Mavzu: O'zbekiston respublikasi harakatlar strategiyasi: makroiqtisodiy barqarorlik va investitsion faollik



Yüklə 2,96 Mb.
səhifə17/19
tarix25.09.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#148086
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Kurs ishi (1)

2017 yildan boshlab milliy valyuta kursini iqtisodiyotda chet el valyutasiga bo'lgan talab va taklifga asosan belgilash mexanizmi joriy qilindi hamda aholi va tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan chet el valyutalarining sotilishi, sotib olinishi va tasarruf qilinishi borasidagi avval mavjud bo'lgan cheklovlar bekor qilindi, tadbirkorlik sub'ektlari va aholi uchun qator qulayliklar yaratildi.
2018 yilda aholiga bank xizmatlarini ko'rsatishda, jumladan valyuta oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirishda qulayliklar yaratish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro to'lov kartalariga sotib olingan xorijiy valyutani tijorat banklarida naqd shaklda echib olish mexanizmi joriy etildi, tijorat banklari tomonidan aholi gavjum joylarda, shu jumladan, turistik zonalar, aeroportlar, vokzallar va bozorlarda “24/7” rejimida ishlovchi avval mavjud bo'lmagan avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shaxobchalari tashkil etildi.
2019 yilda valyutani tartibga solish sohasidagi ilg'or xalqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan “Valyutani tartibga solish to'g'risida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Qonunda valyutani tartibga solish hamda valyutani nazorat qilish tizimining yagonaligi, ushbu sohada davlat siyosatini amalga oshirishda iqtisodiy choralarning ustuvorligi, rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalariga davlat organlarining qonunga xilof ravishda aralashuviga yo'l qo'yilmasligi kabi asosiy tamoyillar belgilandi.
Milliy valyuta “so'm”ning mavqeini yanada mustahkamlash hamda unga bo'lgan ishonchni kuchaytirish maqsadida davlat bojlari, yig'imlar va boshqa majburiy to'lovlar milliy valyutada undirilishi, tovar va xizmatlar uchun narxlar hamda jamiyatlarning ustav kapitaliga qo'yiladigan minimal talablar faqat milliy valyutada o'rnatilishi qonun darajasida belgilab qo'yildi.

Valyuta siyosatini liberallashtirish natijasida 2017-2020 yillar davomida ichki valyuta bozorida xo'jalik yurituvchi sub'ektlar va aholi tomonidan xorijiy valyutani sotib olish va sotish operatsiyalari hajmi hamda valyuta bozori ishtirokchilari soni o'sishi kuzatildi. Xususan, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan sotib olingan jami valyuta hajmi 2020 yilda 2017 yilga nisbatan 2,3 barobarga, sotilgan valyuta hajmi esa 2,1 barobarga oshdi.


SHuningdek,
Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin