Mavzu: Ovqat hazm qilish tizimi va uning yoshga bog’liq xususiyatlari Reja: Kirish Asosiy qism


Asosiy qism Sog’lom ovqatlanishning ahamiyati



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə2/9
tarix05.06.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#60707
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ovqatlanish

Asosiy qism

  1. Sog’lom ovqatlanishning ahamiyati

Inson organizmi deyarli barcha kerakli moddalarni oziq-ovqat va suv orqali oladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi va ularning xususiyatlari salomatlik, jismoniy rivojlanganlik, mehnat qobiliyati, hissiy holat va umuman, umr ko’rish davomiyligi va sifatiga bevosita ta’sir qiladi. Inson organizmiga shu qadar ta’sir qilishga qodir bo’lgan yana boshqa bir omilni topish qiyin.
Ovqatda temir manbalari juda ko’p. go’sht, jigar, tuxum sarig’i temirga boy mahsulotlar hisoblanadi. O’simlik mahsulotlaridan suli, grechixa, jo’xori, dukkakli o’simliklar yormalarida, qora nonda va boshqa boshoqli mahsulotlar tarkibida ko’p bo’ladi. SHuningdek, olma, shaftoli, anor va boshqa mevalarda ham temir miqdori ko’p bo’ladi.
Kunlik ovqatlanish tartibiga go’sht, baliq va oqsilga boy mahsulotlarni kiritish foydalidir. Sabzavotlar, mevalar, ko’katlar ovqatlanishda muhim o’rin tutadi, chunki organizmga yaxshiroq so’rilishi va o’zlashtirilishi uchun A, S va boshqa vitaminlar kerak bo’ladi.
• go’sht, parranda, baliq mahsulotlari va jigar;
• nonushtaga-vitaminlar bilan boyitilgan boshoqli mahsulotlar;
sabzavot va mevalar;
• yangi ko’katlarni iste’mol qilish foydali;
• ovqatlanish vaqtida choy ichishdan saqlanish lozim, chunki choy tarkibida bo’ladigan tanin moddasi temir so’rilishiga to’sqinlik qiladi.
Yana bir to’sqinlik qiluvchi omil bug’doy unining kepagi va jigar rang guruch tarkibida uchraydigan oliy kislotasi bo’lishi mumkin. Ovqat tarkibidagi temirning so’rilish chegarasi sutkasiga 2 mkgni tashkil etadi. Kuniga katta yoshdagi har qanday kishi jinsidan qat’iy nazar 1 mg temirni yo’qotadi. Lekin ayollar hayz vaqtida, homiladorlik, tug’ruq va emizikli davrida nisbatan ko’p temir miqdorini yo’qotishadi. SHuning uchun bu davrlarda ularning temirga bo’lgan ehtiyoji minerallar bilan to’yingan to’laqonli ovqatlanish tartibiga rioya qilganda to’la qoplanmaydi. Buning natijasida temir tanqisligi rivojlanadi va bu ovqatlanish tartibini o’zgartirishga emas, balki dori preparatlari bilan davolashga asos bo’ladi. Homiladorlik, tug’ruq va emizikli bo’lgan vaqtda organizm 700-1000 mg temirni yo’qotadi, u bu zahirani 2-3 yil davomidagi qayta to’ldirib olishi mumkin. Bu vaqtdan oldinroq homiladorlik boshlanib qolsa albatta anemiya rivojlanadi.
Temir tanqisligi anemiyasining davolashda temir preparatlari qo’llanadi. Hozirgi vaqtda bir qator tarkibida temir bo’lgan dori preparatlari mavjud: temir laktati, gemostimulin, feramid, ferrotseron, ferropleks, tardiferon va boshqalar. Temir tanqisligi anemiyasini asosan ichga qo’llanadigan temir preparatlari bilan davolash zarur. Ularni nahrga yoki ovqatlanishdan 1 soat oldin yoki ba’zi holatlarda ovqatlanishlar orasida ichish maqsadga muvofiqdir, bu temirning organizmga so’rilishini osonlashtiradi. Bundan tashqari askorbin kislotsini qo’llash ham yaxshi natija beradi, chunki u temir preparatlari bilan birgalikda metallning tez o’zlashtirilishini ta’minlaydi.
O’zbekistonda faqat birinchi navli un boyitiladi, shuning uchun aynan mana shu undan tayyorlangan non sizning salomatligingiz uchun foydali hisoblanadi.
CHoy va qahva ovqatdagi temir moddasining 70-100 foizini o’zlashtirishga to’sqinlik qiladi, shuning uchun ovqat paytida yoki ovqatdan so’ng shu zahoti choy ichmang, 30 daqiqa kutib turing! CHoy o’rnini sharbat, kompot, qaynatilgan suv yoki ma’danli suv bosishi mumkin.
To’g’ri ovqatlanish borasida ko’plab nazariyalar mavjud va deyarli har kuni yangi ma’lumotlar paydo bo’ladi. Ularning ba’zilari go’shtni cheklash kerak desa, boshqa birlari faqat ma’lum bir mahsulotlardan iborat taomnoma har qanday kasalliklardan forig’ bo’lish kaliti deyishadi. Aslida inson tanasi juda murakkab tizimdir, uning normal ishlashi uchun u ham go’sht, ham sabzavotli taomlarni talab qiladi. Shu sababli to’g’ri ovqatlanish qoidalarini bilish juda muhim sanaladi.




    1. Yüklə 0,82 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin