Oʻsimliklarda hujayra membranasi bilan birga hujayra qobigʻi ham mavjud. Oʻsimliklarda hujayra qobigʻi hujayra membranasini oʻrab turadi. Bu narsa oʻsimlik hujayrasining doimiy toʻrtburchak shaklini taʼminlaydi. Hayvon hujayralarida faqat hujayra membranasi mavjud, lekin hujayra qobigʻi uchramaydi.
Plastidalar (yun. plastos — shakllangan) — avtotrof oʻsimliklar hujayrasining pigmentli organoidlari; organik moddalar sintezini amalga oshiradi. Yuksak oʻsimliklarda 3 xil-ga: yashil xloroplastlar (XP), rangsiz leykoplastlar (LP) va rangli xromoplastlar (XR)ga boʻlinadi. XP — lin-zasimon yoki sharsimon tangachalar, oʻlchami 4—6 mkm; tarkibida 50% ga yaqin oqsillar, 35% lipidlar va 7% pigmentlar, shuningdek, ozroq dezok-siribonuklein kislota (DNK) va ribonuklein kislota (RNK) bor. Yuksak oʻsimliklarda XP pigmentlari yashil a va v xlorofillar hamda karotinoidlardan iborat. XPdagi DNKlar yadro DNK sidan farq kiladi va koʻkyashil suvoʻtlar hamda bakteriyalar DNKsiga oʻxshaydi. LP-rangsiz, dumaloq yoki choʻziq mayda tanachalar boʻlib, oʻsimliklarning hamma tirik hujayralarida mavjud. LPda oddiy organik birikmalardan birmuncha murakkab moddalar (kraxmal va boshqalar) sintezlanadi. LP toʻplanadigan moddalariga qarab amiloplastlar, eleoplastlar va proteinoplastlarga boʻlinadi. XR dumaloq, notoʻgʻri koʻp qirrali yoki ignasimon shaklda; tarkibida kuzgi barglar, gul-yonbargchalar, pomidor, chetan, marvaridgul va boshqalarning pishayotgan mevalariga sariq, qizil rang beradigan karotinoidlar bor. P.ning bir xili boshqa-siga (mas, LP XP ga, XP XR ga) aylanishi mumkin
.
Xlorofil pigmentlari a va b yashil rang berib quyoshdan kelayotgan 300-700 nnm toʻlqin uzunligidagi nurlarni yutadi va bu nurlar ishtirokida fotosintez amalga oshadi.
O‘simlik hujayrasi qanday asosiy qismlardan iborat. Izohlab bering?
Hujayra va uning tarkibiy qismlari. Hujayra hujayra qobig‘i, sitoplazma va yadrodan tashkil topgan (9-rasm). Hujayra qobig‘i kletchatkadan iborat bo‘lib, tiniq va
mustahkam bo‘ladi. U hujayrani tashqi ta’sirdan himoya qiladi va shaklini saqlab, tashqi muhit bilan bog‘lab turadi. Sitoplazma - hujayranmg asosiy tarkibiy qismi hisobla- nadi. U rangsiz, tiniq, suyuq yoki shilimshiq holda bo‘lib, doimo harakatlanib turadi. Yadro - hujayraning eng muhim tarkibiy qismi. U hu- jayralar bo‘linishida katta rol o‘ynaydi. Ko‘k-yashil suvo‘tlar, bakteriyalaming yadrosi shakllan- magan, nning moddalari sitoplazmada tarqoq holda joylash- gan bo‘ladi. Yadro irsiy belgilaming yangi avlodga o‘tishida muhim ahamiyatga ega. Plastidalar - hujayraning asosiy tirik qismlaridan biri. Zamburug‘lar, bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo6tlarda plastidalar bo‘lmaydi. Plastidalar uch xil bo‘ladi: leyko- plastlar (rangsiz), xromoplastlar (zarg‘aldoq, qizg‘ish), xloroplastlar (yashil). Xloroplastlar yashil xlorofill pig-
mentiga ega plastidalar bo‘lib, ularda fotosintez jarayo- ni boradi. Xromoplastlarda qizil, sariq rangli pigmentlar boiadi. Xromoplastlar gul va mevalarga rang beradi.
Leykoplastlar rangsiz plastidalardir. Ularda zaxira mod- dalar saqlanadi.
Yakuol - sitoplazma ichidagi hujayra shirasi bilan to‘lgan bo‘shliq. U turli shaklda bo‘ladi. Hujayra shirasi tarkibida 70-95% suv va unda erigan ko‘pgina mineral va oqsil, moy, shakar kabi organik moddalar bocladi. Bu shira tarkibiga ko‘ra mevalaming ta’mi shirin, nordon va ach- chiq bo‘ladi.