Mavzu: Ovqat hazm qilish tizimi va uning yoshga bog’liq xususiyatlari Reja: Kirish Asosiy qism



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə8/9
tarix05.06.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#60707
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ovqatlanish

Organizmda modda almashinuvi.

Organizmda moddalar almashinuvi. Odam tashqi muxitdan ovqat qabul qilish, organizmda uni o‘zgarishi, xazm qilinishi, hosil bo‘lgan qoldiq moddalarning tashqariga chiqarilishi moddalar almashinuvi deyiladi. Moddalar almashinuvi natijasida energiya hosil bo‘ladi. Bu energiya hisobiga organlar ish bajaradi, hujayralar kupayadi, yosh organizm o‘sadi va rivojlanadi, tana xaroratining doimiyligi ta’minlanadi. Moddalar almashinuvi bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan ikki jarayon, ya’ni assimilyasiya va dissimilyasiya orqali o‘tadi. Ovqat moddalari tarkibiy qismlarining hujayralarga o‘tishi assimilyasiya deyiladi. Assimilyasiya natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari yangilanadi, ular kupayadi. Organizm qancha yosh bo‘lsa, unda assimilyasiya shuncha aktiv o‘tadi, bu esa yosh organizmning o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi .
Hujayralar eskirgan tarkibiy qismlarining parchalanishi dissimilyasiya deyiladi. Buning natijasida energiya hosil bo‘ladi. Dissimilyasiya natijasida hosil bo‘lgan qoldiq moddalar ayirish organlari orqali tashqariga chiqariladi. Keksa odamlar organizmida dissimilyasiya jarayoni ustun bo‘ladi. Sog‘lom organizmda bu ikkala jarayon muvozanatda bo‘ladi. Jismoniy mehnat, sport, aktiv turmush odam tanasidagi to‘qimalarning yangilanishi, organizmning yosh,
sog‘lom va tetik saqlanishiga olib keladi. Moddalar almashinuvida ishtirok etadigan asosiy oziq moddalar-oqsillar; yog‘lar, uglevodlar, mineral tuzlar, vitaminlar va suv hisoblanadi.
Oqsillar almashinuvi. Oqsillar, ya’ni proteinlar odam organizmining cog‘lom, normal o‘sishi, sog‘ligi va rivojlanishida muhim rol uynaydi. Ular organizmda ikki xil fiziologik vazifani bajaradi, ya’ni plastik va energetik. Oksillarning plastik ahamiyati shunday iboratki, ular barcha hujayra va to‘qimalarning tarkibiy qismiga kiradi. Oqsillarning energetik vazifasi esa, ular parchalanganda energiya hosil bo‘ladi, masalan, 1g oqsil parchalanganda 4,1 kkal. energiya ajratadi. Bu energiya odam tanasini xaroratini birday saqlash, ichki organlarni normal ishlashi, odamning harakatlanishi va boshqa ishlarni bajarish uchun sarflanadi. Oqsillar molekulasidagi aminokislotalar soniga qarab oqsillar sifatli va sifatsiz turlarga bo‘linadi. Tarkibida organizm uchun barcha aminokislotalarni uzida to‘plagan oksillarga sifatli oqsillar deyiladi. Ular xayvon mahsulotlarida (go‘sht, baliq, ikra, sut va sut mahsulotlarida) bo‘ladi. Tarkibida ba’zi aminokislotalari bo‘lmagan oqsillar sifatsiz oqsillar deyiladi. Ular non, non mahsulotlarida bo‘ladi. Bolalar organizmini normal o‘sishi va rivojlanishi uchun kundalik ovqat tarkibida sifatli oqsillar 80-90% tashkil etishi kerak. Bolalar ovqati tarkibida sifatli oqsillarning kam bo‘lishi o‘sish va rivojlanishni sekinlashtiradi, yuqumli kasalliklarga chidamlilik xususiyati pasayadi, nerv sistemasining kuzg‘aluvchanligi, akliy faoliyat susayadi. Oqsillar ortiqcha bo‘lsa nerv sistemasi, jigar va buyraklar faoliyati buziladi .
Uglevodlar almashinuvi. Uglevoddar organizmda asosiy energiya manbai bo‘lib, hisoblanadi, 1 g uglevod parchalanganda 4,2 kkal energiya ajraladi, Bir sutkalik energiyaning 56% uglevodlar hisobiga hosil bo‘ladi. Uglevodlar asosan o‘simliklardan olinadigan ovqat maxsulotlarida ko‘p bo‘ladi (non, kartoshka, mevalar, qovun-tarvuz, shirinliklar). Uglevodlar normadan ortik iste’mol qilinsa, organizmda yog‘ga aylanib semirishga olib keladi. Jismoniy mexnat, sport bilan shugullanuvchi odamlarda me’yoridan ortiq uglevodlar qabul qilinsa, uning parchalanib energiya hosil qilgan qismidan tashkari qolgan qismi glikogenga aylanadi. Glikogen parchalanganda energiya hosil bo‘ladi.
YOglar almashinuvi. YOg‘lap hujayralarda bo‘lib, oqsillar singari plastik va energetik vazifani bajaradi. 1g yog parchalanganda 9,3 kkal. energiya ajratadi. YOglar ikki xil bo‘ladi: xayvon, o‘simlik. xayvon yoglariga dumba, charvi, capyog‘, baliq yoglari kiradi. O‘simlik yorlariga zig‘ir, paxta, kungaboqar, kunjut, makkajo‘xori va zaytun moylari kiradi. Kundalik ovqat tarkibida yoglar etishmasligi yuqumli kasalliklarga, tashqi muxitning noqulay ta’siri- sovuqqa odamning chidamliligi, akliy va jismoniy ish bajarish qobiliyati pasayadi. YOglarni ortikcha iste’mol qilish semirishga olib keladi.
Suv va mineral tuzlar almashinuvi. Odam organizmi uchun mineral tuz va suv ham zarur. Mineral tuzlarni odam asosan oziq-ovqat bilan oladi. Bir sutkada odam 10-12,5 g. osh tuzi iste’mol qiladi. Mineral tuzlar organizmdagi barcha funksiyalarning bir xilda kechishini ta’minlaydi, nerv sistemasi faoliyati, qon ivishi, surilish, gaz ajralish, sekretsiya va ajratish jarayonlari uchun ham zarur. Organizm uchun kalsiy, fosfor, kaliy, natriy, marganets, kobalt, mis, rux, brom, yod, oltingugurt, temir va boshqa mikro va makroelementlar ham juda zarur. Agar biror mineral moddalar etishmasa turli xil kasalliklarga yuzaga chikadi. M-n. organizmda kalsiy etishmasa nerv va muskul kuzg‘aluvchanligi kuchayadi, bu spazmofil kasalligiga olib keladi, yod
etishmasa qalqonsimon bezning faoliyati buzilib, buqoq, kasalligi paydo bo‘ladi, natriy xlorid kupayib ketsa, xarorat ko‘tariladi.
Suv odam organizmi barcha hujayra va to‘qimalarining tarkibiy qismiga kiradi. Jumladan qonning 92%, miya to‘qimasining 84%, tana muskullarining 70%, suyaklarning 22%, suvdan iborat. Katta yoshdagi odamlarning tanasini 50- 60% suv tashkil qiladi, yoshlarda suv miqdori bundan kuproq. bo‘ladi. M-n. chaqaloq tana massasining 80% ni suv tashkil etadi. Organizmdagi barcha kimyoviy protsesslar suv ishtirokida bo‘ladi. Agar odam ovqat iste’mol qilmay, fakat meyorida suv iste’mol kilsa u 40-45 kungacha uning tana massasi 40% kamayguncha yashashi mumkin. Aksincha ovqat meyorida bo‘lib, suv iste’mol qilinmasa, tana massasi 20-22% kamaysa, bir xaftaga etar-etmay odam xalok bo‘lishi mumkin. Odamning sutkalik suv balansi 2,2-2,8 l.
Vitaminlar. Vitaminlar ham yog‘lar, oqsillar, uglevodlar, mineral tuzlar, suv kabi organizm uchun zarur bo‘lgan ozika moddalardan hisoblanadi. Rus olimi N.I. Lunin 1880 yilda organizm uchun zarur bo‘lgan moddalardan biri vitaminlar ekanini birinchi bo‘lib isbotladi. 1912 yilda K. Funk tomonidan vitaminlar deb nomlandi (vita —xayot degan ma’noni anglatadi. Vitaminlarning 40 dan ortiq turi bo‘lib, ular organizmning o‘sishiga, modda almashinuviga, immun xolatiga, yurak-qon tomir, nerv tizimining ish faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Agar biror vitamin organizmga mutlaqo kirmasa avitaminoz, etishmasa gipovitaminoz, meyoridan ortib ketsa gipervitaminoz deyiladi. Xar bir vitamin turli xil vazifani bajaradi.


Xulosa
Ovqatlanish – organizmning hayot faoliyatini taʼminlash, salomatlik va ish qobiliyatini saqlab turish uchun zarur oziq moddalarni oʻzlashtirish jarayoni. Kishi tartib bilan toʻgʻri ovqatlansa, kasalliklarga kamroq chalinib, ularni oson yengadi. Toʻgʻri ovqatlanish barvaqt qarib qolishning oldini olishda ham muhim ahamiyatga ega. Meʼda-ichak, yurak-tomir kasalliklari va boshqa(lar) kasalliklarda alohida tuziladigan ratsion hamda ovqatlanish tartibi davo shartlaridan hisoblanadi.
Ovqat organizmning uygʻun ravishda rivojlanishi hamda bir meʼyorda ishlab turishini taʼminlay oladigan boʻlishi kerak, buning uchun ovqat ratsionining miqdori va sifati, kishining kasb-kori, yoshi, jinsiga tegishli ehtiyojlarga monand kelishi lozim. Organizmning fiziologik ehtiyojlari turli shart-shroitlarga bogʻliq. Bularning koʻpchiligi doimo oʻzgarib turadi. Shu sababli hayotning har bir fursati uchun aniq toʻgʻri keladigan ovqat boʻlishi amalda mumkin emas.
Biroq Odamda maxsus regulyator (boshqaruv) mexanizmlar boʻlib, ular mazkur paytda oʻziga kerakli miqdordagi zarur oziq moddalarni yoyilgan ovqatdan ajratib oladi va oʻzlashtiradi. Lekin organizmdagi moslashtiruvchi regulyator qobiliyatlarning ham maʼlum chegarasi bor; bolalar va kemalarda ular ancha cheklangan. Bundan tashqari, bir qancha oziq moddalar, masalan, vitaminlar, almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalarni (q. Oqsillar) odam organizmi moddalar almashinuvi jarayonida hosil qila (sintezlay) olmaydi. Bu moddalar organizmga ovqat bilan tayyor holda kirib turishi kerak, aks holda, sifatsiz ovqatlanish natijasida kasalliklar paydo boʻladi.
Ovqatlanish jarayonida organizm hayot faoliyati uchun muhim oziq moddalar (oqsil, yogʻ, karbonsuv, vitaminlar, mineral tuzlar)ni olib turadi. Bular esa oʻzlashtirilishi jarayonida organizmning energiyaga boʻlgan ehtiyojini qondirib boradi. Biror xil oziq-ovqat mahsuloti organizmda oʻzlashtirilganida ajralib chiqadigan energiya miqdori shu mahsulotning kaloriyasidir. Turli oziq moddalar va energiyaga boʻlgan ehtiyoj odamning yoshi, jinsi hamda mehnat tarziga qarab har xil boʻladi.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin