Mavzu: O'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish va o’tkazish. Mundarija: Kirish



Yüklə 81 Kb.
səhifə8/11
tarix13.05.2023
ölçüsü81 Kb.
#112695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ta\'lim menejmenti

Shuning uchun mustaqil ishni rejalashtirganda auditoryada o’tkazgan vaqtini hisobga olishi kerak. Agar, auditoriyada dars soatlari 6 soat bo’ladigan bo’lsa, mustaqil ishlash 3 soat, auditoriyada dars undan kam bo’lsa 3 soatdan ko’proq, agarda ko'p bo'lsa, kamroq tarzda rejalashtirish kerak.

Oliy o’quv yurtlarida haftalik mustaqil ish bajarish vaqti 22—24 soat atrofida bo’ladi.

Albatta, bu vaqt talabani normal tarzda diqqat-e'tibor, g’ayrat qilib ishlashini mo’ljallagan holda belgilanadi. Lekin, real hayotda sobir talaba o’zini zo’rlab dars tayyorlasa, ikkinchisi qiziqib, predmetni o’rganishga ilhom bilan kirishib ketadi. Uchin-chisi esa, umuman dars tayyorlagisi kelmaydi. Bunga qator obyektiv va subyektiv sabablarni keltirish mumkin.

3. Mustaqil ishni tashkil qilishda ish tartibini belgilash katta ahamiyatga ega ekanligi. Mustaqil ishlarni bajarish uchun vaqtni semestr davomida kunlar bo’yicha taqsimlash, uni ratsional tashkil qilishning muhim prinsipi, qoidasi hisoblanadi. Goh umuman dars tayyorlamay, goh haddan tashqari shoshib, shiddat bilan, ayniqsa, semestr yakuniga, oraliq nazorat yakuniga yaqin qolganda, bajarmagan ishlarni tezda bajarishga harakat qilish ijobiy natija berishi qiyin. Bu talabaning mehnati samaradorligini, qilgan ishidan qoniqish hissini pasaytiradi. Odatda, talabaning kun tartibini dars jadvali belgilaydi. Lekin, ko’p narsa talabaning o’ziga ham bog’liq. Masalan doklad, referat, nazorat ishi, seminar darsiga tayyorlanishga har haftada ma'lum vaqt ajratilib, muntazam ravishda olib borilmasa, kutilgan natija bermaydi.

Mustaqil ishlash quyidagi guruhlarga bo’linadi:


  • Dars o’tilgandan so’ng bajariladigan ishlar, uy vazifalarinibajarishda darslik, o’quv qo’llanmalari bilan ishlash, konspekt tayyorlash.

  • Tipik topshiriqlarni yechish. Bunda talaba avvalgi bilimlarini xotirasida qayta tiklaydi va qisman qayta o’zgartirib, aniq topshiriqlarda qo’llaydi. Masalan: masala, mashq yechish;

  • O’rganilgan bilimlarni tipik bo’lmagan sharoitda qo’llash. Talaba o’rgangan bilimlaridan yangi sharoitda foydalanadi. Sharoitlarda ma'lum umumiylik bo’lishi mumkin.

  • Ijodiy faoliyatga asos yaratish. Bunda talaba o’rganilayotgansohaning mohiyatiga tushunadi, uning yangi munosabat, bog’lanishlarini aniqlaydi, g’oyalar va tushunchalarni yangi sharoitga bog’laydi.

Yüklə 81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin