Mavzu: O’quvchi shaxsi tarbiyaning obyekti va subyekti sifatida. Reja


 Shaxs kamolotining asosiy omillariga nimalar kiradi?



Yüklə 318,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix19.12.2023
ölçüsü318,61 Kb.
#186502
1   2   3   4
3-Seminar Nazariy

3. Shaxs kamolotining asosiy omillariga nimalar kiradi?
Dunyoga kelgan go'dak ma'lum yoshga qadar individ hisobla-nadi. 
«Individ» lotincha «individium» so'zidan kelib chiqqan bo‘lib, «bo'linmas», 
«alohida», «yagona» ma'nolarini anglatadi. Individ bio-logik turga kiruvchi alohida 
tirik mavjudotdir. Shaxsning shakllanishidaharakato'zigaxos omil sanaladi. Go'dak 
(chaqaloq) ham turli harakatlarni bajaradi. Biroq, bu harakatlar keyin-chalik 
reflekslar boiib, ongli ravishda emas, balki shartsiz va shartli qo'zg'atuvchilarga 
javob tarzida yuz beradi. Go'dakda nutqning hosil bo'lishi, shuningdek, lining 
tomonidan tashkil etilayotgan harakatlar ongli ravishda sodir bo'la boshlashi va 
albatta, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtirokining ro'y berishi shaxs 
shakllanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Shaxs deganda, muayyan 
jamiyatning a'zosi tushuniladi. Odam (inson individi) shaxsga aylanmog'i uchun 
ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o'z xususiyati va sifatlari bilan farq qilishi lozim. 
Ruhiy jarayonlar va bola ruhiyatidagi o‘zgarishlar, chunonchi, diqqat va 
xotira darajasi, tafakkur xususiyatlari, so'z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik 


darajasi va boshqa ruhiy rivojlanishga taalluqlidir. Shaxs rivojlanishida, u yoki bu 
faoliyat turlari (o‘yin, o‘qish, mehnat va boshqalar)ning turli yoshdagi faoliyat 
mazmuni (maq-sadga yo'naltirilganlik, harakatning ongli, rejali bo'lishi, ularning 
samaradorligi va h.k) 
Shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim 
sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshi-ruvchisi. Demak, 
shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo'lib, ongli faoliyat bilan shug'ullanuvchi 
ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatda o'z o'rni bor. Shaxsning rivojlanishi esa 
barcha tug'ma va hosil qilin-gan xususiyatlar: organizmning anatomik tuzilishi, 
faoliyat va xatti-harakatlarning miqdoriy va sifat o'zgarishi jarayonidir. 
Irsiyat - bu ota qoni yoki ajdodlariga xos bo'lgan biologik xusu-siyat va 
o'xshashliklarning nasl (bola)ga o'tish jarayoni. Nasldan naslga o'tadigan 
xususiyatlarga quyidagilar kiradi: anatomik-fiziologik tuzilish (misol uchun yuz 
tuzilishi), organlar holati, qaddi-qomat, asab tuzilishi xususiyatlari, teri, soch 
hamda ko'zlarning rangi. Shuningdek, nutq, tafakkur, ixtiyoriy harakat va amailar, 
vertikal holatda yurish, mehnat, ijod qilish qobiliyati va boshqa iste'dod alomatlari 
ham nasldan naslga o'tadi. Iste'dod alomatlari umumiy xususiyat kasb etadi, 
muayyan mehnat va ijod turiga yo'naltirilgan ernas. Iste'dod alomatlari muayyan 
faoliyatga moyilligini aks ettirdi, xolos. Layoqat go'yo «mudroq» holatda bo'lib, 
uning «uyg'onishi» — rivojlanishi uchun qulay muhit yaratishini talab qiladi. 
Shaxs muayyan ijtimoiy jamiyat mahsulidir. Bu jamiyatning ma'naviy qiyofasi
unda tashkil etilayotgan munosabatlar mazmuni hamda darajasiga bog'liq. 
Muhit - bu shaxsning shakllanishiga ta'sir etuvchi tashqi voqea-hodisalar 
majmuyi. «Muhit» tushunchasi o'ziga geografik-hududiy, ijtimoiy va mikromuhit 
(oila) xususiyatlarini ifoda etadi. Mikromuhit o'zida qisman ijtimoiy muhit 
qiyofasini aks ettiradi. Ayni chog'da nisbatan mustaqillikka ega. Mikromuhit, bu 
ijtimoiy muhitning bir qismi bo'lib, oila, maktab, do'stlar, tengqurlar, kishilar va 
shu kabilarni o'z ichiga oladi 
Oila muhiti - mikromuhit ham o'ziga xos muhim tarbiyaviy ta'sirga ega. Shu 
bois mustaqillikka erishilgandan so'ng, o'tgan davr mobaynida oila muhitining 
shaxs kamolotida tutgan o'rni va ahamiyati masalalari chuqur tahlil etilmoqda. Shu 
maqsadda tashkil etilgan «Oila» ilmiy markazi oilaning bu boradagi 
imkoniyatlarini ochib berish borasida samarali faoliyat olib bormoqda. Mavjud 
ijtimoiy muhit insonning o'sib borayotgan ongiga ta'sir etadi. Ijtimoiy tuzim 
darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, uning shaxsga nisbatan ongli ta'siri ham 
shunchalik 
yuqori 
boiadi. 
4. Tashqi qiyofa, qon aylanishi, oliy nеrv faoliyati qaysi omil ta'sirida shakllanadi? 
Oliy nerv faoliyati - hayvon va odam markaziy nerv sistemasi oliy bulimlari 
(bosh miya yarim sharlari pusti va pust osti markazlari)ning faoliyati; butun 
organizmning tashki muhit bilan normal munosabatda bulib turishini taʼminlaydi. 
Oliy nerv faoliyatif. terminini fanga I. P. Pavlov kiritgan. U Oliy nerv faoliyatif. ni 
"psixik faoliyat" bilan bir maʼnodagi tushuncha deb hisoblagan. Pavlov 
aytganidek, psixik faoliyatning hamma shakllari, jumladan, odam tafakkuri va ongi 
Oliy nerv faoliyatif. elementlaridandir. Oliy nerv faoliyatif. toʻgʻrisidagi taʼlimotni 
yaratuvchilardan biri — Pavlovning oʻtmishdoshi I. M. Sechenov boʻlgan. U 


"Bosh miya reflekslari" degan asarida (1863) psixik faoliyatning reflektor tabia-ti 
toʻgʻrisidagi gʻoyani rivojlantirgan. Yuqori darajada tashkil toptan hay-vonlar Oliy 
nerv faoliyatif. asosida markaziy nerv sistemasining yuqori qismlari (yuqori 
darajada tuzilgan umurtqali hayvonlarda va odamda — bosh miya katta yarim 
sharlarining poʻstlogʻi)da hosil boʻladigan shartli reflekslar hamda murakkab 
shartsiz reflekslar (instinktlar, emotsiyalar), yaʼni, asosan, poʻstloq osti nerv 
qosilalari tomonidan amalga oshiriladigan bosh miya faoliyatining shakllari yotadi. 
Shartsiz reflekslarning Oliy nerv faoliyatif.dagi roli shundaki, mazkur reflekslar 
asosida hamma shartli reflekslar hosil boʻlibgina qolmay, balki shartli va shartsiz 
reflekslarning Oliy nerv faoliyatif.dagi ahami-yati hayvonot olamining tarixiy ri-
vojlanish jarayonida oʻzgaradi. Pavlov fikricha, hatto yuqori darajada rivojlangan 
hayvonlar (mas, it, maymun)ning Oliy nerv faoliyatif., asosan, hayvonlar bilan 
odamda umumiy boʻlgan birinchi signal sistemasining xilma-xil va turli-tuman 
shartli reflekslar yigindisidan iborat. Nutqning asta-sekin rivojlanishiga 
qaramasdan birinchi signal sis-temasinmng shartli reflekslari bolalar hayotining 
dastlabki yillarida Oliy nerv faoliyatif. ning asosiy fondini tashkil qiladi; keyingi 
oʻsish davrlarida esa odamning Oliy nerv faoliyatif. maʼlum oʻrinni egallaydi. 
Lekin odamda mehnat faoliyatining ijtimoiy shakllari rivojlanishi munosabati bilan 
ikkinchi signallar paydo boʻldi va rivojlandi. Pavlov Oliy nerv faoliyatif. ning 
quyidagi asosiy qoidalarini ishlab chiqqan: 1) shartli reflekslar yoki nerv 
tutashishlarining hosil boʻlishi; 2) shartli refleks kuchining qoʻzgʻalish kuchiga 
bogʻliqligi; 3) shartli qoʻzgʻatgichlarning yigʻindisi; 4) shartli reflekslar 
mustahkam boʻlmaganligi uchun, shartli qoʻzgʻatuvchining keskin kuchayishi yoki 
yangi qoʻzgʻatuvchining taʼsiri tufayli tormozlanishning oʻsishi; 5) nerv ja-
rayonlarining bosh miya poʻstlogʻida tar-qalishi va konsentratsiyalanishi na-
tijasida uning ayrim qismlari oʻrta-sida aloqaning vujudga kelishi hamda shartli 
reflekslarning umumlashishi va ixtisoslashishi; 6) qoʻzgʻalish va tormozlanishning 
poʻstloq manbalari oʻrtasidagi qarama-qarshi oʻzaro muno-sabatni taʼminlaydigan 
nerv jarayonlarining bir-biri bilan bogʻliq induk-siyasi. 
Oliy nerv faoliyatif. da markaziy hodisa shartli reflekslar boʻlib, ular jahon 
neyrofiziologiyasi va eksperimental psixologiyadagi muqim tadqiqot obʼyekti 
hisoblanadi. Pavlov va uning xodimlari belgilagan Oliy nerv faoliyatif.ning asosiy 
faktlari va izchilligining toʻgʻri ekanligi olimlarning koʻpgina ishlarida 
isbotlangan. Xususan, fiziolog P. K. Anoxin funksional sistema nazari-yasini 
ishlab chiqib, bu nazariyani funksiyalar evolyusiyasiga tatbiq etdi, natijada 
evolyusion jarayonning umumiy qonuniyati boʻlgan sistemogenez tushunchasini 
yaratdi. 

Yüklə 318,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin