Fonetik tahlil tartibi:
1.So‗zning ovoz chiqarib to‗g‗ri talaffiz qilish.
2.So‗zdagi tovushlar va harflar sonini aytish.
3.Unli tovushlarni, ularning qaysi harflar bilan ifodalanganini aytish.
4.Undosh tovushlar, ularni jarangli yoki jarangsizligi, qaysi harflar bilan
ifodalanganligini aytish.
53
5.So‗zdagi bo‗g‗inlar sonini aytish, urg‗uli bo‗g‗inni aniqlash, urg‗u tushgan
unlini ko‗rsatish.
Fonetik tahlil namunasi:
Quyosh so‗zida 5 ta tovush (q, u, y, o, sh), 5 ta harf (q, u, y, o, sh) bor.
Unli tovushlar: u, o.
Undosh tovushlar: q, y, sh; q va sh – jarangsiz undosh, y – larangli undosh.
Quyosh so‗zi ikki bo‗g‗inli, ikkinchi bo‗g‗in urg‗uli: - urg‗u o unlisiga
tushgan.
Ko‗p yozish natijasida o‗quvchida ayrim so‗z formalarini yoki tilini belgilarni
to‗g‗ri qo‗llab ketaverish shakllanib qoladi.
Ko‗chirib yozish. Ko‗chirib yozishda o‗quvchi yozuv taxtasidan, kitob lug‗at
yoki turli ko‗rsatmali materiallardan ko‗chiradi va so‗zlarni imlosini u xotirasida
saqlab qoladi.
Bu yozuv usuli o‗quvchilarning to‗g‗ri yozish malakasini mustahkamlashga
so‗z boligini oshirishga orfografik hushyorlik o‗rgatishga so‗zlar imlosini esda olib
qolishga xizmat qiladi.
Ko‗chirib yozish 2 xil bo‗ladi.
1.Matnni o‗zgartirmasdan ko‗chirib yozish.
2.Matnni o‗zgartirib ko‗chirib yozish.
Matnni o‗zgartirmasdan ko‗chirib yozish ko‗proq boshlang‗ich sinflarda
foydali.
Ko‗chirib yozishda o‗quvchilarning yozishi bilim darajasiga qarab yozish
surati va tuzumiga ko‗ra beriladigan material hajmini so‗zlar miqdorining
sinflararo quyidagi belgilash maqsadga muvofiq:
1–sinf – 5–8 ta so‗z
2–sinf – 10–20 ta so‗z
3–sinf – 20–30 ta so‗z
4–sinf – 30–40 ta so‗z.
54
Diktant. Diktant o‗quvchilarning savodxonligini tekshirishni va olingan
bilimlarni mustahkamlash maqsadida kundalik hamda ko‗pgina oraliq nazorat
shaklida o‗tkaziladi.
Diktant o‗tkazishda o‗quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olish ishda
aniqlikka e‘tibor berish soddadan murakkabga borish muhim ahamiyatga egadir.
Shuningdek, o‗quvchilarni o‗z–o‗zini tekshirishga o‗rgatish kerak.
O‗quvchi diktant yozganda so‗zning harfiy ifodasini ko‗rmay eshitish orqali
tovushlar majmuasini tasavvur etadi, tovushlarni harflar bilan almashtirib yozadi.
Bunda ruhiy va jismoniy jarayonlarning birgalikda mustahkamlanib borishga
imkon beradi. Shuning uchun ham diktant imlo o‗rgatishda o‗z tabiatiga ko‗ra to‗la
ahamiyatga egadir.
Diktant maqsadga ko‗ra ikki turga bo‗linadi:
I.Ta‘limiy diktant. Bu tur o‗rganilgan mavzularni mustahkamlash maqsadida,
yozuv darsining ma‘lum bir qismida mashq sifatida o‗tkaziladi. Unga alohida soat
ajratilmaydi.
Boshlang‗ich sinflarda ta‘limiy diktantning quyidagi turlaridan foydalanish
mumkin:
1.Lug‗at diktanti.
5.Yoddan yozuv diktanti
2.Saylanma diktant
6.Izohli diktant
3.Ko‗rsatish diktanti
7.Ijodiy diktant
4.Ta‘kidiy diktant
8.Erkin diktant.
II.Tekshirish diktanti. Bu o‗rganilgan mavzularni o‗quvchilar qanchalik
o‗zlashtirganliklarini sinash, tekshirish maqsadida o‗tkaziladi.
Quyida har qaysi diktant turini o‗tkazish metodikasini ko‗rsatib o‗tamiz.
Lug‗at diktant. Lug‗at diktanti o‗rganilgan imlo qoidalarini mustahkamlash,
o‗quvchilar lug‗atini boyitish maqsadida o‗tkaziladi.
Bundan tashqari o‗rganilgan imlo qoidalarini o‗quvchilar tomonidan
qanchalik o‗zlashtirilganligini sinash, hisobga olish maqsadida ham o‗tkazish
mumkin. Lug‗at diktanti uchun o‗rganilgan imlo qoidasi asosida yoziladigan
so‗zlar, so‗z birikmalari yoki turli rasmlardan foydalanish mumkin.
55
O‗qituvchi tanlagan narsa yoki rasmlarni tartib bilan ko‗rsatadi. O‗quvchilar
rasmda ko‗rsatilgan narsa nomini yozib vergul qo‗yadilar. Ishni shu tariqa davom
ettiradi.
O‗quvchilar yozganlarini imlo lug‗atidan yoki o‗zlarining lug‗aotidan
solishtirib tekshiradilar. Yo‗l qo‗ygan xatolar mustaqil to‗g‗rilanadi, keyin esa
o‗qituvchi tomonidan tekshirib ko‗riladi.
Lug‗at diktanti yozish uchun: 2–sinfda 8 ta so‗z, 3–sinfda 10–12 ta so‗z, 4–
sinfda 12–15 ta so‗z bo‗lishi kerak.
Saylanma diktant. Saylanma diktant o‗rganilgan va imlo qoidalarini
mustahkamlashda ularni amalda qo‗llashda yordam beradi, mavzuni qanday
o‗zlashtirganligini aniqlashga imkon beradi. Diktantning bu turida o‗quvchilar
o‗qituvchi aytgan matnni yoki gapni to‗liq yozmay o‗rganilgan qoidalarni saylab
yozadilar. Shuning uchun ham saylanma diktant deb ataladi.
Masalan, 3–sinf «Talaffuzi tushib qoladigan undoshlar» mavzusini
mustahkamlash bilan shu mavzu yuzasidan o‗quvchilar bilimini sinash, qanday
o‗zlashtirganliklarini aniqlash maqsadida olinadi.
Ko‗rsatish diktanti. Ko‗rsatish diktanti boshlang‗ich sinflarning hammasida
o‗tkaziladi. Buning uchun o‗tilgan mavzuga doir matn «Diktantlar to‗plami»dan
tanlanadi va dasrdan oldin orfografik hushyorlik qoidalariga rioya qilgan holda
yozuv taxtasiga yozib qo‗yiladi.
Matn bir marta shoshilmasdan ifodali qilib o‗qib beriladi. Suhbat (savol–
javob) yordamida tushuntiriladi va o‗rganilgan qoidalar esalatib, matn mazmuni
mustahkamlanadi. Shundan so‗ng matn vaqtincha bekitib qo‗yiladi va aytib
yozdiriladi.
Matnni aytib yozdirilib bo‗lgach, yozuv taxtasigsha qarab, yo‗l qo‗yilgan
xatolarni to‗g‗rilaydi.
Yodda yozuv diktanti. Yodda yozuv diktanti ham boshlang‗ich sinflarning
hammasida o‗tkaziladi. Bu diktantni o‗quvchilar juda sevib bajaradilar.
Bu diktant sinf saviyasining mos kichik bir parcha (yoki biror to‗rtlik)
tanlanadi.
56
Tanlangan matn doskaga yozilib qo‗yiladi. Matnni o‗qituvchi o‗qib beradi.
SHundan so‗ng yodlash uchun vaqt beriladi. O‗quvchilar matnni yod olgandan
so‗ng, matnni berkitadi. Ular yodlagan matnlarni mustaqil yozadi. Keyin yozuv
taxtasidan matn ochiladi, o‗quvchilar yozganlarini yozuv taxtasiga qarab
tekshiradilar va xatosini tuzatadilar.
Ta‘kidiy diktant. Ta‘kidiy diktant uchun tanlangan matnni yozdirishdan oldin
o‗quvchilar o‗rgangan qoidalar eslatib ayrim so‗zlarning yozilishi tushuntiriladi,
ayrim so‗zlarni grammatik tahlil qilib, umuman yozish jarayonida nimalarga
e‘tibor berish kerakligi ta‘kidlanadi. Shuning uchun ham mazkur ish turi ta‘kidiy
diktant deyiladi. Bu diktant aytib yozdiriladi. Diktantni o‗quvchilar yozib bo‗lgach
va o‗zlari yo‗l qo‗ygan xatolarini tuzatgach, o‗qituvchi tomonidan yig‗ib olinadi.
Izohli diktant. Izohli diktant boshlang‗ich sinfning barchasi uchun mos bo‗lib,
o‗quvchilar yozdirilgan matn tarkibida imlosi qiyin so‗zlarning yozilishini eslatadi.
Belgilangan matn o‗quvchilarga yozdiriladi. SHu tariqa o‗quvchilar yozgan
so‗zlarni o‗zlari tuzatadilar. Bu bilan o‗quvchilarning savodxonligini aniqlash va
kamchiligini to‗g‗rilash mumkin.
Izohli diktant uchun ma‘lum bir dars ajratilishi shart emas. Ta‘limiy
diktantning boshqa turlari kabi yozuv darsning ma‘lum bir qismida o‗tkazish
mumkin. Izohli diktant o‗quvchilar faoliyatini oshirishda eng foydali yozma ish
turlaridan hisoblanadi. Bu diktant turini 3–4–sinfda tez–tez o‗tkazib turishi
foydalidir.
Ijodiy diktant. Ijodiy diktant o‗rganilgan qoidalarni o‗zlashtirish va yozuvda
o‗rinli qo‗llash malakalarini mustahkamlash bilan birga o‗quvchilar og‗zaki va
yozma nutqini rivojlanishida ijobiy ta‘sir qiladi, ular ijodkorlik, mustaqillik kabi
zarur malakalarni shakllantirishda muhim o‗rin tutadi. Ijodiy diktantda
o‗quvchilarga, o‗rganimlgan qoidaga mos so‗z, so‗z birikmasi, biror mavzuga oid
so‗roqlar beriladi. Ular berilgan so‗z va so‗z birikmalarini qatnashtirib, gap yoki
hikoya tuzadilar. Ijodiy diktant, ijodiy inshoga o‗xshab ketadi.
O‗quvchilarning ijodkorlik faoliyatini yoshlikdan tarbiyalash maqsadida
ijodiy diktantni izchillik bilan tez–tez o‗tkazib turish lozim.
57
Bu esa bolalarni yuqorida aytib o‗tgan xislatlar va insho yozishga tayyorlaydi.
Ijodiy diktantdan barcha boshlang‗ich sinflar keng foydalanadi. Alifbe
davridan o‗quvchilar ijodiy diktant yozishga tayyorlanadi.
Erkin diktant. Erkin diktant ta‘limiy diktantning bir turi bo‗lib, o‗quvchilar
nutqini o‗stirishda fikrlar qobiliyatini rivojlantirishda xizmat iladi.
Erkin diktant uchun hikoya tarzida unga katta bo‗lmagan matn tanlanadi.
Tanlangan matnning har bir bo‗limida ikkitadan uchtagacha gap bo‗lishi
kerak.
Diktantni bu turida o‗quvchilarga o‗qigan bo‗limning mazmunini buzmagan
holda, gaplarning shaklini o‗zgartirib yozishi erkinligi beriladi. O‗qituvchi
diktantni har bir qismini alohida–alohida o‗qib beradi.
O‗quvchilarni diqqati jalb qilinadi va birinchi bo‗lim o‗qib beriladi.
O‗quvchilar o‗qilgan bo‗lim mazmunini yozib bo‗lgandan keyin, ikkinchi qism
o‗qib beriladi. O‗quvchilar bu bo‗lim tuzilishini ham yorqin ifodalab yozadilar. Ish
shu tariqa davom etadi. Bu diktant turi o‗quvchilarni o‗rgangan grammatik
shakllaridan, imlo va tinish belgilariga oid bilimlarini va boshqalarni nutqni aynan
yoki o‗zgartirib qo‗llashga o‗rgatadi.
Diktantni bu turi yana bolalarda ijodkorlik faoliyatlarining o‗sishiga yordam
beradi, ularni bayon yozishga tayyorlaydi.
Tekshirish diktanti. Tekshirish diktanti dasturning biror bo‗limi o‗rganilib,
xilma–xil ta‘limiy maqsadlar bilan mustahkamlangach, ular o‗quvchilar tomonidan
qay darajada o‗zlashtirilganini sinash maqsadida o‗tkaziladi.
Tekshirish diktanti uchun sintaktik tuzilishi jihatidan shu sinf o‗quvchilar
saviyasiga mos, o‗rganilgan imlo qoidalari asosida yoziladigan so‗zlar va tinish
belgilari ko‗proq qo‗llanilgan matn tanlanadi.
Tekshirish diktanti uchun matnlardan emas, – balki o‗rganilgan qoidalarga
xos terma gaplardan ham foydalanish mumkin. Lekin ikki holda ham gaplardagi
so‗zlar soniga e‘tibor berish lozim.
Tekshirish diktanti uchun tanlangan matnda so‗zlar soni quyidagicha bo‗lishi
lozim:
58
1–sinf
2–sinf
3–sinf
4–sinf
1–yarim yillik
–
25–30 so‗z
45–55 so‗z
65–70 so‗z
2–yarim yillik
15 so‗z
35–45 so‗z
55–65 so‗z
75–80 so‗z
Ko‗rinib turibdiki, o‗quv yili oxirida o‗tkaziladigan diktantdagi so‗zlar soni
keyingi o‗quv yili boshida o‗tkaziladigan diktantdagi so‗zlar soniga baravar keladi
va asta–sekin ortib boradi.
Diktantda quyidagi xatolar hisobga olinadi: So‗zdan bo‗g‗in yoki harf tushirib
qoldirilsa, bo‗g‗in yoki harf qo‗shib yozsa, so‗zni ma‘nodosh bo‗lmagan boshqa
so‗z bilan almashtirib yozsa, harf shakllarini buzib yozsa ham xato hisoblanadi.
Diktantda quyidagi xatolar hisobga olinmaydi:
a)O‗quvchilarga o‗rgatilgan qoidalar yuzasidan qilingan xatolar bo‗lsa;
b)Gap oxirida nuqta qo‗yilmagan bo‗lsayu, keyin gapni bosh harf bilan yozsa;
d)Gap ma‘nosini buzmagan holda boshqa so‗z bilan almashtirib yozilsa;
e)Biror harfni takror yozsa;
g)Bo‗g‗in ko‗chirishda so‗zni bir qismini yozsa–yu, lekin ikkinchi qismida
yozishni unitgan bo‗lsa;
j)Gapdagi so‗zlarni takror yozgan bo‗lsa;
O‘qituvchi bir xil yoki bir-biriga o‗xshash usullarda dars o‗tish bilan
chegaralanib qolmasligi kerak. Ayniqsa, muammoli darslarni har xil didaktik
o‗yinlar yordamida o‗tish ularning qiziqishlarini oshirish bilan birgalikda, mantiqiy
tafakkurini o‗stirishga ham yordam beradi.
Didaktik o‗yinlar o‗tkazishdan oldin bolalarning yoshini, bilim saviyasini
hisobga olishni unutmaslik kerak. Ularni oddiy, oson va vaqtni kam oladigan
turlaridan boshlab, asta-sekin murakkablashtirib borish yaxshi natija beradi.
Bunday ish tutish, bir tomondan bolalarning dunyoqarash va ongini kengaytirsa,
boshqa tomondan, ularning bayon etish qobiliyatini kuchaytiradi, mustaqil ishlash
ko‗nikmalarini rivojlantiradi.
O‗qituvchi bunday didaktik o‗yinlarni mavzu asosida ma‘lum maqsaddan
kelib chiqqan holda tanlay olishi zarur.
59
Quyida didaktik o‗yinlardan namunalar keltiramiz.
1-sinf o‗quvchilariga savod o‗rgatish davrida juda oddiy bo‗lgan o‗yinlardan
foydalanish kerak.
1.«Kim tez topa oladi?» o‗yini.
Sinf o‗quvchilari bir necha guruhga ajratiladi. O‗qituvchi biron predmet yoki
ish quroli rasmini o‗quvchilarga ko‗rsatadi.
Masalan: chinor, terak, olma daraxtlarining bargini ko‗rsatib,
1. Uzoq umr ko‗ruvchi daraxt qaysi?
2. Qaysi daraxt meva beradi?
3. Jonli predmetni toping?
4. Qaysi hayvon tez chopa oladi?
va shu kabi savollar beradi.
2. Tasvirli didaktik o‗yin.
Tasvirda nima aks ettirilgan? Tasvir nimalardan tashkil topgan?
O‗quvchilar tasvirda yashiringan sonlarni topish orqali ularni eslab qolish va
qo‗l harakatini to‗g‗ri ishlatishga o‗rganadilar. Ular o‗ynab yurganda yerga,
daftarga, boshqa joylarga tasvirni chizish orqali ham sonlarni eslab qolish
ko‗nikmalarini egallaydilar.
3. Fikrni charhlash o‗yini.
O‗yinning maqsadi o‗quvchilar savodxonligini oshirish bilan birgalikda
hisoblash malakalarini ham shakllantirishdan iborat.
60
O‗yinda sonlar o‗rniga ularning harfiy ifodasi ko‗rsatiladi, javob ham harfiy
ifoda bilan berilishi talab qilinadi:
i + i = t
Bu o‗yinda o‗quvchilar harfiy ifoda o‗rnida qanaqa son borligini mantiqiy
fikrlab, o‗zlari ham ifodaning harfiy javobini yozadilar. Bu o‗yin 1-sinf
o‗quvchilarini ilk savod o‗rgatish davriga mos keladi.
4. ―So‗zning o‗rnini topish‖ o‗yini.
O‗yinni o‗tkazishdan oldin o‗qituvchi yozuv taxtada yoki kartochkada she‘riy
parchalarni yozib tarqatadi. Kartochkadagi ayrim so‗zlar tushirib qoldiriladi.
O‗qituvchi o‗quvchilardan so‗zlarning o‗rnini topib yozishni talab etadi.
Bunday o‗yinlarni o‗tkazish o‗quvchilarni mantiqiy fikrlashga va lug‗at
boyligini oshirishga yordam beradi. Namuna:
Bog‗ yashnaydi, Uy yashnaydi,
........... bilan. ......... bilan.
Dala yashnar Tog‗ yashnaydi
........... bilan. ......... bilan.
O‗quvchilar ochiq qolgan so‗zlar o‗rniga mos keladigan to‗g‗ri javobni topib
yozishlari kerak (bog‗bon, dehqon, bola, lola).
Tilimizga jon bergan aziz_____________bobo,
Vatan deya kurashgan sohibqiron_______bobo.
Yulduzlar sirini ochgan_________dek bobojon,
Tibbiyotga yo‗l ochgan_____________bobojon.
Hadislarni to‗plagan va bizgacha yetkazgan
___ _____________bobom sen.
Barchasiga jon bergan sen aziz, _______jonim sen.
Darsda turli xil boshqotirmalardan foydalanish bolalarning fikrlash qobiliyatini
o`stiribgina qolmay, husnixatga ham o`rgatadi. Masalan:
1. Qaysi qatordagi so‗z mevaning anagrammasi emas?
61
B)
AANNB
C)
SNNAAA
D)
IXO‗RLO
E)
ARKZI
F)
ATSHLOFI
2. Harflardan harflarga gorizontal, vertical, diagonal bo‗yicha o‗tib, yashiringan
iborani o‗qing.
O‗ I T
L T YE
CH A B
B K E
I R S
3. Qaysi qatordagi harflardan so‗z tuzib bo‗lmaydi?
A) ONKOIT
B) ABRXA
C) HFINRA
D) MAKALAK
«Kim savodxon» o‗yini. O‗quvchilarga imlosi qiyin so‗zlarni to‗g‗ri yozib berish
topshiriladi.
Masalan: dar__, ros__, Samarqan__, pas__, go‗sh__, es__lik, darax__, mar__.
So‗zlar guruhlarga kartonga tayyorlab topshiriladi. Har bir guruhga berilgan
so‗z bir xil bo‗lishi kerak. Qaysi guruh a‘zolari berilgan so‗zni to‗g‗ri yozib
ko‗rsatsa, shu guruh a‘zolari g‗olib hisoblanadi.
Ularning olgan ballari doskaga yozib boriladi va o‗yin shu tarzda davom
ettiriladi. O‗yin oxirida qaysi guruh ko‗p ball to‗plagan bo‗lsa, shu guruh a‘zolari
«Kim savodxon» o‗yinini g‗olibi bo‗ladi.
Ayniqsa, o‗qituvchilarimizga erkinlik berilishi ularni o‗zlarida bor
texnologiyalarni qo‗llashga yo‗l ochib berdi.
62
III BOB BO`YICHA QISQA XULOSALAR
Xulosa qilib shuni aytamizki, darslarning qanchalik samaradorli bo‗lishi
albatta birinchi o‗rinda, biz pedagoglarga bog‗liqdir.
Yuqorida keltirib o‗tilgan didaktik o‗yinlar, dars usullari sizga bir namuna
sifatida keltirib o‗tildi, xolos. Darslarni bundan ham yaxshiroq usullarda tashkil
qilish, barcha o‗qituvchilarning «pedagogik texnologiyasi»ga bog‗liqdir.
Quyida o‗quvchilarni darsga bo‗lgan faoligini, qiziqishini hamda ijodiylik
qobiliyatlarini oshiruvchi yangi pedagogic texnologiyalardan foydalanib darslarni
musobaqa, bahs-munozara shakliida olib boorish usullaridan namunalar keltiramiz.
1.O‗quvchilarni fonetik bilimlarini mustahkamlashda hamda olgan bilimlarini
amaliyotda qo‗llashga o‗rgatishda didaktik o‗yinlarning ahamiyati katta.
O‗quvchilar tovushlarning aytilishi va yozilishida farqlarni, ayrim so‗zlardagi
aytilishda tushib qoladigan, yozuvda esa saqlanadigan so‗zlarni, yonma-yon kelgan
ikki bir xil undoshli so‗zlarni aytilishi va yozilishini, u bilan o‗ harfini, x bilan h
harflarini farqlay olmaydilar. Masalan, o‗quvchilarimiz loqayd – o‗rniga – loqayt,
rost – rosd, hikoya – xikoya, xursand – xursan, go‗sht – go‗sh kabi so‗zlarda
xatoliklar qiladi.
Mana shu xatoliklarni tuzatishda har xil didaktik o‗yinlar, musobaqa darslari
katta amaliy yordam beradi. Chunki, o‗quvchilarning yosh xususiyatlari ilmiy
jihatdan tushinib yetishda qiyinchiliklar tug‗diradi. O‗yinlar orqali ular bu
bilimlarni tez o‗zlashtirib oladilar.
63
UMUMIY XULOSALAR
O‗qish va yozish kishi nutq faoliyatining turi bo‗lib, u nutqqa oid malakadir.
O‗qish malakasi ham, yozish malakasi ham nutq faoliyatining boshqa turlari bilan,
ya‘ni og‗zaki hikoya qilish, o‗zgalar nutqini eshitish orqali anglash, ichki nutq
bilan uzviy bog‗liq holda shakllanadi. Maktabda o‗qitishning muvaffaqiyati savod
o‗rgatishning qanday tashkil etilganligiga bog`liq. Shu sababli ham:
orfografik jarayon, ayniqsa boshlang‗ich ta'limda, nihoyatda murakkab
jarayondir. Bu murakkablikka muvofiq kеladigan samarali usullarini bеlgilash va
ularni amalga oshirishda o‗quvchilarning individual va o‗ziga xos psixologik
xususiyatlarini hisobga olish va ta'lim jarayonini muayyan tizimda, muayyan
strukturada tashkil qilish talab qilinadi;
rеspublikamizda boshlang‗ich sinf o‗quvchilari bilan ishlash jarayonida
o‗tkazilgan psixologik tadqiqotlar xulosalari asosida yanada yangi ekspеrimеntal
ta'lim tizimini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir;
ona tili o`qitish mеtodikasi tizimidagi mеtodik va psixologik tadqiqot
hamda kashfiyotlarni uyg‗unlashtirib, ularni amalda tatbiq etuvchi maxsus
laboratoriya markazini tashkil qilish kеlajakda yaxshi samara bеradi.
64
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‗zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasi.–T.: «O‗zbеkiston», 1992, 46 b.
2. Karimov I.A. O‗zbеkistonning istiqlol va taraqqiyot yo‗li. – T.: O‗zbеkiston,
1992, 46 b.
3. Karimov I.A. Barkamol avlod O‗zbеkiston taraqqiyotining poydеvori. –T.:
Sharq, 1997, 63 b.
4. Karimov I.A. O‗zbеkiston: milliy istiqlol, siyosat, mafkura. T.: O‗zbеkiston,
1993, 216 6.
5. Karimov I.A. Istiqlol va ma'naviyat. –T.: O‗zbеkiston, 1994, 160 b.
6. Karimov I.A. Ulug`lari e'zozlangan yurt zavol ko‗rmagay//O‗zbеkiston ada-
biyoti va san'ati. 2001, 25 avgust
7. Abdullaеva Q. Alifbе. –T.: O‗qituvchi, 1995, 133–138 b.
8. Abdullayeva Q. Va b. O‗qish axborot vositalarii. (Bilim bog‗i) 2-sinf. – T.:
O‗qituvchi, 2003 y., 192 6.
9. Abdumannotov A. Boshlanqich sinf o‗quvchilarida axloqiy xislatlarni
shakllantirishda Alishеr Navoiy mеrosidan foydalanish. // Pеdagogikaning
dolzarb muammolari, 1–qism, Samarqand, 1998, 61-62 b.
10. Adizov B. R. Boshlanqich ta'limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari.
13.00.01. — pеdagogika nazariyasi va tarixi.— T.:2003 y, 44 b.
11. Barkamol avlod orzusi // Qurbonov Sh., Sayidov Q, Ahliddinov R. //Xalq
ta'limi. 1998. №6 4–196.
12. Boshlanqich ta'lim Kontsеpsiyasi //Boshlanqich ta'lim, 1998, №6, 15-18 bеt.
13. Ibroximov I., Sultonov X., Jo‗raеv N. Vatan tuyg`usi. – T.: O‗zbеkiston,
1997.– 439 6.
14. Farbеrman B.L. Ilg‗or pеdagogik tеxnologiyalar. – Toshkеnt: O‗z.R.FA. Fan.
2000. - 128 b.
15. Jumaboеv M. Bolalar adabiyoti. Darslik–majmua. –T.: O‗qituvchi, 1994 y. –
2516.
65
16. Jo‗raеv A.J. Tarbiyaviy darslarni o‗tish. Sinf rahbarlari uchun qo‗llanma. –
T.:O‗qituvchi, 1994 y. –133 6.
17. Mavlonova R. O‗zbеkistonda boshlang‗ich ta'lim taraqqiyoti. –T.: Fan, 1985.
–156 6.
18. Saidahmеdov N. Pеdagogik amaliyotda yangi pеdagogik tеxnologiyalarni
qo‗llash tеxnologiyalari. Toshkеnt: 2000 y. - 46 b.
19. Umumiy o‗rta ta'limning Davlat ta'lim standartlari va o‗quv dasturi.
Boshlang‗ich ta'lim. // O‗zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi vazirligining
Axborotnomasi. 7-maxsus son. –T.: «Sharq», 480 b.
20. Ziyoеv X, Istiqlol–ma'naviyat nеgizi. T:. «Ma'naviyat», 1999 y, 190 6.
21. Ziyosv X,. O‗zbеk xalqining shakllanishi. // Guliston, № 4. 1990 y.
22. Zunnupov L. O‗zbеk pedagogikasi tarixi. –T.: O‗qituvchi, 1997 y. –272 b.
23. Umarova M, Hakimova Sh. O‗qish kitobi. 3-sinf.(to‗ldirilgan 10 nashri)
T.:«Cho‗lpon», 2010 y. 224 6.
24. Shojalilov A., Toshmatova G., Matjonov S., Sariеv Sh. O‗qish kitobi. 4–sinf
uchun darslik. – T.: O‗qituvchi, 2001. –352 6.
Dostları ilə paylaş: |