– qiyoslashlararo vaqt ichida xaridga chiqarilmagan o’lchash vositalarini tayyorlovchi korxona iste’molchiga etkazib berishda
O’lchash vositasining holati va qo’llanilishini davlat nazoratidan va mahkama tekshiruvidan o’tkazishda o’lchash vositalarining qo’llanishga yaroqli ekanligini aniqlash uchun inspeksion qiyoslash o’tkaziladi.o’lchash vositalarini inspeksion qiyoslash natijalari davlat yoki mahkama tekshiruvi dalolatnomasida aks ettiriladi.
Davlat qiyoslashidan majburiy ravishda o’tkaziladigan vositalar:
Davlat qiyoslashidan majburiy ravishda o’tkaziladigan vositalar:
a) davlat metrologik xizmatlarining va tadbirkorlik sub’ektlarining namunaviy o’lchash vositalri;
b) o’zining bevosita vazifasiga muvofiq namunaviy o’lchash vositalari sifatida yoki tayyorlashga buyurtma shartlari bo’yicha ishlab chiqarilgan o’lchash vositalari;
v) nurlanishni ionlovchi va tarkibida nurlanishni ionlovchi manba bor bo’lgan o’lchash vositalari;
g) priborlarni ta’mirlovchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlari chiqargan, ta’mirdan keyin boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga berish uchun mo’ljallangan o’lchash vositalari;
d) milliy va xalqaro rekordlarini qayd qilish bilan bog’liq o’lchash vositalari;
e) davlat arbitraj idoralari tomonidan ekspertiza o’tkazishda, shuningdek bojxona tekshiruvida o’lchashlar uchun qo’llaniladigan o’lchash vositalari;
k) o’lchash uchun ishchi o’lchash vositalari sifatida qo’llaniladigan, o’lchash natijalari:
k) o’lchash uchun ishchi o’lchash vositalari sifatida qo’llaniladigan, o’lchash natijalari:
tabiatni muhofazalash;
sog’liqni saqlash;
mehnat xavfsizligini ta’minlash;
barcha turdagi transportning harakat xavfsizligini ta’minlash;
ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarning xavfsizligini ta’minlash;aloqa tizimlarini ta’minlash;
xo’jaliklararo o’zaro hisoblashlar;savdoning barcha turlari;
aholiga pulli xizmatlarning barcha turlari uchun qo’llaniladigan o’lchash vositalari.
O’lchash vositalarini qiyoslash davlat yoki mahkama qiyoslovchisi malakasi berilaganligi to’g’risida amaldagi guvohnomasi bor shaxslar tomonidan bajariladi.