42
Namuna.
“Oq oltin” guruhi” Paxta – oq oltin.
Paxta – yurtimiz boyligi. Bizning milliy g`ururimiz.
Bobo dehqon
bahor kelishi bilan dalaga chigit qadaydi. Kuzda esa u xirmon xirmon
paxta oladi. Shungacha qanchadan qancha kuchini, vaqtini sarflaydi. Paxta
– oq oltinimiz. Paxta tolasidan gazlamalar tayyorlanadi.
Chigitdan esa
yog‘ olamiz. Xalqimiz hayotini farovon qilish uchun uni yetishtiramiz.
O‘zbekiston paxtasi bilan dunyoga mashhur.
“Dala malikasi”guruhi:
Makkajo‘xori – dala malikasi.
Makkajo‘xori – chiroyli, yam yashil o‘simlik.
U insonlar,
parrandalar va hayvonlar uchun to‘yimli ozuqa. Makkajo‘xori donidan
ko‘p
shirin narsalar, masalan: biz bolalarning eng yaxshi ko‘radigan
narsalarimizdan biri bodroq tayyorlanadi. So‘talarini qizchalar qo‘g`irchoq
qilib o‘ynaydi, yana so‘tasini qaynatib istemol qilish ham mumkin.
Dalalarimizga chiroy bag`ishlagani uchun ham makkajo‘xorini dala
malikasi deyishadi.
“Kumush tola” guruhi:
Pilla – kumush tola
Bahor faslining aprel, may oylarida ipak qurti boqiladi.
Ipak qurti
faqat tut daraxtining barglari bilan oziqlanadi. Ma’lum vaqt o‘tgach ipak
qurtlari pilla o‘raydi. Pilladan kumush rangli tola olinadi. Undan
ayollarimizning, qizlarimizning sevimli matolar bo‘lgan atlas,
adras kabi
matolar to‘qliadi. Bu matolar bilan o‘zbek xalqi jahonga mashhur bo‘lgan.
“Oltin boshoq” guruhi:
Bug`doy – oltin boshoq.
43
Dalaga sepsangiz don
O‘sadi shox bug`doyjon
Bo‘ladi katta xirmon
Oltin boshoq – bug`doyjon
Bizga bo‘lar issiq non
Qushlargachi,
yemish don
Xosildan barcha xandon
Oltin boshoq – bug`doyjon
Bu o‘yin topshiriq o‘quvchilarda katta qiziqish uyg`otadi. Vaqt
belgilanganligi esa, ularni tez va chaqqon, har bir ishda chaqqon bo‘lishga
undaydi. Rasmlarga asoslanib matn yaratish o‘quvchilarning yozma
nutqini yanada rivojlantirishga zamin yaratadi. Topshiriqdan ko‘zlangan
maqsad o‘quvchilar ongida tasviriy vositalar bilan bog`liq bo‘lgan
ma’lumotlarni rasm asosida mustahkamlashdir.
O‘yin topshiriqda guruhlarning tuzgan
nasriy matn va sherlarining
ma`no mazmuniga qarab baholanadi va rag`batlantiriladi.
O‘qituvchi darsning bu qismiga yakun yasab matnlar va sherlarda
paxtani – oltinga, ipakni – kumushga, bug`doy boshog`ini ham –
oltinga
qiyoslash orqali tasviriy ifodalash vositalarining bir turi ekanligini
o‘quvchilarga tushuntirib o‘tishi lozim.
Dostları ilə paylaş: