Mavzu: O'zbekiston Respublikasi moliya tizimini rivojlantirishda fond bozorning o'rni Reja Kirish


Moliya tizimini rivojlantirishda fond bozori faoliyatini takomillashtirish istiqbollari



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə4/5
tarix20.09.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#145578
1   2   3   4   5
O\'zbekiston Respublikasi moliya tizimini rivojlantirishda fond bozorning1

3. Moliya tizimini rivojlantirishda fond bozori faoliyatini takomillashtirish istiqbollari.
Xalqaro tajribaga ko'ra, qimmatli qog'ozlar bozori iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun zarur investitsiyalarni jalb qilishning muhim manbai bo'lib, bank krediti orqali moliyalashtirishning muqobili sanaladi. Shu bois ham har qanday davlat iqtisodiy tizimining holati fond bozoridagi faollikda namoyon bo'ladi.Mazkur bozorda yuridik yoki jismoniy shaxslar o'z mablag'ini kelgusida foyda olish maqsadida aksiya hamda boshqa qimmatli qog'ozlarga yo'naltiradi. Qimmatli qog'ozlardan foyda olish dividend yoki foiz ko'rinishida yoxud ularni ikkilamchi ravishda yuqoriroq bahoga sotish evaziga amalga oshiriladi. Moliyaviy fond birjalari bir nechta subyektlarning ishtirokida ishlaydi:
Fond bozorida ishtirok etuvchi subyektlarning bunday turi yuridik shaxs, davlat organlari yoki mahalliy hokimyat organi bo'lishi mumkin.
Investorlar. Ushbu subyekt turiga jismoniy va yuridik shaxslar - kompaniyalar, korxonalar, davlat idoralari kirishi munkin. Yuqorida qayd etilgan shaxslar o'z kapitallaridan keyinchalik foyda olish maqsadida qimmatli qog'ozlarni sotib olish uchun foydalanadilar.
Ular fond bozorida ishtirok etuvchi uchinchi shaxslardir. Ular asosan treyderlar, brokerlar, dilerlar kiradi. Bir so'z bilan aytganda ular vositachilar bo'lib, tomonlardan birining vakili. Bu guruh vakillari muvaffaqiyatli bitimning foizlarini olishadi, shuning uchun bunday savdo shartnomalarini bajarishda imkon qadar ishtirok etish ularning manfaatlariga mos keladi. Xalqaro moliya — xalqaro moliyaviy resurslar majmuini va ularning harakatlanishini ifodalovchi tushuncha hisoblanadi. Xalqaro moliya m unosabatlari muayyan m aqsadlarni am alga oshirish uchun xalqaro darajada shakllantirilgan moliyaviy resurslarni taqsim lash va ulardan foydalanish jarayonidagi iqtisodiy m unosabatlarni ifodalaydi. Xalqaro moliya m unosabatlari o‘ziga xalqaro valyuta munosabatlari, xalqaro kredit munosabatlari, xalqaro investitsiya munosabatlari, xalqaro savdo m unosabatlari, xalqaro soliq m unosabatlari, xalqaro lizing m unosabatlari, mamlakatlar to‘lov balansini boshqarish, xalqaro moliya tashkilotlari bilan aloqalar kabi m unosabatlarni qam rab oladi. Globallashuv jarayoni — jahon savdosining o‘sishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kengayishi, kapitalning xalqaro oqimi rivojlanishi, xizmatlar va m ahsulotlarning xalqaro harakati xalqaro moliyaning rivojlanishiga zamin yaratdi. Shuningdek, mazkur holat jahon moliya bozorlarining, xalqaro moliyaviy korporatsiyalarning yuzaga kelishiga, davlatlararo moliyaviy m unosabatlarning va xalqaro moliyaviy faoliyatning boshqa jihatlari murakkablashuviga olib keldi. Xalqaro moliya doimiy o‘zgaruvchan xalqaro pul tizim larining holati va rivojlanishini, alohida m am lakatlar to‘lov balansining o‘zgarishini, xalqaro moliya bozorlari, xalqaro moliyaviy korporatsiyalar, xalqaro bank va investitsion faoliyatni namoyon etadi. Xalqaro moliya tizim ining asosiy ishtirokchilari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: banklar, transm illiy korporatsiyalar, portfel investorlar va xalqaro rasmiy qarzdorlar. Xalqaro moliyaviy operatsiyalar alohida mamlakatlarning moliya tizimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi kuch hisoblanadi. Xalqaro moliya o‘zida obyektiv asosga ega bo‘lgan moliyaviy munosabatlarni ifodalaydi. Xalqaro moliyaning moddiy asosi bo‘lib mamlakatlar o‘rtasida amalga oshiriladigan xalqaro moliyaviy oqimlar, jum ladan, pul oqimlari — import qilingan mahsulot va xizm atlarning to‘lovlari ham da mahsulot va xizm atlar eksportidan kelgan valuta tushum lari, ushbu oqim lar xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasini ifodalashi m um kin, lekin ular turli mamlakatlarga tegishli bo'ladi, shu boisdan m am lakatlar o‘rtasidagi pul oqimlari harakatini namoyon etadi. Shuningdek, kredit mablagMari oqimi ham ikki tom onlam a bo‘lib hisoblanadi, bir tom ondan qarzning berilishi bo‘lsa, boshqa tom ondan esa, uning qaytarilishi va foizlarning to ‘lanishi namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, mazkur oqimlar asosida moliyaviy resurslarning mamlakatlar o‘rtasidagi harakati yuzaga keladi. Ularning taqsimlanishi bir tomondan valyuta kurslari asosida, ikkinchi tomondan esa, bojxona tariflari asosida boshqariladi. Moliyaviy resurslar xalqaro moliya tashkilotlari va institutlari faoliyati jarayonida shakllanadi va foydalaniladi. Mazkur institutlar va tashkilotlar davlatlararo tuzilm aga ega bo‘lib muayyan funksiyalarni bajaradi. Ularning moliyaviy ta’m inoti um um lashgan (masalan, BMT budjeti) yoki maqsadli (aniq dasturlar va tadbirlar uchun mo'ljallangan) fondlar orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy resurslarning muayyan qism ini xalqaro darajada markazlashuvi jahon xo‘jaligi ehtiyojlarini ta ’minlaydi, bunday resurslarni shakllantirishning iqtisodiy shart-sharoitlari bo‘lib, iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi, turli sohalardagi xalqaro loyiha va dasturlarni amalga oshirishda m am lakatlarning ishtiroki, kredit va savdo m unosabatlarini rivojlanishi hisoblanadi. Shunday qilib, xalqaro moliya — bu xalqaro moliya bozori va xalqaro institullar tom onidan shakllanishi, taqsim lanishi va ishlatilishini o‘z ichiga olgan moliyaviy resurslar harakati asosida hosil bo‘lgan munosabatlar tuzilm asi bo‘yicha murakkab tizimdir. Mamlakat davlat moliyasining xususiyatlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
— bitta mamlakat hududidan chiqmaydi;
— xorijiy subyektlarni jalb qilmaydi;
— milliy qonunchilik asosida amalga oshiriladi;
— m am lakat ichida am alga oshiradigan hisob-kitoblarni o‘zida ifodalaydi. Xalqaro moliya esa turli xildagi jihatlarni o‘rganadi. Bularga:
— iqtisodiy kategoriya sifatida
— moliyaviy resurslarning fondlari bo‘lib, xalqaro iqtisodiy m unosabatlarni rivojlantirish asosida tashkil etilgan ham da xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy ehtiyojlarni qondirish va jahon darajasida ijtimoiy takror ishlab chiqarishning rentabelligini va uzluksizligini ta’m inlash uchun foydalaniladi;
— institutsional jihatdan
— bu banklar, valuta va fond birjalari, xalqaro moliya institutlari, mintaqaviy moliya-kredit tashkilotlari, xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlar va birlashm alar majmui bolib, ular orqali jahon moliyaviy oqim larining harakati amalga oshiriladi;
— iqtisodiy m unosabat sifatida
— bu, jahon bozorida kapital, xizm atlar, tovarlar harakati vaqtida milliy m ahsulotlarning qayta taqsim lanishi jarayonida yuzaga keluvchi pul ko‘rinishidagi m unosabat. Davlatlararo va transm illiy moliya-kredit m unosabatlarini o‘z ichiga oladi va ularda xorijiy elementlar ishtirokini ifodalaydi. Xalqaro moliyaning asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi:
— taqsim lash funksiyasi;
— nazorat funksiyasi;
— takror ishlab chiqarish jarayoniga moliya yordamida xalqaro valuta-kredit va moliya tashkilotlarining aralashuvi bilan bog‘liq tartibga solish funksiyasi;
— barqarorlashtirish funlcsiyasi. M azkur funksiya jahon xo‘jaligi tizim ida iqtisodiy va ijtimoiy m unosabatlar uchun barqaror sharoitni yaratishda namoyon bo'ladi. Xalqaro moliya munosabatlari shakllanishi va rivojlanishining asosiy omillari quyidagilardan iborat:
1. Jahon bozorlarining vujudga kelishi, ayniqsa tovar bozorlari.
2. Xalqaro m ehnat taqsimoti.
3. Iqtisodiy aloqalarning baynalminallashuvi va globallashuvi.
4. Iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda integratsiya jarayonlarining kuchayishi.
5. llm iy-texnika taraqqiyoti.
6. Xalqaro moliya munosabatlarining ko‘p tomonlama tartibga solish tizim ini takomillashtirilishi.
7. Jahon iqtisodiyotida global muammolarning keskinlashuvi. Xalqaro moliya jahon xo‘jaligining aniqlovchi tizim laridan biri hisoblanib, milliy va jahon iqtisodiyotiga aniqlovchi ta’sir ko‘rsatadi.
Mamlakatning uzoq muddatli rivojlantirish kontseptsiyalari hamda ustuvor davlat dasturlari, xususan, 2022-2026 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Taraqqiyot strategiyasi, O'zbekison Respublikasi Prezidentining har yilgi Oliy Majlis palatalariga murojaatnomasi, 2030 yilgacha Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish kontseptsiyasi hamda boshqa shu kabi davlat dasturlari Strategiyani ishlab chiqish uchun asos bo'lib xizmat qildi.
Strategiyaning asosiy maqsadi har tomonlama puxta o'ylangan byudjet siyosatini olib borishni, mamlakatni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishga yo'naltirilayotgan byudjet mablag'laridan foydalanish samaradorligini oshirishni, ularning shaffofligi va ochiqligini ta'minlashga qaratilgan davlat moliyasini boshqarishning samarali tizimini yaratishdan iborat.
Strategiyaning maqsadlariga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish zarur:
- strategik maqsadlarga yo'naltirilgan hamda o'rta muddatga mo'ljallangan soliq-byudjet siyosatini yuritish;
- fiskal nazoratni kuchaytirish, birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilari uchun ajratiladigan byudjet mablag'larining chegaralangan miqdorlarini Oliy Majlis tomonidan belgilash orqali byudjet jarayoni ishtirokchilarining mas'uliyatini va hisobdorligini oshirish;
- uzoq muddatga davlat moliyaviy barqarorligini ta'minlashga yo'naltirilgan soliq-byudjet siyosatini joriy etish;
- byudjet jarayonining shaffofligi va byudjet ma'lumotlarining ochiqligini oshirib borish;
- byudjetlararo munosabatlarni tubdan isloh qilish, mahalliy byudjetlarning mustaqilligini va javobgarligini oshirish hamda byudjetlararo transfertlar taqdim etishning shaffof mexanizmini joriy etish.
Strategiyani ishlab chiqishda nafaqat iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar, balki moliyaviy-iqtisodiy jihatdan tuzilishi bo'yicha o'xshash mamlakatlar tajribasi ham o'rganib chiqilgan.
Har qanday mamlakat iqtisodiyotida biz shuni ko'rishimiz mumkinki, ayrim tarmoqlarda pul mablag'lari yetishmay turgan bir paytda, ba'zi tarmoqlarning ko'p miqdorda pullari vaqtincha bo'sh turadi. Bir tarmog'ning mablag'i ma'lum vaqt mobaynida ortiqchalik yoki yetishmay qolishligi navbatma navbat almashib kelishini hisobga olgan holda, mablag'i yetadigan va shu mablag'ga yetishmovchiligi bor bo'lgan tarmoqlarni bir birlari bilan uchrashtiradigan soha bu moliya bozori, ya'ni fond birjasidir. Dunyoning ko'plab, eng zamonaviy davlatlarning bozor iqtisodiyotida fond birjalari faoliyat ko'rsatmoqda. Shu bilan birga, fond birjalari bozor iqtisodiyotining eng muhim instituti sifatida qaralib, tegishli moliya institutlarining faoliyatini milliy iqtisodiyotidan kelib chiqqan holda muhim ahamiyatga ega bo'lgan ko'plab vazifalarni o'z ichiga oladi. Fond bozori jismoniy yoki qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishga imkon beradigan mexanizm to'plamidir. Fond birjasi - bu qimmatli qog'ozlar savdosiga mo'ljallangan uyushgan bozor. Bu qimmatli qog'ozlar xaridori hamda sotuvchisi uchrashadigan joy. Zamonaviy iqtisodiyotning eng muhim jihatlaridan biri uning aralash mulkka asoslangan ekanligidadir. Lekin jahonning rivojlangan birorta davlatida ham davlat mulki yoki xususiy mulklardan birortasining mutloq hokimligi uchramaydi. Rivojlangan davlatlarda turli mulk shakllarining birgalikdagi harakatlariga asoslangan iqtisodiyot o‘zining hayotchan ekanligini allaqachon isbotladi. Lekin tan olish kerakki, iqtisodiy hayotning u yoki bu bosqichida davlat yoki bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarining ta’siri sezilarli bo‘ladi. Masalan, bozor iqtisodiyoti qonunlarining harakati obyektiv xaraktyerga ega bo‘lib, ularni bekor qilish mumkin emas. Xuddi shuningdek, bozor institutlari “nomenklatura”sining kengayishi, ular o‘rtasidagi aloqalarning murakkablashuvi, yangi tizimlarning (evolyutsiya yoki taraqqiyot qonunlariga muvofiq ravishda) shakllanishini ham rad etib bo‘lmaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga davlatning ta’siri esa quyidagi maqsadlar uchun zarur:
•hayotiy faoliyatning umumiy sharoitlarini va iqtisodiy qarorlarning amalga oshirilish asoslarini ta’minlash (butun jamiyat uchun xavfsiz yashash sharoitini yaratish, mulkka egalik qilish huquqi himoyalashga va shaxsning erkin rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan huquqiy rejimni (tartibni) o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlab turish, samarali raqobatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish);
•barqarorlashtiruvchi tadbirlarni amalga oshirish (davlat iqtisodiy o‘sishning sur’atlarini, inflyatsiya va ish bilan ta’minlash darajasini tartibga solib turishi, iqtisodiyotning tarmoq va mintaqaviy tuzilmasidagi progressiv (ijobiy) o‘zgarishlarni rag‘batlantirishi, tashqi iqtisodiy muvozanatni va milliy valyutaning kursini qo‘llab-quvvatlashi lozim);
• resurslarning ijtimoiy yo‘naltirilgan qayta taqsimlanishini amalga oshirish (davlat jamiyatga kerak bo‘ladigan, lekin u bilan xususiy sektor shug‘ullanmaydigan ishlab chiqarishni tashkil. qilishi, ish haqi, pensiyalar, nafaqalarning minimal darajasini kafolatlashi, ijtimoiy himoyaga muhtojlarga yordam berishi, qat’iylashtirilgan (fiksatsiya qilingan) daromadlarning indeksatsiyasini amalga oshirishi zarur). Rivojlangan har qanday davlat yirik mulkka, ya’ni mamlakat milliy boyligining katta qismiga ega. Bu mulk, asosan, moddiybuyumlashgan shaklda (tabiiy boyliklar, binolar, inshootlar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari, muzeylar, qo‘riqxonalar, davolash manbalari, kutubxonalar, oltin zaxiralari va h.k.) mavjud bo‘lib, o‘zining mo‘ljallanganligiga ko‘ra ular davlat boshqaruvi va iqtisodiy tartibga solishda davlatning ishtirokiga oid joriy ehtiyojlarni “to‘lash”ga ishlatilmasligi kerak. Ma’lumki, hozirgi va kelajak avlod uchun milliy boyli odatda, “yeyilmaydi” va, aksincha, u ko‘paytiriladi. Shuning uchun ham davlatning (agar, albatta, davlat hududlar, aholi, an’analar va h.k.lar kompleksi sifatida emas, balki boshqaruv organi sifatida qaralsa) real (haqiqiy) boyligi uning markazlashtirilgan pul fondidan, ya’ni davlat moliyasining moddiy asosidan iborat ekanligi ma’lum bo‘ladi. Barcha zamonaviy iqtisodiy makon uchun turli-tuman pul oqimlarining harakati va ularning bir-birlari bilan qo‘shilib ketishi, o‘z miqdori bo‘yicha turlicha bo‘lgan pul fondlarini (shaxsiy, jamoa, kredit, rezerv, valyuta, sug‘urta, byudjet, markaziy, mintaqaviy, homiylik va boshqalar) shakllantirish va ulardan foydalanish xosdir. Ularning barchasi yagona real manba – mamlakat ichida va xorijda shu yilning o‘zida yaratilgan qo‘shilgan qiymat – hisobidan “oziqlanadi”.
Bu fondlarni qayta taqsimlashning tarkibi va strukturasi (tarkibiy tuzilmasi), ya’ni davlat uning qancha qismini o‘ziga oladi va undan qanday foydalanadi, milliy xo‘jalik takror ishlab chiqarishining nisbatlari (proporsiyalari), ijtimoiy sohani ta’minlash, zaruriy rezervlarni yaratish, milliy xavfsizlikni ta’minlash imkoniyatlari va h.k.larni belgilab beradi. Hozirgi paytda dunyoning sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarida markazlashtirilgan pul fondlarining jami hajmi YaIMning o‘rtacha 30% dan 50% gachasini tashkil etadi. Shunday qilib, qolgan barcha pul oqimlari harakatini tartibga solishning potensial imkoniyati va boshqa har qanday pul fondlarini shakllantirish sharoitlariga ta’sir ko‘rsatish zamonaviy davlat moliyasi miqdoriy xarakteristikasining o‘ziga borib taqaladi. Biroq, rivojlanayotgan dunyo, shuningdek, o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlar moliyasi uchun bu sifatlar, ularning bunday masshtabi xos emas, albatta. Bu mamlakatlarda tegishli raqamlar YaIMga nisbatan 11-17% atrofida tebranadi va aynan shu raqamlarning o‘zi davlat tomonidan bu jarayonga aralashuvning yetarli darajada faol emasligidan dalolat beradi. Bu jarayonlarning yanada rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risida gapirilganda, qayd etish kerakki, bu yerda davlatning tartibga solish roli uzluksiz yuqoriga o‘sib boruvchi to‘g‘ri chiziq sifatida namoyon bo‘lmaydi. Chunki rivojlangan xorij mamlakatlarida xususiy subyektlar daromadlarini davlat daromadlariga “oqib o‘tishi”ning o‘ziga xos bo‘lgan iqtisodiy chegarasiga (kritik nuqtasiga) erishilgan. Shunga muvofiq ravishda, G‘arbning nazariy bilimlari tegishli hukumatlarni davlat ta’sirini qisqartirishning barcha yo‘nalishlari tomon faol va muvaffaqiyatli tarzda yo‘naltirmoqda. Aksincha, dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlari va bozoriqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlar uchun esa kelajak boshqacharoqdir. Bu mamlakatlarda bozor tuzilmalari va institutlarining rivojlanishi va mustahkamlanishi bilan parallel ravishda davlatning moliyaviy tartibga solishi ham ortib (kuchayib) borishi kerak va ularda tegishli iqtisodiy “chegara”ga (kritik nuqtaga) yetgunga qadar hali ancha bor. Turli sotsial-iqtisodiy jarayonlarda moliyaning rolini (moliyaviy tartibga solishning rolini) to‘liq idrok etish uchun tizimning shakllantiruvchi asoslarini – davlat xarajatlari va davlat daromadlarini - hamda ular har birining rolini atroflicha tahlil qilib chiqmoq lozim. Dastlab, davlat xarajatlarining tavsifiga murojaat qilish kerak.
Chunki aynan davlat xarajatlari davlat moliyasining ijtimoiy mo‘ljallanganligi nimadan iborat ekanligini aniq ko‘rsatadi. Shunga mos ravishda, aynan davlat xarajatlarining tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va hajmi moliyaviy tizim faoliyatining natijalarini o‘zida aks ettiradi va bu tizim ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida o‘zining funksiyalarini bajarayaptimi yoki yo‘qmi, degan savolning javobini oldinroq aniqlashga imkon berad. Takror ishlab chiqarish jarayonida davlat moliyasining rolini aniqlab olish uchun ularni bir necha belgilar bo‘yicha klassifikatsiya qilish mumkin. Agar davlat xarajatlariga tovarlar yoki mehnatda ifodalangan xizmatlar qarama-qarshi turadigan bo‘lsa, u holda davlat pul mablag‘lari oqimlarining boshqa ne’matlarga o‘ziga xos tarzda transformatsiyalashuvi sodir bo‘ladi va shu munosabat bilan bunday xarajatlarni transformatsion xarajatlar tarkibiga kiritiladi. Ularning orasidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
• davlat iste’moli (davlat sektori ishchilarining ish haqi, joriy ehtiyojlarni qoplash uchun davlat tomonidan sotib olingan tovarlar uchun to‘lovlar, ishlab chiqarishga dotatsiya berish; davlat qarziga xizmat ko‘rsatish, byudjetlararo subsidiyalar va shu yerda ko‘rsatilgan maqsadlar uchun foydalaniladigan ssudalar);
• davlat investitsiyalari (davlat korxonalari va tashkilotlarining asosiy kapitali va aylanma fondlarining o‘sgan qismiga investitsiyalar, davlat zaxiralarini yaratish, uzoq muddatli byudjet kreditlari). Shunday qilib, iqtisodiyot resurslarining cheklanganligi sharoitida transformatsion xarajatlar nodavlat sektorida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning hajmini bevosita o‘zgartiradiki, bulardan boshqa bir vaziyatlarda jamiyat foydalanadi va bir vaqtning o‘zida jami taklifning tarkibiy tuzilmasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Agar davlatning xarajatlari turli xildagi pensiyalarni (yosh bo‘yicha, nogironlik, boquvchisini yo‘qotganda, alohida xizmatlari uchun) va nafaqalarni (bolalarga, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, ishsizlik bo‘yicha) to‘lashga yo‘naltirilsa, u holda davlat tomonidan mablag‘larni berishning o‘ziga xos tarzda berilishi sodir bo‘lib, u transfert deb ataladi va bunda mablag‘lar soliq to‘lovchilardan shu to‘lanmalarni oluvchilarga beriladi va mazkur operatsiyada uchrashuvchan xizmatlarning taqdim etilishi sodir bo‘lmaydi. Bunday holda yangi qiymat yaratilmaydi va huquqni ushlab turuvchining tovarlar va xizmatlar iste’moli berilishi kuzatiladi. Bu transfert xarajatlar jamiyatning jami daromadini uning a’zolari o‘rtasida taqsimlanishini o‘zgartiradi (korrektirovka qiladi). Davlatning xarajatlari yana joriy (davlat iste’moli va transfertlar) va kapital xarajatlarga (davlat investitsiyalari) bo‘linadiki, bunday bo‘linish takror ishlab chiqarish parametrlari dinamikasiga moliyaning ta’sirini baholashda juda muhimdir.
Shuningdek, davlatning xarajatlari insonlarga (shaxsiy daromadlar) va kapitalga (joriy qo‘yilmalar va investitsiyalar) xizmat qilishi mezoni bo‘yicha ham klassifikatsiya qilinishi mumkin. Bu narsa ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish va uni iste’mol qilishda ularning ulushlarini alohida hisobga olishga imkon beradi. Davlat xarajatlarini guruhlarga ajratishda funksional prinsipdan foydalanish mamlakat taraqqiyotining ichki muammolarini hal qilish va dunyo hamjamiyati bilan o‘zaro munosabatlar orqali ifodalanadigan davlatning barcha funksiyalarini (ijtimoiy, iqtisodiy, tadqiqotchilik, boshqaruvchilik, tashqi siyosiy va boshqalar) namoyish qilishi mumkin. Shu narsaning o‘zi tizimlashtirilgan ko‘rinishda yo‘nalishlarning ustuvorligini aks ettirishga va davlat tomonidan tartibga solish jarayonining ta’sirchanligini baholashga imkon beradi. Masalan, davlatning ijtimoiy funksiyalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar aholi kam ta’minlangan qatlamlarining kvalifikatsiya, tibbiy xizmat, uy-joy, kafolatlangan minimal pensiya va nafaqalar olishga tegishli sharoitlarni yaratadi. Bu esa sotsial munosabatlarning barqarorligini qo‘llab-quvvatlab, jami talabning hajmi va tarkibiy tuzilmasiga keskin ta’sir ko‘rsatadi va bu ta’sir quyidagilarda namoyon bo‘ladi: • ijtimoiy subsidiya oluvchilar aholining moddiy ne’matlar iste’moli qismiga nisbatan barqaror to‘lovga qobiliyatli talabning barqarorligini ta’minlaydi; • ijtimoiy-madaniy soha tashkilotlarini joriy saqlash uchun tovarlar va xizmatlarni davlat tomonidan sotib olinishi bozorning juda ko‘p segmentlarida talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi; • maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy ta’minot obyektlarining kengaytirilishi, uy-joy qurilishiga davlat dotatsiyalari bilan birgalikda, faqat qurilish materiallariga bo‘lgan talabni oshirib qolmasdan, balki qurilish industriyasi bilan bog‘liq bo‘lgan sanoatning boshqa alohida tarmoqlari uchun ham chuqur bozorni yaratadi, uzoq muddatli foydalanish xos bo‘lgan predmetlar uchun talabni oshiradi. Bundan tashqari, davlatning ijtimoiy-madaniy tadbirlar xarajatlari bu o‘ziga xos tarzda malakali ishchi kuchini tayyorlashga qilingan investitsiyalardan iboratdir. Bundan uning ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va tadbirkorlik sohasini qo‘llab-quvvatlashning strategik chorasi ekanligi ham yaqqol ko‘rinadi. Davlatning boshqa funksiyalarini amalga oshirilishi jarayonida ham, xususan, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalariga subsidiya va kredit berishda, infratuzilma obyektlarini yaratish va ularni takomillashtirishda, harbiy qurilish uchun qurol-aslahalarni sotib olishda, davlat qarzlarini va ular bo‘yicha foizlarni qaytarishda ham bozor konyunkturasi keskin o‘zgaradi.

Xulosa
Fond bozorini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy elementlaridan biri fond bozori to'g'risidagi qonunchilikning uning ishtirokchilari tomonidan amal qilinishi ustidan nazoratdir. Nazorat organlari tajribasi hamda qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilari faoliyatini umumlashtirish bo'yicha nazorat elementlarini uslubiy jihatdan tizimlashtirish lozimdir. Yuqoridagilardan kelib chiqib, fikrimizcha, fond bozorini davlat tomonidan tartibga solish tizimini bilvosita (to'g'ridan-to'g'ri) va bevosita usullarga ajratish mumkin .
Iqtisodiy muammolarga iqtisodiy rivojlanish muammolarini hal etish, xususan, iqtisodiyotning moliyaviy jihatdan to'yinganlik darajasini oshirish, jamoaviy investitsiyalash tizimini rivojlantirish va makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni barqarorlashtirish kiradi.
Fond bozorining rivojlanishi bevosita iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish siyosatiga bog'liq, ammo rivojlanayotgan mamlakatlar har doim ham to'g'ri va malakali siyosat olib boravermaydi. Zamonaviy sharoitda mamlakatning iqtisodiy o'sishi ushbu iqtisodiyot tovar va moliya bozorlarining jahon bozorlariga dinamik ravishda integratsiyalashuviga bevosita bog'liq bo'lib, bu o'z navbatida bozorlarni erkinlashtirishni talab etadi. Rivojlanayotgan fond bozorini rivojlangan bozorga aylantirishning texnik vazifalari quyidagilardan iborat: jahon fond bozoriga samarali integratsiya qilish uchun zarur infratuzilmani ta'minlash va fond bozoridagi faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish. Ko'pgina rivojlanayotgan fond bozorlariga xos bo'lgan muammo shundaki, rivojlanayotgan mamlakatlarda odatda fond bozori infratuzilmasini rivojlantirish uchun zarur bo'lgan davlat va jamiyatning e'tibori yetarli darajada bo'lmaydi, davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanmaydi. Binobarin, fond bozorining rivojlanganligi uning mamlakat uchun qanchalik dolzarb va muhim ekanligiga bevosita bog'liq bo'lib, bu davlatning xohish va qat'iyatida o'z aksini topadi. Shuningdek, davlatning siyosiy qo'llab-quvvatlovi milliy fond bozori manfaatlarini xalqaro moliya bozorlarida himoya qilish shaklida ham ayniqsa muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shakat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi . 2018-yil 28-dekabr.

  2. Sh.M.Mirziyoyev. "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmoni.07.02.2017 PF-494

  3. Sh.M.Mirziyoyev. O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi tashkil etish to'g'risida"gi Farmoni 18.04.2017.

  4. Алехин, Б. И. Рынок ценных бумаг: учебник и практикум для вузов / Б.И. Алехин. - 2-е изд., испр. и доп. - М.: Издательство Юрайт, 2023. - 497 с.

  5. Шохаъзамий Ш.Ш. Финансовый рынок и ценные бумаги. Книга 1. Учебник.-Т.: Iqtisod-moliya, 2005.-c.13, 31-34.

  6. Бутиков И.Л.. Проблемы формирования и функционирования рынка ценных бумаг в Узбекистана. БФА.: Диссертация на соискание ученной степени доктор экономического наук. Тошкент.: 2019.г. 416 стр.

  7. Xojimatov R.X. Fond bozorini rivojlantirish xususiyatlari va istiqbolli bank vositalari. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-aprel, 2019-yil.

  8. Qulmatov Ch., To'ychiyev N. Xalqaro kapital bozori rivojlanishining tendentsiyalari. Экономика. Научно-аналитический электронный журнал. Выпуск № 2. Июль 2022 года. e-journal.uz

  9. Azizov U.O'. "Kapital bozori: Iqtisodiy o'sishni ta'minlovchi drayver" https://finance.uz/index.php/uz/fuz-menu-biznes-uz/6939-kapital-bozori-i-tisodijsishni-ta-minlovchi-drajver

  10. Elmirzayev S.E. va boshqalar. Moliya bozori. Darslik /- T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2019. - 324 b.

  11. Xasanov X.N. Iqtisodiyotning korporativ sektoriga kapital bozoridan moliyaviy resurslarni jalb qilish amaliyotini takomillashtirish. Iqt. fan. bo'y. fal. dok. (Ph.D).Avtoref. - T., 2020.

  12. Abdullaev Y.A., Srojiddinova Z.X., Usipboyev N.I. O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasi: Darslik. T.: TFI, 2021 yil.

  13. X.Sh.Tillayev. Improving the investment activity of commercial banks in the securities market.2018 .www.wc.tseu. uz

  14. Samadov A.N., Ostanaqulova G.N. Kichik biznes va tadbirkorlik. T.: Moliya-iqtisod, 2018.

  15. Qosimova M.S., Yusupov M.A., Ergashxodjaeva Sh.J. Marketing. –T.: TDIU -2019.




Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin