Mavzu O‘qituvchining kasbiy pedagogik refleksiya asosida o‘z pe-fayllar.org
Pedagogik faoliyatda o‘qituvchining yosh xususiyatlari va mehnat staji. O‘qituvchining yoshi va ish staji – mehnatga ilmiy yondashish jarayonining turli bosqichlarini aks ettiruvchi, unda ijodiy energiyaning yuzaga kelishidan tortib yetilishigacha va so‘nishigacha bo‘lgan obyektiv–shaxsiy xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Sotsiologlar bu xususiyatlarni keksayishni hamda g‘ayrat va optimizmni yo‘qotishni tan olmaydigan pedagogik mehnatning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘lab o‘rganish zarurligiga e’tiborni qaratishadi. O‘qituvchining yosh ko‘rsatkichi – bu keksayish emas, balki yoshlik hislatlarini va shijoatini saqlab qoluvchi, har bir yangi avlod dunyoqarashiga ko‘nikma hosil qilib, o‘ziga singdira oladigan, ularni tushunadigan, hayotiy tajribalar asosida donishmandlik mohiyatini ko‘rsatuvchi holat ko‘rsatkichidir. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, yosh o‘qituvchilar ko‘p holatlarda 50 dan oshgan yoki nafaqa yoshidagi tajribali o‘qituvchilarga taqlid qilish uchun ularni o‘zlariga obyekt sifatida tanlashlari tasodifiy hol emas. Bu ularni pedagogik faoliyatda uchraydigan ko‘plab ziddiyatlardan oson chiqib ketishni ta’minlaydi.
Pedagogik faoliyatga ta’sir qiluvchi obyektiv–shaxsiy omillar guruhida yosh o‘qituvchining kasbiy turg‘unligi ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u o‘qituvchining kasb tanlashida o‘z tanlovining to‘g‘riligiga va asosliligiga ishongan holda uzoq vaqt davomida faoliyat ko‘rsatishidir deb talqin qilinadi. Mehnat jamoasini tadqiq qilishda kasbiy turg‘unlik kadrlarning aniq va bir maromda potensial oquvchanligiga asosan aniqlanadi. O‘qituvchi kadrlarning potensial oquvchanligida – ishini yoki o‘z kasbini o‘zgartirishni xohlovchi pedagoglarning miqdoriy va sifat darajasi tarkibi hisobga olinadi. Bunda ta’lim muassasasida, yoki biror lavozimda uzoq vaqt mehnat qilgan xodimlarning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichi hisobga olinadi.
Kasbiy turg‘unlikning ahamiyati o‘qituvchilarning mehnat faoliyatini aniq bir qolipga solib o‘rganishda muhim rol o‘ynar ekan, uning quyidagi jihatlariga e’tibor qilinishi lozim:
o‘qituvchida ish joyini yoki kasbini o‘zgartirish istagining mavjudligi va ifodalanganlik darajasi;
o‘qituvchining o‘z kasbini o‘zgartirishiga turtki bo‘lgan sabablar yoki shart–sharoitlar;
boshqa biror kasbni tanlab, unda ishlash istagi turtki bo‘lgan hodisalar yoki voqealar;