Mavzu: O’quvchi shaxsi tarbiyaning obyekti va subyekti sifatida.
Reja:
1. Shaxs tushunchasi. Shaxs rivojlanishi.
2. Shaxsni shakllantirishga ta‘sir etuvchi omillar.
3. Shaxsni rivojining yosh davrlari.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Pedagogika. X. Ibragimov, Sh. Abdullaeva. –Toshkent, 2007.
2. Pedagogika nazariyasi va tarixi. R. Mavlonova va boshqalar. – Toshkent,
fan va texnologiya. 2010.
3. Pedagogika. Toxtaxodjaeva M. X. va boshqalar. – Toshkent, O‗zbekiston
faylasuflari milliy jamiyati, 2010.
4. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. B. X. Xodjaev. -Toshkent,
―Sanostandart‖ nashriyoti, 2017.
5. Djuraev R. X. va boshq. Pedagogik atamalar lug‗ati. –Toshkent, Fan,
2008.
6. TEACHING AND LEARNING Pedagogy, Curriculum and Culture by
Alex Moore 2012. Internet saytlari: 1. www. ziyonet. uz 2. www. pedagog. uz 3.
www. tdpu. Uz.
1
. Shaxs kamolotining omili nimalar hisoblanadi?
SHaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, konkret kishi, ya‘ni, muayyan
jamiyatning a‘zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik
jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va
sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak.
―Individ‖ nima? Bola ma‘lum yoshga qadar ―individ‖ sanaladi. Individ
lotincha ―individium‖ so‘zidan olingan bo‘lib, «bo‘linmas», «alohida shaxs»,
«yagona» ma‘nolarini anglatadi.
Individuallik esa tarbiya jarayonini amalga oshirishda bolaning shaxsiy
xususiyatlari va yashash sharoitlarini chuqur bilish hamda hisobga olishdan iborat.
Individual yondashuv o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo‘lgan
qiziqish hamda iste‘dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega.
Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki
natijasida shakllana boradi.
SHaxs – muayyan jamiyatning a‘zosi bo‘lib, u psixologik jihatdan taraqqiy
etgan, o‘z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida ham shaxs – kadrlar tayyorlash
tizimining bosh sub‘ekti va ob‘ekti, ta‘lim sohasidagi xizmatlarining iste‘molchisi
va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta‘riflanadi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual va
ma‘naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs
sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning
amalga oshirilishi har bir fuharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish,
intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat
qilish huquqni kafolatlaydi.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit
sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta‘sirida odam inson sifatida
rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Rivojlanishning o‘zi nima?
Rivojlanish oddiyda murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi
holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi,
miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ta‘minlovchi murakkab harakat
jarayoni sanaladi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o‘rtasidagi
kurashdan iboratdir.
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy
ta‘limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak,
uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga
ega. SHuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta‘sir etadi, ularni bir-
biridan ajratib bo‘lmaydi.
CHunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi
bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta‘sir etadi.
Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik
jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq
bo‘lsa, u jamiyat a‘zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar
tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. CHunki rivojlanish tarbiya ta‘siri ostida
boradi.
SHaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli
munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga
ta‘sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.
Tarbiya bolaga samarali ta‘sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish
qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. SHunday qilib,
rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.
SHaxs tarbiyasiga ta‘sir etuvchi omillar. Fanda odamning shaxs sifatida
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta‘siri o‘rtasidagi munosabatni
belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon davom etmoqda.
Insonning shaxs sifatida rivojlanishiga ijtimoiy voqealar, tabiiy omillar yoki
tarbiya ta‘sir etadimi? Bu uch omilning o‘zaro munosabati qanday?
Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o‘rinlardan
birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori
qo‘yadi. Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o‘rnini
belgilab bergan, deydilar.
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa
shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va
tarbiyaning rolini inkor etadi.
Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – bixeviorizm XX asr boshlarida
yuzaga kelgan bo‘lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga
o‘tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta‘limot vakili amerikalik olim
E.Torndaykdir.
Progmatizm oqimi va uning vakillari D.D‘yul, A.Kombe ham shaxs
rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni fahat
miqdoriy o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni
inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga
bog‘laydilar.
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil
omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik
rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog‘liq deb ko‘rsatadilar.
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta‘sir
tushuniladi. SHu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy
sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak,
odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo‘lib
kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit),
shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga
ega. Bu omillarning ta‘sirini aniqlashda ilg‘or pedagogik olimlar, psixolog va
faylasuflar ta‘limotiga suyaniladi.
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi
murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma‘naviy boyligi uning
munosabatlariga bog‘liq, deb hisoblaydilar.
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga
yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o‘z navbatida inson
faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma‘lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat
shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi
mumkin.
Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo‘lagi deb baholaydilar. Bu insondagi
layoqat kurtaklari bo‘lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g‘oyani
ifodalaydi.
Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Demak, shaxs bilan jamiyat o‘rtasida ham uzviy aloqa mavjud.
SHunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson
o‘rtasidagi murakkab aloqa ta‘siri ostida ro‘y beradi, inson ularga faol ta‘sir etadi
va
shu
yo‘l
bilan
hayoti
va
o‘z
tabiatini
o‘zgartiradi.
Dostları ilə paylaş: |