Mavzu: og’irlik o ‘lchash vositalari, ularning ishlash prinsiplari mundarija: Kirish I bob. O`Lchash vositalari va tizimlari. O`Lchash to`G`risida umumiy ma’lumotlar


I BOB. O`LCHASH VOSITALARI VA TIZIMLARI. O`LCHASH TO`G`RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR



Yüklə 141,64 Kb.
səhifə2/13
tarix07.01.2024
ölçüsü141,64 Kb.
#205280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Kurs ishi SHUXRAT

I BOB. O`LCHASH VOSITALARI VA TIZIMLARI. O`LCHASH TO`G`RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR.

    1. O`lchash vositalari va tizimlari haqida ma`lumot. O`lchashlarning tasnifi. O`lchash usullari.

O`lchash vositalari va tizimlari. O`lchash vositalari o`lchashlarda ishlatiladi va ular normallashgan metrologik xossalarga, ya`ni kattaliklarning ma`lum sonli kiymatlariga hamda o`lchash natijalarining aniqligi va ishonchliligini ifodalovchi xossalarga ega bo`ladi. O`lchash vositalarining asosiy turlariga o`lchovlar, o`lchash asboblari, o`lchash o`zgartkichlari va o`lchash kurilmalari kiradi.
O`lchov – berilgan o`lchamdagi fizik kattalikni qayta o`lchash uchun mo`ljallangan o`lchash vositasi. Masalan, qadoqtoshmassa o`lchovi; o`lchov rezistori – elektr qarshilik o`lchovi; yoritish lampasi – yorug`lik o`lchovi va h.k. Bir xil o`lchamli fizik kattalikni qayta o`lchaydigan bir qiymatli hamda turli o`lchamdagi qator bir nomli kattaliklarni qayta o`lchaydigan ko`p qiymatli o`lchovlar bor. Ko`p kiymatli o`lchovlarga bo`linmali chizg`ichlar, induktivlik variometri va boshqalar misol bo`la oladi.
Maxsus tanlangan, faqat alohidagina emas, balki turli birikmalarda turli o`lchamli qagor bir nomli kattaliklarni qayta o`lchash maqsadida qo`llaniladigan o`lchovlar komplekti o`lchovlar to`plamini tashkil etadi. Masalan, qadoqtoshlar to`plami, uchlikli uzunlik o`lchovlari to`plami, o`lchov kondensatorlari to`plami va x.k. O`lchovlar magazini – sanoq qurilmalari bilan bog`langan maxsus qayta ulagichlarga ega bo`lgan bitta konstruktiv butun qilib birlashtirilgan o`lchovlar to`plami. O`lchovlar magazini elekgrotexnikada keng qo`llaniladi: qarshilik magazini, sig`imlar magazini, induktivliklar magazini.
O`lchovlarga standart namunalar va namuna moddalar ham kiradi. Standart namuna – modda va materiallarning xossalarini yoki tarkibini xarakterlovchi kattaliklarning birligini qayta tiklash uchun o`lchov. Masalan, tarkibidagi ximiyaviy elementlari ko`rsatilgan ferromagnit materiallar xossalariniig standart namunasi.
Namuna modda – tasdiqlangan spesifikasiyada ko`rsatilgan tayyorlash shartlariga rioya qilinganda tiklanadigan ma`lum xossalarga ega bo`lgan moddadan iborat o`lchov. Masalan, “toza” gazlar, “toza” metallar, “toza” suv. Kuzatuvchi idrok qilishi uchun qulay shakldagi o`lchov informasiyasi signalini ishlab chiqishga xizmat qiladigan o`lchash vositasi o`lchov asbobi deyiladi.
O`lchov asbobida kuzatuvchi o`lchanayotgan kattalikning son qiymatini o`qishi yoki sanashi mumkin. O`lchov asboblari analog va raqamli bo`lishi mumkin. Analog o`lchov asboblarida asbobning kursatishi o`lchanayotgan kattalik o`zgarishining uzluksiz funksiyasidan iborat bo`ladi, raqamli o`lchov asboblarida esa ko`rsatishlar o`lchov informasiyasi signalini diskret o`zgartirish natijasidan iborat bo`lgan raqamli shaklda ifodalangan bo`ladi. Keyingi vaqtlarda rakamli asboblar borgan sari kengroq qullana boshlandi, chunki ularning ko`rsatuvlari osongina qayd qilinadi, ularni EHMga kiritish uchun qulay. Raqamli asboblarning tuzilishi o`lchashda analog asboblarga qaraganda katta aniqlikka erishishga imkon beradi. SHu bilan birga raqamli asboblar qo`llanganda o`qish xatoligi bo`lmaydi. Ammo analog asboblar rakamli asboblarga qaraganda anchagina sodda va arzondir.
O`lchov asboblari ko`rsatuvchi, qayd qiluvchi, kombinasiyalangan, integrallovchi va jamlovchi asboblarga bo`linadi. Ko`rsatuvchi asboblarda raqamli qiymatlar shkala yoki raqamli tablodan o`qiladi. Qayd qiluvchi asboblarda ko`rsatuvlarni yo diagramma qog`ozida yozib olish yoki raqamli tarzda chop etish ko`zda tutiladi. Kombinasiyalangan asboblar o`lchanayotgan kattalikni bir vaqtning o`zida kursatadi hamda qayd qiladi. Integrallovchi asboblarda o`lchanayotgan kattalik vaqt bo`yicha yoki boshqa erkli o`zgaruvchi bo`yicha integrallanadi. Jamlovchi asboblarda ko`rsatishlar turli kanallar bo`yicha unga keltirilgan ikki yoki bir necha kattaliklarning yig`indisi bilan funksional bog`langan bo`ladi.
O`lchashga doir axborotni uzatish, o`zgartirish, ishlov berish va saqlash uchun qulay bo`lgan, ammo kuzatuvchi bevosita idrok qilishi mumkin bo`lmaydigan shakldagi signalni ishlab chiqish uchun xizmat kiladigan o`lchash vositasi o`lchash o`zgartkichi deb ataladi. Inson o`zining sezgi organlari bilan o`lchash o`zgartkichi signallarini qabul qila olmaydi. O`zgartiriladigan fizik kattalik kirish kattaligi, uning o`zgartirilgani esa chiqish kattaligi deyiladi. Kirish va chiqish kattaliklari orasidagi bog`lanishni o`zgartkich funksiyasi qaror toptiradi.
O`lchash o`zgartkichlari o`lchov asboblarining, turli o`lchov sistemalarining, biror jarayonlarni avtomatik nazorat qilish yoki boshqarish sistemalarining tarkibiy qismi hisoblanadi. O`lchanayotgan kattalik keltirilgan o`lchash o`zgartkichi birlamchi o`zgartkich deyiladi. Birlamchi o`lchash o`zgartkichlari, ko`pincha, datchik deb yuritiladi. Uning bevosita o`lchanayotgan kattalik ta`siridagi qismi sezuvchan element deyiladi. Masalan, termoelektrik termometrda termopara, manometrik termometrda termoballon ana shunday elementlardir.
O`lchov asboblari va o`zgartkichlari o`lchanayotgan kattalikning turiga qarab tegishli nomlarga ega bo`ladi, masalan, termometrlar, manometrlar, difmanometrlar, sarf o`lchagichlar, satx o`lchagichlar, gaz analizagorlari, konsentratomerlar, nam o`lchagichlar va h.k. O`lchov asbobi – shkalasi. Ko`rsatuvchi analog o`lchov asboblarining sanoq qurilmasi shkala va (strelkali yoki nurli) ko`rsatkichdan tuzilgan




Yüklə 141,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin