Nutq rivojlanishidagi me’yor — ikki yoshda 80 ta, besh yoshdan keyin 3000 ga yaqin so‘z Sog‘lom bola bir yoshida o‘ntacha so‘zni osonlik bilan talaffuz qila olishi kerak. Umuman olganda, bir yosh ruhiy, nutqiy va jismoniy rivojlanishlar parallel holda boshlanadigan pay Homiladorlik davrida turli xil kasalliklarni boshdan kechirish, turli xil infeksiyalar, intoksikatsiya, homila toksikozi, gepoksiya yoki kislorod yo‘qotish, qon bosimining oshishi, homilador ayol va homila qon guruhining mos kelmasligi. Homiladorlik paytida sigaret, alkogol va giyohvandlik moddalarini iste'mol kilish, o‘z-o‘zini davolash, ya'ni ayrim dori-darmonlarni qabul qilish. Homiladorning homila uchun xavfli bo‘lgan joylarda ishlashi (radiatsiya). Tug‘ruq davrida akusherlik patologiyalari ya'ni, tos suyagining kichkinaligi, homilaning kindik o‘qiga o‘ralishi. Tug‘ruqdan oldin suv ketishi, homilaning noto‘g‘ri joylashishi, tug‘ruq jarayonida bosh miyaning jarohatlanishi, tug‘ruq jarayonidagi asfiksiya natijasida bolaning ko‘karib tug‘ilishi. 3. Tug‘ruqdan keyingi davr - 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan davrda bosh miyadan turli xil jarohatlarni olish, bosh miyadagi infeksiyalar, turli xil yuqumli kasalliklar sababli yuzaga keladi. Nutq nuqsonlarini tasniflashda birinchi navbatda bolaning ruhiy, aqliy va eshitish idroki tekshirib olinadi. Nutq nuqsonlari og‘ir-yengilligiga qarab guruhlarga ajratiladi. . Dislaliya – bu artikulyatsion apparat a'zolari normal innervatsiyasida yuzaga kelgan logopatsiya bo‘lib, asosan tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar va ba'zan fonematik idrok rivojlanmaganligi bilan namoyon bo‘ladigan yengil nutq nuqsoni. 2. Dizartriya - bu artikulyatsion apparat a'zolari innervatsiyasining organik jarohatlanishi natijasida yuzaga keladigan og‘ir nutq nuqsoni bo‘lib, juft neyronlarning shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Falajlanish asosan bir tarafdan, chap yoki o‘ng tarafdan bo‘ladi. Bola tili asosan paretik falajlangan bo‘shashgan yoki spastik, ya'ni tarang falajlanishda bo‘ladi.