Mustaqil fikrlash insonning o’z oldida turgan muammolarni maqsad va vazifalarini vazifalarini belgilagan belgilagan holda o’z bilimi va hayotiy tajribalariga tayanib, turli yo’l, usul, vositalar yordamida, o’zining intellektual imkoniyatlari darajasida mustaqil ravishda hal qilishdan iborat bo’lgan aqliy faoliyatidir
Mustaqil talimda qollaniladigan eng muhim metodlardan biri kitob ustida ishlashdir. Bu metodning afzalligi shundaki, u kitobxonga oquv axborotini uning oziga xos sur'atda va qulay vaqtda olishini ta'minlaydi. Oquv adabiyotlari bilan ishlash metodlariga xos funksiyalarni barchasini bajaradi.
Kitob ustida mustaqil ishlashning maqsadi uning tarkibi bilan tanishib chiqish, tezda qarab chiqish, alohida boblarni yoki paragraflarni sinchiklab oqish, berilgan materialni organish, alohida bob yoki butun kitobga referat yozish, ayrim qoidalarni yodlash va boshqa usullar tarzida bolishi mumkin. Shuning uchun bu metodning qoyilgan maqsaddan kelib chiqib, turli modifikatsiyalarda qollash mumkin.
Bir guruh metodistlar (Beck va boshqalar, 1993) tadqiqot o’tkazib, buning ikki asosiy sababini aniqlashdi:
Birinchidan, darsliklar, kopincha noaniq, mujmal yozilgan boladi, hech bolmaganda matnni tushunish uchun zarur bolgan barcha axborotni kamdan-kam holatda qamrab oladi.
Ikkinchidan, kitobxon noaniq yozilgan matnga, tushunmagan sozga duch kelgach, tipik holatda ozini passiv tutadi, ya'ni eng osoni kitobni yopib qoya qoladi.
Uchinchidan, oquvchi, talabalar kopincha bir adabiyotdan zarur axborotni barchasini olishni kozlashadi.
Shuning uchun amerikalik pedagoglar tomonidan oquvchi, talabalarni kitob ustida ishlashlarini faollashtirish maqsadida «muallifdan sorang» metodi ishlab chiqilgan. Bu metodni qollab darsni boshlashdan oldin oqituvchi buyuk faylasuflardan Suqrotning yozma nutq haqidagi shikoyatini boshqacha tarzda ifodalab, yozilgan matn doimo tushunarli bolavermaydi. Uni tushunmagani uchun oquvchi aybli emas. Odatda, gapirayotgan kishining nutqida tushunilmagan gapni, sozni sozlovchiga savol berib, uni kengroq tushuntirib berishini soraymiz. Yozma matn, ya'ni kitob ma'nosi tushunarli bolmasa, uni tushuntirib berishlarini sorash mumkin emas. Faqat bunda uni kursdoshlari tushuntirib berishi yoki ozi harakat qilishi mumkin, deya tushuntiradi.
Dostları ilə paylaş: |