ovqat hazim qilish va ovqatlanishning yoshga oid fizologiyasi va
Ingichka ichakda ovqatning hazm bo‘lishi Ingichka ichakning uzunligi katta odamlarda 6-7 m, diametri 2,5-3 sm. Ingichka ichak 12 barmoqli ichak - 20 sm, och ichak va yon bosh ichakka bo‘linadi. Oshqozon qisman parchalangan ovqat bo‘tqasi 12 barmoqli ichakka tushadi. Bu yerda jigardagi o‘t pufakda ishlab chiqilgan o‘t suyuqligi va oshqozon osti bezida ishlab chiqilgan oshqozon osti bezining shirasi yordamida va 12 barmoqli ichak devorlarida ishlab chiqilgan ichak shirasi ta’sirida ovqat bo’tqasi parchalanadi.
Jigar Jigar organizmdagi eng katta bez bo‘lib, og‘irligi 1,5 kg. chap qovirg‘alar ostida joylashgan. Jigar quyidagi vazifalarni bajaradi: darvoza venasini hosil qilgan vena qon tomiri ovqatdagi va qondagi zaharli moddalarni zaharsizlantiradi; qon deposi hisoblanadi. Bu yerda 10% qon zapasi saqlanadi; o‘lgan eritrotsitlar jigarda to‘planadi, bolalarda esa eritrotsitlar hosil bo‘ladi; Kuper hujayralarida o‘t suyuqligi ishlab chiqariladi; Jigar ortiqcha glyukozani glikogen sifatida zapas saqlab turadi; Jigar tana temperaturasini turg‘un saqlashda ishtirok etadi. Jigardan doimiy ravishda ovqatlangandan 20-30 minutdan so‘ng o‘t ajralib chiqadi va 12 barmoqli ichakka quyiladi. O‘t yog’larni emulsiyalaydi, suvda yaxshi erishini tezlashtiradi, ovqat hazm qilish kanalini harakatini yaxshilaydi, ichakdagi mikroblarni o‘ldiradi. Bolaning yoshi ortishi bilan jigarning hajmi, og‘irligi tuzilishi o‘zgarib boradi. Yangi tug‘ilgan bola jigarning og‘irligi 130 g, 2-3 yoshda - 460 g, 6-7 yoshda - 675 g, 8-9 yoshda - 720 g, 12 yoshda - 1130 g, 16 yoshda -1260 g. Bolalar o‘t kislotasining konsentratsiyasi va miqdori kam bo‘ladi.
Bolalar orasida oshqozon - ichak kasalliklari 1 yoshgacha - 40%, 5 yoshgacha - 30% va 5 yoshdan yuqorilarda 15-20% tashkil etadi. Noto‘g‘ri ovqatlanish, ovqatlanish gigiyenasining buzilishi, issiq sharoit og‘riq bolalarda ovqat hazm qilish organlarining yomon ishlashiga olib keladi. Bolalar ovqat hazm qilish tizimining harakterli belgisi: shillik, qavati nozik, qon va limfa tomirlariga boy, elastikligi sust. Bu esa oshqozon-ichak traktining tez yallig‘lanishiga va kasallikning og‘ir kechishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari ichak devorlari yuqori o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Bu esa mikroblarning ichak devorlaridan bemalol o‘tishini ta’minlaydi. Bolalarda oshqozon shirasida kislotalik kam bo‘ladi, fermentlar kam hazm qilish xususiyatiga ega. Buning natijasida ovqat yaxshi parchalanmaydi va tozalanmaydi va zaharli moddalarning hosil bo‘lishiga olib keladi. Jigarning yyto’g’rili rivojlanmaganligi ham bolalarda oshqozon ichak kasallarini keltirib chiqaradi.
Organizmda moddalar almashinuvi. Odam tashqi muhitdan ovqat qabul qilish, organizmda uni o‘zgarishi, hazm qilinishi, hosil bo‘lgan qoldiq moddalarning tashqariga chiqarilishi moddalar almashinuvi deyiladi. Moddalar almashinuvi natijasida energiya hosil bo‘ladi. Bu energiya hisobiga organlar ish bajaradi, hujayralar ko’payadi, yosh organizm o‘sadi va rivojlanadi, tana haroratining doimiyligi ta’minlanadi. Moddalar almashinuvi bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan ikki jarayon, ya’ni assimilyasiya va dissimilyasiya orqali o‘tadi. Ovqat moddalari tarkibiy qismlarining hujayralarga o‘tishi assimilyasiya deyiladi. Assimilyasiya natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari yangilanadi, ular ko’payadi. Organizm qancha yosh bo‘lsa, unda assimilyasiya shuncha aktiv o‘tadi, bu esa yosh organizmning o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi.