3. Oilaning bolalarningiqtisodiysavodxonliginioshirishdagio'rni Zamonaviy sharoitda yosh avlodning chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo’lishi muhim o’ziga xos dolzarblik kasb etadi. Binobarin, bozor sharoitida iqtisodiy bilimlardan xabardor bo’lmaslik barcha (ayniqsa, kasbiy faoliyat, savdo-sotiq va iste’molchi sifatida maishiy xizmat ko’rsatish) sohalarida sust faoliyat ko’rsatishga olib keladi. SHu sababli ota-onalar oilada ham bolalar tomonidan iqtisodiy bilimlarning o’zlashtirilishi uchun sharoit yaratib bera olishlari lozim. Bunda oila iqtisodiyoti (oila xo’jaligini yuritish) va byudjetini shakllantirish jarayoniga farzandlarni bevosita jalb etish, qolaversa, ularda pul mablag’lariga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, “o’zining shaxsiy hamda oila a’zolarining buyumlari, shuningdek, oila mulkiga nisbatan mas’uliyatli yondashishga”2 o’rgatib borish zarur. Samarali tashkil etilgan iqtisodiy tarbiya natijasida bolalar “pulning inson mehnatiga to’lanadigan qiymat ekanligini tushuntirib berish, uni oilaning eng muhim ehtiyojlari uchun ishlatish lozimligini” tushunib yetadilar.
Ro‘zg‘orga maosh, oila jamg‘armasini reja va tejamkorlik bilan hisob-kitob qilib ishlatilsa, oila yuritish tartibga tusha boshlaydi. «Hisobini bilmagan hamyonidan ayrilur», - deydi xalqimiz. Ha, oila jamg‘armasini aql bilan hisob-kitob qilib ishlatmasangiz, biringiz ikki bo‘lishi qiyin. Qayerda hamma narsa tejab-tergab ishlatilsa, topilgan pul tejamkorlik bilan sarflansa, unday joyda «moliyaviy inqirozlar» sodir bo‘lmaydi. Hozir ko‘pincha ota-onalar bolalariga qimmatbaho mebellar hatto mashinalar sovg‘a qiladilar uy qurib beradilar. Lekin oilaning moliyaviy ahvolini qanday yaxshilash, qanday ro‘zg‘or tebratish, maoshni qanday tasarruf etishni yetarli darajada o‘rgatmaydilar. Shuning uchun yoshlar ko‘pincha hayron bo‘ladilar: «Dadamlaming bir o‘zlarining maoshlari oilamizni boqishga yetar edi, men esa dadamdan uch baravar ko‘p maosh olsam ham oilamga yetmaydi», Xo‘sh, bu haqda hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Nima uchun bunday ? Oilaga kelayotgan daromadni rejali sarflash muhim ahamiyatga ega. Peshona ten to‘kib topilgan sarmoyani har birimiz to‘g‘ri sarflayapmizmi? Pulni tejab-tergab ishlatish, jamg‘arish teran aql va fahm-farosatni talab qiladi. Ro‘zg‘or rejasiz olib boriladigan xonadonlarda maosh olingan kuni bayram. 0 ‘sha kuni bolalariga qimmatbaho o‘yinchoqlar xarid qiladilar, katta-katta sarf-xarajatlar qiladilar, xuda-behuda turli yig‘inlar, chaqiriqlar qiladilar. Uy bekasi o‘ziga oxirgi moda qimmatbaho kiyim-kechak, oyoq-bosh kiyim, atir-upa tilla taqinchoqlar oladilar. Qarabsizki, maosh, uncha-muncha jamg‘arma ham keyingi oyiikka yetmasdan tugab turibdi. Tejamkorlik juda keng tushuncha bo‘lib, uni pul tejamkorligi kiyim-kechak tejamkorligi, oyoq-bosh kiyim tejamkorliga, oziqovqat mahsulotlari tejamkorligi kabi bir qancha jabhalarga bo‘lish mumkinki, ulaming har birining o‘ziga xos jihatlari mavjud. Tejamkorlikka olib keluvchi muhim jihatlardan biri asrab-avaylashlikdir. Uy-ro‘zgor buyumlari idish-tovoqlar, ko‘rpa-yostiqlar, mebellar, uy-ro‘zg‘or asboblarini asrabavaylab ishlatish pirovard natijada oila iqtisodining umumiy tejamkorligiga olib keladi. Oiladagi tejamkorlik birinchidan, daromadning barakali bo‘lishiga, ikkinchidan, ortiqcha xarajatlaming kamayishiga, uchinchidan, zarur bo‘lgan yangi xarajatlarga, xaridlarga imkon yaratadi. Natijada oilaning umumiy osoyishtaligi ta’minlanadi, moddiy va ma’naviy saviyasi, nufuzi ortadi. Shu narsani ta’kidlash lozimki, tejamkorlik, ko‘pchilik o'ylaganidek va tushunganidek, faqat nochor yoki o‘rta hoi oilalarga xos bo‘lishi lozim bo‘lgan xislat emas. Davlatingiz, boyligingiz qanchalik bisyor bo‘lgani bilan uni tejab-tergab sarflamasangiz, bir kuni kelib xor-zor bo‘lishingiz, o‘z paytida botmonlab sarflagan narsangizning bir misqoliga ham muhtoj bo‘lib qolishingiz hech gap emas. «Yotib yeganga tog‘ ham chidamas», deydi xalqimiz. Shunday ekan, doimo borini asrabavaylash tejab-tergab sarflash, yo‘g‘ini tejamkorlik bilan bor qilib yashash hayot madaniyatining muhim bir bo‘lagidir. Qanday tejash, nimada tejash masalasini hal qilish uchun oila daromadi va buromadining hisot^ni olib borish, ulami tahlil qilib turish lozim. Ro‘zg‘orga bir oyga nimaga qancha sarf qilindi?