Mavzu. Oilada jismoniy tarbiya


Iqtisodiy tarbiya mamzuni



Yüklə 243 Kb.
səhifə5/10
tarix01.04.2023
ölçüsü243 Kb.
#92342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
OILADA JISMONIY TARBIYA

2. Iqtisodiy tarbiya mamzuni
Iqtisodiy tarbiya – o‘quvchilarning iqtisodiy ongini shakllantirishga qaratilgan, uyushgan (tashkil etilgan) pedagogik faoliyat, maxsus o‘ylangan ish tizimidir. Uni amalga oshirish jarayonida o‘quvchilar tartibli va samarali iqtisodiyot haqida, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish to‘g‘risida, ishlab chiqarish munosabatlari haqida, amaldagi xo‘jalik mexanizmi to‘g‘risida tushuncha va tasavvurlar majmuini o‘zlashtirib oladilar. Iqtisodiy tarbiya iqtisodiy tafakkurning rivojlanishini iqtisodiy faoliyat natijasida hosil bo‘ladigan axloqiy va ishchanlik fazilatlarining, ijtimoiy faollikning, tadbirkorlikning, tashabbuskorlikning, ijtimoiy mulkka tejamkorlik bilan, halol munosabatning shakllanishini ta’minlaydi. Shu asosda yuqori rentabellikka, jihozlar va texnologiyani yangilashga, ratsionalizatorlik va ixtirochilikka, mahsulot sifatini yaxshilashga va pirovard natijada, shaxsiy muvaffaqiyat va farovonlikka intilish tarkib topadi.
Hozirgi kunda bozor maktabdan iqtisodiy tafakkuri rivojlangan, uzluksiz rivojlanib va takomillashib borayotgan bozor munosabatlari sharoitidagi amaliy faollikka tayyorlangan shaxsni tarbiyalashni talab etadi. Agar avval iqtisodiy muammolar sun’iy ravishda o‘quvchidan uzoqlashtirilgan va u amaliy faoliyati boshlanguncha ulardan chetda qolayotgan bo‘lsa, endi hayotning o‘zi boshlang‘ich sinflardanoq o‘quvchining ehtiyojlar nimaligini, ularni qondirish nima bilan cheklanganligini, tanlab olish doimo cheklangan bir paytda qanday qilib tanlashni bilish talab etiladi. O‘quvchi pulning vazifasini, oila va maktab byudjeti strukturasini, tovarlar narxi qanday shakllanishi va ularning nimalarga bog‘liq bo‘lishini, boylikning qanday shakllanishi va uning manbalari nimalardan iboratligini va hokazolarni aniq tasavvur qilishi lozim.
Ammo, ilmiy-texnika taraqqiyoti nuqtayi nazaridan, hozirgi kunda maktab yoshlarni kasbiy tayyorgarligini tashkil etishning eskirib qolgan shakl va metodlariga tayanadi. U ta’limni ishlab chiqarish mehnati bilan qo‘shib olib borishda, juda sodda, ba’zan xonaki maktab xo‘jaligiga asoslanadi. Keskinlashib borayotgan qarama-qarshiliklar maktab yoshlari orasida salbiy hodisalar: siyqa mazmunli va sodda mehnat bilan bog‘liq ishlarni bajarishni istamaslik, dangasalik va mehnatga beparvo bo‘lish, pala-partishlik, o‘ta intizomsizlik, mehnatning yomon tashkil etilishi va mehnat unumdorligining pastligiga odatlanish kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Iqtisodiy ta’lim va tarbiyaning maqsadi yosh avlodni mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda ongli va iqtisodiy savodli ishtirok etishga tayyorlashdan iborat. Bu esa islohotlarning o‘tkazilishini ancha tezlashtiradi, iqtisodiyotni o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlarni qisqartiradi. Iqtisodiy ta’lim o‘quvchiga ehtiyoj turlari va ularni qondirish manbalari haqida, tanlash zarurligi to‘g‘risida, inson va jamiyat hayotida pulning roli haqida, daromadlarning manbayi va oila sarf-xarajatlari strukturasi to‘g‘risida tushunchalar berish (tasavvur hosil qilishi) kerak.
O‘quvchining tovarlarga va xizmatlar haqidagi, ularni qanday hosil bo‘lishi, ishlab chiqaruvchining munosabatlari, savdo tashkiloti va iste’molchi to‘g‘risidagi, mulkning nima ekanligi haqidagi bilimlari yuqorida aytib o‘tilgan tasavvur (tushuncha) larga asoslanishi kerak. O‘quvchini ko‘p darajali iqtisodiyot: maktab va uy xo‘jaligi, yordamchi xo‘jalik, korxona, regional xo‘jalik va mamlakat iqtisodiyoti olamiga olib kirishi lozim. Uni o‘z oilasining ehtiyojlarini, shu jumladan o‘z ehtiyojlarini tahlil qilishga, ulardan birinchilari – hayotiy muhimlarini ajratib ko‘rsatishga, oila ehtiyojlarini qondirishda oila byudjeti imkoniyatlarini aniqlashga o‘rgatish kerak. Unga o‘z pullaridan qanday qilib yaxshiroq foydalanish, do’kondan eng oddiy narsalar xarid qilish haqida gapirib berish, ehtiyojlarni qondirishda mehnatning ahamiyatini tushuntirish lozim. Jamiyatning yacheykasi sifatida oilaning stabillashuvi, ommaning islohotlarni tushunishi va qo‘llab-quvvatlashi, iqtisodiy o‘zgarishlar samaradorligini oshirish oldiga qo‘yilgan maqsadga erishishning muhim natijasidir.
Iqtisodiy tarbiya insonni iqtisodiy faoliyatga tayyorlashga, uni jamiyatimiz iqtisodiy hayotida ishtirok etishga, respublikaning tirishqoq, serg‘ayrat fuqarolarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. U o‘quvchilar ongida jamiyatni rivojlantirishning iqtisodiy qonuniyatlari haqida aniq tasavvurlar shakllanishini va shular asosida unda kundalik hayotida zarur bo‘ladigan iqtisodiy bilimlar tarkib topishini ta’minlashi kerak.
Iqtisodiy tarbiyalangan kishida hayotimizdagi ko‘pgina kundalik muammolarni hal etishga bo‘lgan qarashi o‘zgaradi. Lekin, afsuski, kundalik hayotda jamiyat va davlat mablag‘laridan maqsadga muvofiq bo‘lmagan holda foydalanilishiga oid ko‘plab misollar topish mumkin. Ularni kamaytirish uchun barcha fuqarolarga, “kichiklardan-kattalargacha” hayotda paydo bo‘ladigan iqtisodiy muammolarni hal qilishga progmatik, nostandart yondoshuv kerak. Buning uchun esa yangi iqtisodiy tafakkurni yaratish talab etiladi. Maktabda olib boriladigan iqtisodiy ta’lim va tarbiya ishlari aynan shu maqsadga xizmat qilishi lozim.
Iqtisodiy tarbiyada statistika ma’lumotlaridan mohirlik bilan foydalanish kerak. Bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarning muhim va BMT tomonidan yuqori baholanadigan natijalari yetarlicha tushuntirib borilmoqda. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • uy-joy muammosining hal etilishi;

  • turar joylarning hamma yerda gazlashtirilishi;

  • shahar tipidagi qishloq va ovullarda aholini vodoprovod suvi bilan ta’minlash;

  • ko‘p sonli zamonaviy litsey va kollejlarni ishga tushurish va 12 yillik umumiy ta’lim tizimga o‘tish;

  • mamlakatning transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Qirg‘iziston va Xitoy orqali avtomobil yo‘li, Turkmaniston va Eron orqali temir yo‘l barpo etib, Fors hamda Bosfor qo‘ltig‘iga, shuningdek, Gruziya portiga chiqish va hokazo.

Shunday qilib, bizda gapirish mumkin bo‘lgan muvaffaqiyatlar bor, ammo shu bilan birga kamchiliklar va hal etilmagan muammolar haqida ham unutmaslik kerak. Bunda tinglovchilarda islohotlarning muvaffaqiyatiga ishonch va ularni o‘z mehnati bilan qo‘llab-quvvatlash istagini uyg‘otish lozim.
Iqtisodiy tarbayaning asosiy maqsadiga bir qator vazifalarni hal etish natijasida erishish mumkin. Bu vazifalarning asosiylari quyidagilardan iborat:

  • o‘quvchilarda iqtisodiy ongni izchillik bilan rivojlantirib borish;

  • oqilona ehtiyojlarni, ularni moddiy imkoniyatlar bilan taqqoslash qobiliyatini shakllantirish, bolalarda o‘z ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga bo‘lgan izlanishlarda mehnatga yo‘nalganlikni tarbiyalash;

  • kasb tanlashga ongli munosabatda bo‘lish, tejamkorlik, rejalilik, omilkorlik, ishchanlik, xo‘jalikni tejab-tergab olib borish kabi sifatlarni tarbiyalash;

  • o‘quvchilarni iqtisodiy tahlil qilish malaka va ko‘nikmalari bilan qurollantirish, tejamkorlik va iqtisod qilish odatlarini tarbiyalash, aqliy va jismoniy mehnat madaniyatini shakllantirish, mehnatni ilmiy tashkil etish asoslarini egallab olish;

  • mas’uliyatsizlikka, mehnatdagi tartibsizlikka, bekorchilikka, boqimandalik kayfiyatlariga, xo‘jasizlikka, isrofgarchilikka, beparvolikka murosasiz munosabatda bo‘lish hissini tarbiyalash va hokazo.

O‘quvchilarga bozordagi o‘yin qoidalarini tushuntirish va uning ishtirokchilari rolini ochib berish keyingi qadamlardan bo‘lishi kerak. Bozor ishtirokchilari esa quyidagilardir:

  • iste’molchilar uchun tovar yaratuvchi tadbirkorlar;

  • tovar ishlab chiqarish uchun yollanadigan erkin ishchi kuchi; ishlab chiqarish vositalari sotib olinadigan kapital;

  • bozor infrastrukturasi – banklar, birjalar, sug‘urta kompaniyalari, advokatlik idoralari va hokazo;

  • bozor qoidalari va erkinliklarining himoyasini, monopoliyaga qarshi qonunchilikni joriy etish va erkin raqobatni rivojlantirish bilan ta’minlovchi davlatdir.

Shundan keyin oila byudjetini ochib berish kerak. O‘quvchilarga oila daromadlari qanday hosil bo‘lishini, ularning tarkibi va tuzilishi: ish haqi, pensiya, stipendiya, yordam pullari, tasodifiy daromadlar haqida gapirib berish lozim. Ularga, shuningdek, ota-onalarning jismoniy va intellektual kuch-g‘ayrat sarflashi: kasblarni birga qo‘shib olib borish, qo‘shimcha vazifada ishlash, ish vaqtidan tashqari vaqtda ishlash, mavsumiy, vaqtinchalik ishlar, individual mehnat faoliyati evaziga vujudga keladigan qo‘shimcha ish haqlari to‘g‘risida tushuncha berish zarur. Bundan tashqari, ularga yordamchi xo‘jalik, dala hovlidagi ishlar, meva va sabzavotlarni qayta ishlash, xalq hunarmandchiligi buyumlari tayyorlab sotish natijasida kelib chiqadigan qo‘shimcha daromadlarni (bularga ish vaqtidan tashqari bajariladigan og‘ir mehnat tufayli erishiladi) ko‘rsatib berish lozim. Asosiy vazifa – o‘quvchiga oilaning yashash manbalari mehnat va faqat mehnat bilan yaratilishi va bolalarning tobora ortib borayotgan talablarini qondirish uchun ota-onalar keragidan ortiqcha, salomatliklarini yo‘qotish xavfi bilan, ishlashlarini tushuntirishdan iborat.
Bilimlarning navbatdagi bo‘limi oilaning sarf-xarajatlari strukturasini ochib berish kerak:

  • kundalik xarajatlar tarkibini: ovqatlanish, kiyim-bosh va poyabzal, transport, kvartira haqi, kommunal, maishiy va boshqa pullik xizmatlar;

  • bir yo‘la qilinadigan xarajatlar tarkibini: uzoq vaqt foydalaniladigan buyumlar (uy, dala hovli, kvartira, transport vositasi, murakkab uy-ro‘zg‘or texnikasi, mebel, sanitariya texnikasi, gaz plitasi va hokazo), uy anjomlari sotib olish, soliqlarni to‘lash.




Yüklə 243 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin