Bu metodni qollashda oqituvchi avvaldan qaysi mavzu yoki savolni shu metod yordamida organishni aniqlaydi. Organilgan mavzu boyicha savollar va ularning javoblarini, oqiladigan maqola, darslikdagi paragraf yoki ma'ruza matni, yangi mavzu boyicha bilish lozim bolgan savollar va ularga javoblarni tayyorlaydi.
Talabalarning nimalarni bilishi, yangi mavzu boyicha nimani bilishi zarurligi va dars davomida nimalarni talabalar bilganini korsatishi uchun jadval chiziladi.
Talabaning mustaqil ishidan maqsad oqituvchining rahbarligi va nazorati asosida muayyan oquv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bolgan bilim va konikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir.
Talabaning mustaqil ishi vazifalari quyidagilardan iborat boladi:
yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta ozlashtirish konikmalariga ega bolish;
kerakli ma'lumotlarni izlab topish, ularning qulay usullari va vositalarini aniqlash;
natijalarni muhokamaga tayyorlash va korsatilgan kamchiliklarni qayta ishlash;
ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki goyani asoslash, mutaxssislar jamoasida himoya qilish va boshqalar.
Talabalarning mustaqil ishini tashkil qilish shakllari turlicha bolib, ularni bir qismi oquv rejasida kozda tutilgan. Uni har bir talaba bajarishi shart. Ikkinchi qismi ixtiyoriy, ya'ni talabalar oz xohishi bilan mustaqil bajarishlari mumkin.
Mustaqil ishlarini tashkil etish oziga xos jihatlari bilan ajralib turadi: