Mavzu: ovqat hazim qilish va ovqatlanishning yoshga oid fizologiyasi va gigeyenasiReja


Ovqatlanish tartibi va ovqatlanish gigiyenasi



Yüklə 72,99 Kb.
səhifə5/6
tarix16.12.2023
ölçüsü72,99 Kb.
#181447
1   2   3   4   5   6
ovqat hazim qilish va ovqatlanishning yoshga oid fizologiyasi va

Ovqatlanish tartibi va ovqatlanish gigiyenasi
Bolaning bir kunda yeydigan ovqati shu vaqt ichida sarf etilgan energiya o‘rnini qoplashi va o‘sishni ta’minlashi kerak. Bolalarni ovqatlantirishda ovqat tarkibidagi mahsulotlar nisbatini olish kerak. Umumiy ta’lim maktablarida va maktab internatlarida birinchi smenadagi o‘quvchilarga ertalabki nonushta 7.30 dan 8 gacha bir kunlik ratsionning 25%, ikkinchi nonushta 11-12 da ratsionning 15-20% ni, maktabdan qaytgandan so‘ng tushlik eyishi kerak, bu ratsionning 35% tashkil etadi, kechki ovqat 19-20 da ovqat ratsionini 20-25% tashkil etishi kerak.
Oziqa moddalari energiya manbai va qurilish materiali hisoblanadi. Shuning uchun ular to‘la qimmatli ovqat eyishlari kerak. Shundagina ular yaxshi o‘sadi, turli kasalliklarga chidamli bo‘ladi. Bolalar ovqati barcha zaruriy moddalardan, o‘simlik va hayvon mahsulotlaridan, sifatli mahsulotlardan va yto’g’rili darajada bo‘lishi, to‘q tutishi kerak. Ovqatlanish to’g‘ri tashkil qilish katta ahamiyatga ega. O‘rta maktab o‘quvchilari 4 marta ovqatlanishlari, nimjon bolalar tez-tez ovqatlanishlari zarur. Ovqatlanishda shaxsiy gigiyenaga, stol atrofida o‘zini tutishga, dasturxon go‘zalligiga rioya qilish kerak. Hayotda ovqatdan zaharlanish ko‘p uchrab turadi. Zaharlanish bakterial va bakteriyasiz turlariga bo‘linadi. Bakterial zaharlanish turiga salmonellyoz kiradi. Bu salmonellalar tushgan ovqatni yeganda rivojlanadi. Bu ovqat turlariga go‘sht, tuxum, sut mahsulotlari kiradi. Bundan tashkari pichoq tahtalar, stollarda, qo‘lda bu mikroblar bo‘lishi mumkin. Ular pashsha, sichqon, kalamush, it, mushuk orqali ham yuqadi. Zaharlanish belgilari: bir kun o‘tkach o‘t rufagi atrofida og’riq paydo bo‘ladi, qusadi, ich ketadi, bosh og‘riydi, tirishishadi, sovuq ter bosadi.
Botulizm. Tabiatda keng tarqalgan botulinus tayoqchasi bilan zararlangan ovqatni iste’mol qilish orqali odam o‘tkir zaharlanadi. Odam zaharli konservalar, quziqorin, tuzlangan baliq, dudlangan mahsulotlar, go‘sht orqali yuqadi. Bir necha soat o‘tgach zaharlanish belgilari paydo bo‘ladi: muskullari bo‘shashadi, ko‘zi yaxshi ko‘rmaydi, og‘zi quriydi, nutqi buziladi, yutishi qiyinlashadi, nafas olishi qiyinlashib, bemor halok bo‘lishi mumkin. Stafilokokklardan zaharlanish. Terisiga yara chiqqan, angina, konvyuktivit bilan og‘rigan kishilar infeksiya tashuvchi bo‘ladilar. Odamning tomog‘ida, burun shilliq qavatida, terida, ichagida kasallik mikroblari bo‘ladi. Bu mikroblar sut, baliq, mahsulotlarida, sabzavotlarda bo‘ladi. Bunda odam qusadi, qorinda og‘riq paydo bo‘ladi, harorat ko‘tariladi. Dizentiriya, dizentiriya tayoqchalari orqali yuqadi. Asosan iflos qo‘l orqali o‘tadi va nihoyatda yuqumli hisoblanadi. Bola tez suv yo‘qotadi, harorat ko‘tariladi, ich ketadi va ba’zida qon aralash bo‘ladi. Bakteriyasiz zaharlanishga qo‘ziqorindan, qo‘rg‘oshindan, bodom, o‘rik, olxo‘ri, shaftoli danagidan zaharlanish kiradi. Ovqatdan zaharlanishning oldini olish uchun mahsulotlarni to‘g‘ri saqlash, sanitariya-gigiyena, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak.
Tirik organizm ichki muhit barqarorligini saqlash uchun, organizmga kirgan oziqa moddalar, suv, havo va boshqa moddalarning almashinish qoldiqlarini tashqi muhitga chiqarib turishi shart. Chunki moddalar almashinuvi qoldiqlari siydikchil, siydik kislota, kreotinin va shunga o‘xshash moddalar miqdori qonda ortib ketsa, organizm zaharlanadi.
Organizmga dori sifatida yoki boshqa vaziyatda kiritilgan et moddalardan tashqari, organizm ichki muhiti muvozanatini saqlash uchun kerakli moddalarni chiqarishi ham shart.
Organizmdan tashqariga ajraluvchi chiqindi moddalarni ekskretlar deb ataladi. Ajratuvchi organlarni ekskretor deyiladi. Ekskretor organlarga nafas yo’li, teri, ichak yo’li va buyrak kiradi.
O‘pka orqaili karbonat angidrid, qisman suv, efir, xloroform va yengil uchuvchi gazlar ajraladi.
Teri orqali qisman suv, tuzlar, mikroelementlar, azot almashinish qoldiqlari va siydikchil moddalar ajraladi.
Hazm yo’li orqaili esa hazm bo‘lmagan oziqa moddalar qoldiqlari, metal tuzlari, qisman suv, ba’zi dorilarning va organik buyoqlarning qoldiqlari ajraladi.



Yüklə 72,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin