Duduqlanish kelib chiqishiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi: 1. Nevrotik duduqlanish (logonevroz) bolaning kuchli ruhiy kechinmalari, stress, depressiya, qo‘rquv, haddan tashqari qattiqqo‘llik, chapaqaylikdan o‘ng qo‘lga o‘rgatish, oiladagi ikki tillilik, duduqlanuvchiga taqlid qilish natijasida. 2. Nevrozsimon duduqlanish - bu bosh miyaning organik jarohatlanishi, bosh miyadagi turli xil o‘simtalar , dizartriya, tayanch harakat a'zolari kasalliklari, DsP natijasida. Duduqlanish o‘z vaqtida bartaraf etilmasa bolaning ruhiy rivojlanishiga salbiy ta'sir etadi. Bola o‘z fikrini mustaqil bayon eta olmasligi natijasida tengdoshlari bilan muloqotga kirisha olmaydi. Nutq nuqsonlarini bartaraf etish yo‘llari 1. Artikulsiya, nafas, mayda qo‘l muskullarini rivojlantiruvchi mashqlar. 2. Logomassaj (nuqtali , bo‘shashtiruvchi, tetiklashtiruvchi massaj) 3. Muammoli tovushni nutqqa qo‘yish (taqlid va mexanik usulida) 4. Nutqni rivojlantiruvchi didaktik o‘yinlar. Logoped tavsiyalari Bolaning nutqi kechikayotganini yoki tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilayotganini, duduqlanayotganini sezganingiz zahoti mutaxassislarga murojaat qilishingiz lozim. Qancha erta murojaat qilsangiz, nutq nuqsonlari shuncha samarali bartaraf etiladi.