2. Obyektiv - shaxsiy xususiyatlarning o‘qituvchi mehnatiga ta’siri
O‘qituvchi mehnatini ilmiy jihatdan chuqur tahlil qilib o‘rganish fan olamida yangi soha bo‘lmasa ham, biroq so‘nggi yillardagi global o‘zgarishlar, fan va texnikaning, informatsion axborot texnologiyalarining jadal sur’atda rivojlanishi bu sohaga ham har yili turli yangiliklarning olib kirilishini talab etmoqda. Bevosita o‘qituvchi mehnatini o‘rganuvchi fanlar, ya’ni pedagogika, psixologiya, pedagogik menejment, ijtimoiy pedagogika kabi fanlarning bu sohada o‘zaro manfaatlari doimo bir-birlarini to‘ldirib kelsada, olib borilayotgan ilmiy kuzatishlar natijasida shu narsa ma’lum bo‘ladiki, hali oldinda echimini kutayotgan muammolar yetarli. Hozirgi zamon ilmiy nazariy va metodologik tizimlariga tayangan holda ta’kidlash joizki, o‘qituvchi mehnatiga ta’sir qiluvchi hamda ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lgan muhim yo‘nalishlardan biri o‘qituvchining obyektiv-shaxsiy xususiyatlaridir.
O‘qituvchi mehnatiga ta’sir qiluvchi hamda ko‘plab holatlarda uning sifat va samaradorligini oshirilishini belgilovchi ushbu xususiyatlar quyidagi omillarni o‘zida mujassamlashtiradi:
3-chizma. O‘qituvchi mehnatining sifat va samaradorligini belgilovchi xususiyatlar.
Ta’kidlab o‘tilgan omillarning har biri o‘qituvchining kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi va ular o‘qituvchi mehnat faoliyatini tashkil etuvchi o‘zining bir-biri bilan o‘zaro aloqador ichki tizimlariga va o‘zaro ta’sirlarni shakllantiruvchi mustaqil tizimni tashkil etuvchi elementlariga ega.
O‘qituvchining pedagogik texnikasi – nafaqat ta’lim–tarbiya jarayonida, balki butun mehnati faoliyatida zarur bo‘lgan umumiy pedagogik bilim va malakalarining yig‘indisidir. Pedagogik texnikaning muhim jihatlari – pedagogik faoliyatda uning savodli va ifodali so‘zlay olishi, o‘z fikr-mulohazasini va bilimini tushunarli tilda ta’sirchan bayon qilishi, o‘z his-tuyg‘ularini jilovlay olishi, o‘zining shaxsiy xususiyatlariga xos mimik va pantomimik qobiliyatlarga ega bo‘lishi, aniq imo-ishora, ma’noli qarash, rag‘batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum, so‘zning cheksiz qudrati orqali o‘quvchilar ongiga va tafakkuriga ta’sir o‘tkazishi, hozirjavoblik, psixologik bilimlarga ega bo‘lishi kabi o‘qituvchining mahoratini belgilovchi qizg‘in mehnatida namoyon bo‘ladi.
O‘qituvchi mehatida pedagogik texnika qanday ko‘nikma va malakalardan iborat ekanligi, pedagogik texnika o‘qituvchining ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyaviy faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil qilishida, o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishida qanday ahamiyat kasb etishi doimo dunyo olimlarining diqqatini o‘ziga jalb etib kelmoqda.
O‘qituvchi mehnatida pedagogik texnika uning shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog‘liq bo‘lib, ayniqsa, o‘z–o‘zini boshqarish malakalarida ( refleksiya) namoyon bo‘ladi:
o‘z xatti-harakatlarini boshqarishi, (mimika, pantomimika);
o‘z hissiyotini va kayfiyatini jilovlay olishi va turli nojo‘ya
ta’sirlarga berilmasligi;
egaligi;
Pedagogik texnika o‘qituvchi mehnatida shaxs va jamoaga ta’sir ko‘rsatish malakalari bilan bog‘liq bo‘lgan ta’lim-tarbiya jarayonining texnologik tomonini ham qamrab oladi:
talablarning bajarilishini nazorat qilishi;
ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi;
saqlab boshqara olishi.
O‘qituvchi mehnatida aktyorlik san’atiga xos bo‘lgan xususiyatlar, ya’ni mimik va pantomimik qobiliyatlar muhim rol o‘ynaydi. O‘qituvchi yuksak pedagogik texnik tayyorgarlikka ega ekanligi, uning butun o‘quv yili davomida, har bir darsda yangi mavzuni o‘tilgan mavzular bilan bog‘lab, zamonaviy integratsion usullar asosida o‘quvchilar ongiga etkazishida, sinf jamoasida o‘ziga xos pedagogik va psixologik muhitni yarata olishida, har bir o‘quvchining shaxsiy psixologik xususiyatlarini e’tiborga olib mashaqqatli mehnati bilan ulkan mas’uliyatni his etib, uni yuqori saviyada bajarishida namoyon bo‘ladi.
Demak, pedagogik texnika o‘qituvchining mehnat faoliyatida shunday kasbiy va shaxsiy malakalar yig‘indisiki, u o‘qituvchining pedagogik faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishida, asablarining bir maromda harakatlanishi va saqlay olishida, ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish va boshqarishida yuksak natijalarga erishishi uchun asosiy yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |