O’quv faoliyatini boshqarish. 1.O’quv faoliyatini rejalashtirish.
2.O’z-o’zini nazorat qilish.
3.Keng qo’lamdagi bilimlar, talimiy usullarni tizimlashtirish.
4.O’z faoliyatini o’zi boshqarish usullarini egallash va yangisini topish.
5.Shaxsiy qiziqishni idora qiluvchi usullarni egallash.
6.O’z diqqatini o’zi boshqarish usullarini egallash.
Psixologiya fanida talabaning faoliyati, xulqi va xatti-harakatini, insonning ijtimoiy tajribasini o’zlashtirish tomon yo’naltirish iborat bo’lgan faol jarayonni talim deb yo’uritish ham uchiraydi. Odatda talim faoliyati o’z ichiga quyidagi holatlarni kamrab oladi :
A) Ma’lum bir ideal va amaliy faoliyat turini muvaffaqiyatli tashkil qilish uschn tevarak-atrof to’g’risida muhim xususiyatlar va qonuniyatlarni o’zlashtirish.
B) Mavjud malumotlar va informatsiyalarni o’zlashtirib olishga yordam beradigan usul va operatsiyalarni egallash.
V) Ko’zlangan maqsad va muamo shartiga mos ravishda optimal uslub, ratsional yo’l-yo’rik va operatsialar tanlash hamda nazorat qilish uchun nazarda tutilgan informatsion materiallardan foydalanish usullari bilan talabalarni qurollantirish va hokazo.
Maktabning ta'lim berishdan iborat asosiy vazifasi - o’quvchilarning fan asoslarini faol, ongli mustahkam va tizimli ravishda egallashini ta'minlashdir.O’zlashtirish natijasida bilimlar ma'lum bir tizimni hosil qilishi amalda tadbiq etilishi mumkin. Haqiqiy o’zlashtirish – hamisha faol jarayon bo’lib bilishga oid xilma - xil vazifalarni xal qilish bilan bog’langandir.
O’zlashtirish, keng manoda olganda, o’quvchining uyushgan bilish faoliyatidir, bu faoliyat idrok, xotira, tafakkur, xayol kabi kator bilish protsesslarini o’z ichiga oladi.
O’qishga ijobiy munosabatda bo’lish o’quv materialini to’la - to’kis o’zlashtirishning mutlaqo zarur shartidir. Psixologlarni o’tkazgan tadqiqotlari bundan munosabatni tarkib toptirishga quyidagi omillar yordam berishini ko’rsatdi: o’quv materialining goyaviy - ilmiy jihatdan mazmunli bo’lishi, uning komunikativ kurulish amaliyoti bilan aloqadorligi bayon qilishning muamoli va emotsional xarakterda bo’lishi o’quvchilarining bilishiga oid izlanish faoliyatini uyushtirish, o’quvchilarni o’quv ishlarining ratsional usullari bilan qurollantirish.
O’quvchining o’qishga munosabati uning o’qishga diqqat qilishida, qiziqishida qiyinchiliklarni bartaraf qilish uchun iroda kuchini sarflashga tayyor ekanligida ifodalanadi.
O’quvchilarning diqqati - o’quv ishlari muvuffoqiyatli borishining zarur shartidir. Ta'lim jarayonida diqqat takomillashadi, ancha ixtiyoriy, ya'ni uyushgan, tartibga tushgan boshqariladigan bo’lib qoladi. Diqqatsizlikning oddiy sabablari –fanga nisbatan qiziqishning yo’qligi, materialni bayon qilishning quruq va noaniqligi o’quvchilarning charchaganligidir.
O’qishga oid qiziqishlar odatda, tanlovchanlik xususiyatiga ega bo’lib ular eng kichik yoshdagi o’quvchilardagina umuman o’qishga bulagan qiziqish shaklini olishi mumkin, o’qishga qiziqish o’quvchiga o’zi o’rganayotgan materialining ahamiyati qanchalik tushunarli ekanligiga, bu material o’quvchi qiziqishlarining o’qishdan tashqari sohasi bilan qanchalik aloqadorligiga, o’qituvchi materialni qanchalik aniq va tushunarli qilib bayon etishiga, o’qitish metodlarining qanchalik xilma xil ekanligiga bog’liqdir.