6. Oilada ekologik tarbiya mazmuni. Bolalarda ekologik tarbiyani shakllantirishning shakl va metodlari Oilada, shuningdek, ekologik tarbiyani tashkil etish ham muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan keyin tarixan qisqa vaqt ichida barcha jabhalarda ya`ni iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy-ma`rifiy sohalarda katta o’zgarishlarni qo’lga kiritdi.
Demokratik fuqarolik jamiyatini qurishga harakat qilinayotgan bir paytda mamlakat aholisining ma`naviy qiyofasini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda xuquqiy-demokratik jamiyat qurishning bir qancha vazifalari, maqsadlari belgilandi. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun ekologik vaziyatni hisobga olmay biror ish qilib bo’lmaydi yoki biror yutuqqa erishib bo’lmaydi. Tabiat yer yuzidagi jamiki tirik mavjudot uchun muqaddas go’shadir. Tabiat ularni to’ydiradi, kiydiradi, issiq va sovuqdan asraydi. O’z navbatida tirik mavjudot ham tabiatga mehr qo’yadi. Bu mehr tabiatni asrash, uning boyliklarini ko’paytirish tuyg’usi bilan uyg’unlasha olsagina ekologik vaziyat yaxshilana boradi.
“Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo’lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko’p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog`liqdir”4.
Markaziy Osiyo xalqlari qadimgi davrlardan beri ekologik ma`naviyatga va merosga egadir. Ularning ekologik saviyasi qanchalik yuqori bo’lganligini zardushdiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» ma`lumotlaridan ulug’ allomalarimiz Abu Nasr Forobiyning “Kalom fi a’zo al-hayvon” (“Hayvon a`zolari to’g’risida so’z”), Abu Rayhon Beruniyning “Saydana”, “Mineralogiya”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarlari mazmunida ko`rishimiz mumkin.
Ekologiya atamasi yaqin vaqtlargacha faqat mutaxassilarga ma`lum bo’lib, uni fanga 1866 yili nemis zoolog olimi E.Gekkel kiritgan. “Ekologiya” so’zi “eko”
- uy, turar joy, “logos” - fan so’zlarini anglatib, u atrof-muhitning buzilishi va bunga sabab bo’lgan omillar, muhit xalokatining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish borasidagi bilimlarini targ’ib etish asoslarini o’rganadi.
Ekologik tarbiya insonda tabiatga atrof-muhitga mehr uyg’otish, tejamkorlik xususiyatlarini shakllantirishga qaratilgan faoliyatdir. Ekologik tarbiya jarayonida yoshlar tabiat boyliklarini tejab-tergashga, tabiatni muxofaza qilishga o’rgatib boriladi. Ekologik tarbiyaning asosiy maqsadi jamiyat kishilarini ekologik jihatdan savodxonligini, madaniyatini oshirish, shunday ekologik madaniyatli, ta`lim- tarbiyali kishilarning sa’y-harakati bilan tabiatni muxofaza qilish, ozoda, toza saqlash, hayvonot, qushlar, o’simliklarga mehr uyg’otish orqali tabiatga ongli munosabatni tabiyalashdir.
A.To’xtayev “Ekologiya” nomli o’quv qo’llanmasida ekologik tarbiya xususida fikr yuritib, shunday yozadi: “Ekologik tarbiya – axloqiy tarbiyaning ajralmas qismidir. Kishilarda ekologik ong va tafakkurni, ekologik dunyoqarashni hosil qilish tabiatni dialektik tushunishga yordam beradi. Hamma bosqichlarda ekologik ta`lim va tarbiyani talab etilgan darajada amalga oshirish uchun bu vazifaning muhimligini va mas`uliyatini yaxshi bilgan yoshlarni tayyorlash zarur5”.
Ekologik bilim – bu tirik tabiatning tuzilishi, rivojlanishi, o’zgarishi, yer yuzidagi tirik jonzotlarning xolati, ularning bir-birlari bilan va atrof-muxit o’rtasida bo’lib turadigan munosabatlarni, tabiiy boyliklarning son va sifatini, xajmini, xillarini xamda ularni saqlash va tejamkorlik bilan foydalanish yo’llarini o’zlashtirishdan iboratdir.
Ekologik ta`lim va tarbiyaning tub ma`nosi – tabiat va jamiyat o’rtasidagi doimiy birlik va ularni bir-birlariga bog’lovchi tabiiy xamda ijtimoiy qonunlarni o’rganish, xayotga tatbiq qilishdan iboratdir.
Ekologik madaniyat – bu atrof muhit to’g’risida chuqur bilimga, tabiatni asrash tuyg’usiga ega bo’lish, o’simliklar xamda xayvonlarga nisbatan g’amxo’rlik ko’rsatish, tabiat zahiralaridan oqilona foydalanish, ularni ko’paytirish borasida qayg’urishga qaratilgan amaliy faoliyatning yuksak ko’rsatkichidir. Ana shu hislatlarni o’zida aks ettira olgan insonni ekologik madaniyat egasi deb atash mumkin.
Bunda kishilarning ekologik ma`naviyatini shakllantirish maktabga ilk qadam qo’ygan boshlang’ich sinf o’quvchilaridan boshlanishi lozimdir. Haqiqatdan ham ekologiya masalasiga befarq qarab bo’lmaydi. Buning uchun eng avval kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni ekologik jixatdan ma`naviyatli yoshlar qilib tarbiyalashimiz lozim. Ekologik ta`lim va tarbiya quyidagi asosiy bo’limlarni o’z ichiga qamrab:
1. Shaxsni tabiat go’zalliklarini sevish, ulardan estetik zavq olish ruhida tarbiyalash.
2. Jonli va jonsiz tabiatning rivojlanish qonuniyatlari, tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi murakkab o’zaro munosabatlar, shuningdek, inson xo’jalik faoliyatining tabiatga ta`siri oqibatlari haqida bilim berish.
3. Talaba va o’quvchilarda ekologik madaniyatni tarbiyalash. Tabiatni sevish, undan to’g’ri va ongli ravishda foydalana bilishni tarbiyalash ekologik tarbiya va madaniyatning asosi bo’lib, kishilarda tabiat oldida mas`uliyatni anglash malakasini hosil qiladi. Vatanni sevish, vatanparvarlik tabiatni sevishdan boshlanadi. Binobarin, o’quvchilarda tabiatga nisbatan haqiqiy muhabbat tuyg’usini hosil qilmay turib, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mumkin emas. Insonning tabiat quchog’ida bo’lishi uni ruhan tetiklashtirib, uning mehnat qobiliyatini va ijodiy faoliyatini oshiradi.
Ekologik tarbiya quyidagi masalalarni o’z ichiga oladi:
o`quvchilarga maxsus ekologik bilim va tarbiya berib, ularda bu sohada muayyan malaka hosil qilish;
ekologik o’zgarishlarni oldindan ko’ra bilishni tarbiyalash;
v) ekologik madaniyatni singdirish va tarbiyalash;
g) kishilarni tabiat «in`omlaridan to’g’ri foydalanish ruhida tarbiyalash.
Vatanimizda ekologik vaziyat va ekologik tarbiyani amalga oshirish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Konstitutsiyasining 18-moddasida yer va yerosti boyliklarini, suv manbalarini, o’simlik va hayvonot dunyosini qo’riqlash va bu boyliklardan ilmiy asosda oqilona foydalanish, havo va suvni toza saqlash, tabiiy boyliklarni uzluksiz ko’paytirib borishni ta`minlash, insonning atrof-muhitni yaxshilash uchun chora va tadbirlar ko’rishi zarurligi ta`kidlangan.
xulosa
Ota-onalar bolalarni yoshlikdan tabiat bilan ijobiy munosabatda bo’lishga o’rgatib borishlari, ularda “inson tabiatning bir qismi, shu sababli tabiatga yetkazilgan har qanday zarar uning o’ziga falokat olib keladi” degan tushunchani singdirib borishlari kerak. Oilada tashkil etilayotgan ekologik tarbiya bolalarda atrof-muhitga, xususan, tabiatga nisbatan ijobiy, mas’uliyatli munosabatni shakllantirish bilan birga ularda estetik didning o’sishini ham ta’minlaydi. Binobarin, tabiatning o’zi eng go’zal, eng mukammal asaridir. bolalar tabiat go’zalliklaridan bahra olar ekanlar, o’zlarini uning bir bo’lagi, shu sababli uni asrab-avaylashga mas’ul ekanliklarini chuqur anglab yetadilar. shuningdek, “oila muhitida tashkil etilayotgan hovli sahnini supirib-sidirish, gulzorlarni tashkil etish, ko’chatlarni o’tkazish va ularni parvarish qilish, maishiy chiqindilarni bartaraf etishga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo’lish kabi harakatlar bolalarda tabiatni asrashga nisbatan mas’ullik tuyg’usini shakllantiradi.