2. Tarbiya yordamida kishining tug'ma kamchiliklarini ham kerakli tomonga
o'zgartirish mumkin. Chunonchi, ba'zi bir bolalar ayrim kamchilik (kar, ko'r, soqov
va h.k) bilan tug'iladi. Lekin maxsus tashkil etilgan tarbiya yordamida,
ularning
aqliy qobiliyatlari taraqqiy qiladi, sogiom kishilar bilan barobar faoliyatda bo'lishi
mumkin.
Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'siri natijasida yuz bergan kamchilik
(bolalarning qarta, qimor o'ynashi, chekishi, ichishi
va narkotik moddalarga
o'rganishi kabi)larni ham tugatish mumkin.
Tarbiya - istiqboldagi maqsadni belgilaydi. Shu bois,
shaxs kamolotini
ta'minlashda ilg'or rol o'ynaydi. Tarbiyaning muvaffaqiyati ko'p jihatdan bola
shaxsining o'ziga
xos xususiyatlari, u yashayotgan muhitning ta'sirini hisobga
olishga bog'liqdir.
Shaxsning kamol topishida tarbiya muhim rol o'ynaydi.
Uning shakllanishi
faoliyatdan tashqarida bo'lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi
uchun asos boiadi. Pedagogik jihatdan to'g'ri uyushtirilgan har qanday faoliyat —
o'yin, mehnat, o'qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi.
Inson-ning kamol topish jarayonini faqat irsiyat, muhit va ta'lim-tarbiyaga bog'lab
o'rganish, talqin qilish ham haqiqatga unchalik to'g'ri kel-maydi. Chunki, ijtimoiy
taraqqiyotda shaxsning o'zi ham faol ishtirok etadi.
Tarbiyalash jarayoni. Tug'ilganda, hamma chaqaloqlar bir xil yigiaydi.
Ammo ular kat-ta bo'lganlarida, turli mavqega ega boiadi. Nima uchun? Bola o'z
onasidan tug'ilishi bilan uni tashqi muhit
asosida tarbiyalash boshlanadi, chunki,
odatda, u ichki muhit asosida ona qor-nida tarbiya oladi. Tarbiya insonning o'z
oilasi, jamoasi, jamiyatida muhim asos hisoblanadi, chunki hech kirn o'z onasidan
«yomon» boiib tug'ilmaydi.
Shaxsning shakllanishida unga berilayotgan ta'lim-tarbiyaning mazmuni,
metodlari va vositalari bolaning yosh xususiyatlariga rnuvofiq kelishi muhim
sanaladi. O'qituvchi o'quvchilarning ruhiy xususiyatJarini bilishi, ma'lum yoshdagi
o'quvchilarning diqqat, xotira, tafakkur layoqatlarini
inobatga olishi asosida
faoliyat
tashkil
etishi
lozim.
Dostları ilə paylaş: