Mavzu; Oila va tashqi ijtimoiy muhit. Oilada ijtimoiy tarbiyaning bosqich va vositalar Tayyorladi; Bo’riyeva kamila



Yüklə 10,47 Kb.
səhifə4/5
tarix16.12.2023
ölçüsü10,47 Kb.
#183394
1   2   3   4   5
Mavzu; Oila va tashqi ijtimoiy muhit. Oilada ijtimoiy tarbiyanin-genderi.org

Ijtimoiy tarbiyaning asl ma’nosi ham, vazifasi ham boladagi ijtimoiy faollikni oshirish orqali, undagi ijobiy fazilatlarni kamol toptirishdir. Odatda oilada ijtimoiy faollikni oshirish bola irodasini chiniqtirish orqali amalga oshiriladi. CHunki ko’pincha ota-onalar bolalarining aqlli, farosatli bo’lib etishlariga e’tibor berib, uning ruhiyatini hamda jismoniy quvaatini oshirishga, irodasini mustahkamlashga bee’tibor qoladilar. Buning oqibatida bola turmush suqmoqlarida tez qoqiladigan, turli ijtimoiy vaziyatlarda qiyinchiliklarni enga olmaydigan, ruhiyati mo’rt bo’lib katta bo’ladi. SHuning uchun ham oilaviy ijtimoiylashuvda bolaning ijtimoiy bilimdonligi, ijtimoiy ko’nikmalar va ularni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarga alohida urg’u beriladi.

Oilada ijtimoiy tarbiyaning bosqich va vositalari

Mutaxassislar oilaviy sotsializatsiyaning bosqichlari, funktsiyalarini tafovutlash bilan birgalikda uning har birida o’ziga xos ijtimoiylashuv usullari ustivor bo’lishini ham ta’kidlaydilar. Masalan, rus sotsiologi N.Andreenkova ijtimoiylashuv jarayonini ikki katta bosqichda tasavvur qiladi.

Birinchi bosqichi – individning ijtimoiy mavjudot sifatida shakllanishini ta’minlovchi hayot bo’lagini o’z ichiga olib, u inson hayotining qariyb uchdan bir qismini tashkil etadi. Bu davrda asosan bolaning:


  • dastlabki ilk sotsializatsiyasi (bolalik davri);

  • normativ xulqning marginal jihatlarini o’zlashtirish davri (o’smirlik davriga to’g’ri keladi);

  • o’spiriinlikdan balog’at yoshiga o’tish davrini o’z ichiga olgan ijtimoiylashuv oqibatlari yaxlit namoyon bo’ladigan bosqich.

Ikkinchi bosqich – shakllanib bo’lgan shaxsning jamiyatda faoliyat yuritishi davrlarini o’z ichiga olgan hayot bosqichi. Bunda shaxs dastlab mehnatga yaroqli jamiyat a’zosi sifatida, so’ngra naqaqa yoshiga etgan inson siftaida o’z o’rniga ega bo’ladi.

Ijtimoiylashuvning dastlabki yillarida uning samaradorligi ko’proq yuqorida ta’kidlaganimizdek, oila, undagi ijtimoiy-psixologik muhit va ota-onaning tarbiyachilik burchini qanday ado etganligiga bog’liq bo’lsa, uning keyingi bosqichlarida ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarining roli ortib boradi. SHunga mos ravishda ijtimoiylashuv usullari ham turlicha bo’ladi.


Yüklə 10,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin