Mavzu: Organizmga dori moddalarini yuborish usullari



Yüklə 22,49 Kb.
səhifə4/7
tarix27.01.2023
ölçüsü22,49 Kb.
#81322
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Organizmga dori moddalarini yuborish usullari (1)

Birinchi usul. Shpris silindri
birinchi, ikkinchi va uchinchi
barmoqlar orasida siqib turila-
di, to'rtinchi va beshinchi bar-
moqlar bilan porshenni ushlab
turiladi. Ignani yelka sathiga 30°
burchak ostida teri burmasining
asosiga pastdan yuqoriga (bemor
tik turadi) sanchiladi 198-rasm,
a). Terini teshishda igna teshigi
hamisha yuqoriga qaragan bo-
lishi kerak. Teri ostiga, mushak-
larga va venalarga inyeksiya
qilishda ignani bor bo'yicha
emas, balki taxminan 2/3 qismi
kiritiladi, chunki igna muftasi
bilan birikkan joyidangina sini-
shi mumkin. Teri teshilgach,
shpris chap qoʻlga olinadi. o'ng
qo'lning ikkinchi va uchinchi
barmoqlari bilan silindr gardishi
qisib turiladi, birinchi barmogi
paxta sharchani chap qo'l bilan qo'yib, igna tortib olinadi. Chap
qo'ldagi paxta sharcha bilan esa dori yuborilgan joyni yengi uqalanadi,
shunday qilinsa u teri osti yog' hujayrasida yaxshi tarqaladi va qaytib chiq-
maydi. Terining teshilgan joyida yodning spirtli eritmasi shimdirilgan paxta
sharchasini uzoq ushlab turmaslik kerak, chunki yod terini kuydirishi mumkin.
Ikkinchi usul. To'ldirilgan shprisni ikkinchi va uchinchi, to'rtinchi
barmoqlar bilan vertikal holda ignasini pastga qaratib ushlab turiladi. Ignani tezlik bilan sanchib ikkinchi barmoq bilan porshen dastasi
bosiladi va dori yuboriladi. so'ngra igna chiqariladi
Teri osti inyeksiyalarida turli asoratlar, jumladan turli hajm va turli
qattiqlikdagi infiltratlar kuzatilishi, bunda shikastlangan sohada yallig'lanish
mahsulotlari yigʻilib, shu joy berchlashib qolishi mumkin. Bunga oʻtmas
igna yoki ignaning ingichkaligi, shuningdek infeksiya tushishi sabab bo'ladi.
Infiltrat yuzaga kelishida bemorning ahvoli ham muhim ahamiyatga ega.
Chunonchi, ogʻir ahvolda
yotgan bemorlarda dorining
soʻrilishi sekinlashadi.
Ba'zan infiltratlar erib, madda, oqma yara hosil qiladi.
Hosil bo'lgan infiltratlarning soʻrilishini tezlashtirish uchun qizdiradigan
kompresslar, fizioterapiya qo'llaniladi. Yiring boylagan joylar (abssesslar)
yoriladi.

Yüklə 22,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin