Mavzu: Organizmga dori moddalarini yuborish usullari


Dori moddalarini venaga yuborish



Yüklə 22,49 Kb.
səhifə7/7
tarix27.01.2023
ölçüsü22,49 Kb.
#81322
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Organizmga dori moddalarini yuborish usullari (1)

.Dori moddalarini venaga yuborish
Dori moddalarini bu usulda yuborishda dori moddasi bevosita qonga
tushadi va qisqa vaqt ichida samarali ta'sir ko'rsatadi. Venaga dori quyish
venepunksiya va veneseksiya yo'li bilan amalga oshiriladi.o
Venepunksiya.
Kamroq miqdordagi dorilarni venaga
shifokor yoki tajribali tibbiyot ham-
shirasi yuboradi. Buning uchun sigʻimi 10-20 ml li ignasi o'tkir shpris,
rezina jgut, spirt va yassi yostiqcha
bo'lishi kerak. Muolajadan oldin
shpris va ignalar yaxshilab sterilla-
nadi. Hamshira qo'lini sovunlab iliq
suvda yuvadi, spirt bilan artadi, tir-


Venepunksiya.

noq atroflari yod nastoykasi bilan


artiladi. Qonga kasallik qoʻzg'atuvchi
mikroblami tushirmaslik uchun aseptikaning hamma qoidalariga qat'iy
amal qilish, muolajalarni steril qo'lqoplarda amalga oshirish kerak.
Venaga dorilar yuborish uchun steril tiniq eritmalar qo'llanadi. Bu
usulda yuborilgan dorilarni taqsimlash teri osti inyeksiyasi dozirovkasidan
farq qiladi, kuchli ta'sir etadigan dorilar hamisha asta-sekin yuboriladi.
Tibbiyot hamshirasi yuboriladigan eritmani shprisga olishdan avval,
yanglishmaslik maqsadida kerakli eritma olinganini, tayyorlanish kunini
va dozasini tekshirib ko'rishi shart. Bunday tekshiruv albatta o'tkazilishi
zarur, chunki tibbiyot xodimlarining beparvoligi oqibatida venaga zaharli
moddalar, nosteril yoki konsentrlangan eritmalar yuborilishi natijasida
o'lim sodir bo'lishi mumkin.
Eritmani shprisga bevosita ampuladan katta diametrdagi igna orqali
olinadi. Shprisda paydo bo'lgan havo pufakchalarining hammasi chiqanb
yuborilishi zarur. Buning uchun shpris ignasini vertikal yuqoriga qilib,
porshenni tortish yo'li bilan mayda pufakchalar birmuncha yiriklariga
aylantiriladi va ularni igna orqali chiqarib yuboriladi. Venaga dori quyishda
qonga hatto oz miqdorda bo'lsa-da havo ketishidan ehtiyot bo'lish kerak,
chunki bu havo emboliyasini paydo qilishi mumkin.
Venaga dori odatda tirsak bo-
g'imi venasidan yuboriladi. Tomir
yaxshi ko'rinishi uchun tirsak bo-
g‘imidan bir qarich yuqoriroqdan
rezina jgut bilan venalar bo'rtib chi-
qadigan qilib bog'lanadi: bunda ar-
teriyalarning bosilmasligi muhimdir,
buni bilak arteriyasida puls borligi
bo'yicha aniqlanadi. Jgut oson yechi-
ladigan qilib bog'lanadi Jugut bogʻ'lash
Venoz dimlanishni kuchaytirish
uchun bemordan mushtini bir necha marta siqib-ochish yoki jgut qo‘yishdan
oldin, qo'lini pastga tushirish so'raladi.
Muolaja bemor o'tirgan yoki yotgan holatda bajariladi. Uning qoʻli
stolda yoki karavotda tirsak boʻgʻimi maksimal yozilgan holatda bo'ladi.
buning uchun qo'l tagiga yassi yostiq qo'yiladi.
Venadan tekshirishga qon olish uchun uni oddiy igna yoki katta
diametrdagi Dyufo ignasi bilan teshiladi.
Venaga katta miqdordagi suyuqliklarni tomchilab yuborish. Tomchi-
lab yuborish usuli organizmning kasallikka qarshiligini tezda oshirish yoki
unda yig'ilib qolgan zaharlarni chiqarib tashlash zarur bo'lganda katta
miqdordagi suyuqliklarni (kuniga bir necha litrgacha) kiritish talab etilganda
qoʻllaniladi. Kiritiladigan suyuqliklarning tarkibi qonning osmotik bosimini
oʻzgartirmaydigan, tarkibida kuchli ta'sir qiladigan vositalar boʻlmagan,
qunt bilan sterilizatsiya qilingan va 40°C gacha isitilgan bo'lishi kerak.
Venaga dorilar quyish uchun zarur asboblar: shisha idish va tomchilab
dori quyish uchun sistema, qon toʻxtatuvchi 1-2 qisqich, vintli qisqich,
venalarni punksiya qilish uchun turli kalibrdagi 3-4 ta ignalar, tomizg'ichdan
pastga, sistemaga havo kirishini o'z vaqtida payqash va havo emboliyasiga
yo'l qo'ymaslik uchun tekshirish oynasi kiritilishi shart. Rezina naychalami
shisha ismlarioa zich qilib kirish lozim.
Venaga katta miqdordagi suyuqliklarni tomchilab yuborish. Tomchi-
lab yuborish usuli organizmning kasallikka qarshiligini tezda oshirish yoki
unda yig'ilib qolgan zaharlarni chiqarib tashlash zarur bo'lganda katta
miqdordagi suyuqliklarni (kuniga bir necha litrgacha) kiritish talab etilganda
qoʻllaniladi. Kiritiladigan suyuqliklarning tarkibi qonning osmotik bosimini
,
qunt bilan sterilizatsiya qilingan va 40°C gacha isitilgan bo'lishi kerak.
Venaga dorilar quyish uchun zarur asboblar: shisha idish va tomchilab
dori quyish uchun sistema, qon toʻxtatuvchi 1-2 qisqich, vintli qisqich,
venalarni punksiya qilish uchun turli kalibrdagi 3-4 ta ignalar, tomizg'ichdan
pastga, sistemaga havo kirishini oʻz vaqtida payqash va havo emboliyasiga
yo'l qo'ymaslik uchun tekshirish oynasi kiritilishi shart. Rezina naychalami
shisha qismlariga zich qilib kiygizish lozim.
Sistema (ampula yoki flakon, tomizg‘ich, rezina naychalar) hech
qayerdan suyuqlik chiqarmasligi yoki havo tortmasligi, ya'ni germetik
bo'lishi kerak.
Dori quyish sistemalari odatda oldindan tayyorlab qo'yiladi va yigʻilgan
holda, har bir sistemani alohida choyshabga o'rab, avtoklavda sterilianadi.
Sistema sterillangandan so'ng 1-2 kungacha yaroqli boʻladi.
Bir marta foydalaniladigan sistemalar qon, qon oʻrnini bosuvchi
suyuqliklar, gipertonik va dori eritmalarini quyish uchun tobora keng
qoʻllanilmoqda. Sistemalar toksinsiz plastmassadan tayyorlanadi, tayyorlab
chiqargan zavod tomonidan sterillanadi va seriyasi hamda sterillangan
kuni ko'rsatilgan steril oʻramda chiqariladi. Bu sistemalar rezina qopqogʻ
bilan berkitilgan flakonlardan bir marta dori quyish uchun mo'ljallangan.
Sistema havoni flakonga tushirish uchun ignasi bo'lgan kalta naycha va
tomizg'ichli uzun naychadan iborat. Kalta naychaning bir uchida igna,
ikkinchi uchida changni tutib qolish filtri bor. Uzun naychaning bir uchida
flakonning rezina qopqog'ni teshish uchun igna, ikkinchisida - venaga
kiritiladigan ignaga boradigan kanyulya bo'ladi. Ignalar maxsus
qalpoqchalarda saqlanadi.
Sistemani qo'llashdan avval o'ram paketining zichligi va qalpoqchadagi
ignalarning bus-butunligi tekshiriladi. Sistema oʻram paketi yirtib ochiladi
va uni qalpoqchalari va ignalarini bo'shatmay turib chiqariladi. Flakon
ichidagi modda aralashtirilgandan so'ng qopqog'ini spirt yoki yod bilan
artiladi va ignani imkon boricha qopqoq ichkarisiga kiritiladi. Ignaning
tarmoq naychasini flakon devoriga parallel holda mahkamlanadi.
Tomizg'ichga yaqin igna ozod qilingandan so'ng uni ham qopqoq orqali
flakonga kiritiladi, bunda sistemani tomizg`ichdan yuqori paketdagi
plastinkasimon qisqich bilan berkitiladi. Flakonning tubi yuqoriga koʻtariladi,
shtativga oʻrnatiladi va odatdagicha sistema toʻldiriladi. Tomizgʻichni kapron
filtri yuqorida, tomizg‘ich va naychasi esa pastda turadigan qilib yuqoriga
ko'tarib filtrdan va tomizg'ichdan havoni siqib chiqariladi. Yuboriladigan
ertma bilan tomizg'ich yarmigacha to'ldiriladi, soʻngra u pastga tushiriladi
va eritma ignadan oqim boʻlib tushgunga
qadar qalpoqchani olib, naychaning
quyi boʻlimidan siqib chiqariladi. Naychaga igna oldidan qisqich qoʻyiladi
Punksiya qilishdan oldin teriga spirt surtiladi yoki uni efir moyi bilan
yog'sizlantiriladi. venani punksiya qilish to'g'ri bajarilgan bo'lsa (qonning
igna orqali oʻtishi), sistema igna bilan tutashtiriladi va venaga eritma
yuboriladi. Suyuqlikning teri ostiga tushmayotganligi bir daqiqa mobaynida
kuzatib boriladi (bu holda oz-moz shish paydo bo'lishi mumkin), so'ngra
ignani vena yo'li bo'ylab yopishqoq plastir bilan mahkamlanadi, punksiya
sohasiga esa steril salfetka yopib qo'yiladi. Eritma yuborish vaqtida sistemani
doimo kuzatib borish lozim.
Eritmani oqim bilan ham yuborish mumkin. Oqim bilan yuborish
(ko'pi bilan 500 ml suyuqlik) aylanib yuradigan suyuqlik hajmini tez
toʻldirish zarur bo'lib qolganda (operatsiya vaqtida koʻp qon yoʻqotish,
shok yoki kollapsda) qo'llanadi.


Yüklə 22,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin