliyati buzilishi mexanizmlari, alomatlarini maxsus taʼlim va tarbiya vositasida oʻrganadi. Nutqdagi nuqsonlarni tuzatish masalalari dastlab 17-asrda Yevropa mamlakatlarida surdopedagogikaga oid ilmiy ishlarda tadqiq etila boshladi. 19-asr ning 2-yarmidan bu sohaga mustaqil ravishda, ammo tibbiyot nuqtai nazaridan yondoshiddi. Asta-sekin nutq fa-oliyatining tabiati haqidagi ilmiy tasavvur kengaya borib, L. yoʻnalishi tubdan oʻzgardi, pedagogik mazmun birinchi oʻringa qoʻyiladigan boʻldi.
20-asrga kelib L. mustaqil fan sifatida shakllandi, uning maqsad va vazifalari, metodik asos va tamoyillari, boshqa fanlar bilan aloqasi masalalari ishlab chiqildi. Zamonaviy L. maktabgacha yoshdagi bolalar L.si, maktab yoshidagi bolalar L.si, oʻsmirlar va katta yoshdagilar L.siga boʻlinadi.
Logopediyalardan maʼlum boʻlishicha, nutqdagi kamchshshklarning paydo boʻlishi, tabiati, inson ruhiyatiga taʼsiri turlicha boʻladi (qarang Alaliya, Afaziya, Duduqlanish, Dizartriya). Ular bilish jarayonini, atrofdagi kishilar bilan muoma-lani qiyinlashtiradi. Bu narsa bolaning faoliyatida, yurish-turishida aks etadi. Ogʻir nutqiy buzilishlar esa insonning akliy rivojlanishiga, ayniqsa, oliy bilish faoliyati darajalariga, shaxsning shakllanishiga taʼsir etadi, uning harakteridagi tortinchoqlik, qatʼiyatsizlik, odamovilik, nomukammallik tuygʻusi kabi salbiy xususiyatlarni keltirib chiqaradi. L.ning ahamiyati esa bolaning nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etib, uning har tomonlama barkamol rivoj-lanishini taʼminlashdan iborat.
nutq buzilishini oʻrganish va tu-zatishda nutq bilan fikrning oʻzaro bogʻlikdigi haqidagi, bola rivojlanishida umumiy va maxsus qonuniyatlarning oʻzaro munosabati toʻgʻrisidagi nazariy qoidalarga, nutqva faoliyatning hamohang rivojlanishi hamda ruhiy kamolotga erishishning harakatlantiruvchi kuchlari haqidagi nazariyaga tayanadi. L. umumiy anatomiya va fiziologiya, nutq mexanizmlari, nutq jarayonining bosh miyada sodir boʻlishi haqidagi, nutq faoliyatida ishtirok etadigan analizatorlarning tuzilishi va harakatga kelishi toʻgʻrisidagi bilimlardan foydalanadi.
Nutqdagi nuqsonlarning alomatlarini, ularning etiologiyasi, mexanizmlari, nutq faoliyati buzilishi tarkibida nutqiy alomat bilan nutqsiz alomatning munosabatini bilish uchun L. boshqa fanlar bilan hamkorliqda ish yuritadi. Jumladan, u tilshunoslik, otorinolaringologiya, psixolingvistika, umumiy va maxsus psixologiya, psixodiagnostika, nevropatologiya, psixopatologiya, oligofreniya klinikasi, pediatriya bilan uzviy aloqada ishlaydi. Mas, nutq va eshitish aʼzolarining patologiyasi nutqdagi buzilish etiologiyasini aniqlashdan tashqari tibbiy taʼsir vositasida boʻladigan logopedik ishlarni toʻgʻri qoʻshib olib borish uchun ham imkon beradi. Oʻzbekistonda yordamchi maktablar, bolalar poliklinikalari, bolalar bogʻchalari va boshqa muassasalarda logopedik yordam koʻrsatiladi. Bundan tashqari, nutqi zaif bolalar uchun alohida bogʻchalar, maxsus maktablar mavjud. Oʻzbekistonda logoped oʻqituvchilar Toshkent ped. universitetida tayyorlanadi. Logopediyaishlari Toshkent ped. universitetining defektologiya kafedrasi va ayrim tibbiyot muassasalarida olib boriladi.
Bir yosh-u sakkiz oylik — ikki yoshda bola sodda gaplarni tuza oladi. Sababi bu davrda uning nutqida fe’llar paydo bo‘la boshlaydi. Ikki yoshgacha bola ishlata oladigan so‘zlar miqdori 60-80 taga yetishi kerak. Ana shundan keyin u x, y tovushlarini ayta boshlaydi. Bu paytda u hali r, sh, j, l, ch kabi ayrim tovushlarni aytmasligi mumkin va bu me’yor sanaladi.
Umuman olganda, ikki yoshligida bolaning nutqida tovush talaffuzidan ham oldin gapirish muhim o‘rinda turadi. Ya’ni tovushlar talaffuzida kamchiliklar bo‘lishi mumkin, ammo bo‘g‘inlar, so‘zlar, sodda gaplarni gapira olishi kerak.
Ammo doimiy ravishda bunday yo‘l tutish noto‘g‘ri. Bola chaynashni o‘rganolmaydi. Tishning vazifasi chaynash va chiqqandan keyin buni bajarishi kerak. Chaynash tishlar qatorining va jag‘larning to‘g‘ri rivojlanishiga, til harakatchanligi yaxshilanib, bola tovushlarni o‘zining yoshiga mos talaffuz qilishiga yordam beradi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin