Iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari” bo'yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag'ishlangan matbuot anjumanida iqtisodiy sohaga daxldor bo'lgan tegishli vazirlik va idoralar, Markaziy bank mutasaddilari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Iqtisodiy sohada amalga oshirilgan chora-tadbirlar muhokamasi hamda tahliliga bag'ishlangan matbuot anjumanida Harakatlar strategiyasining mazkur yo'nalishida to'rt yil davomida bajarilgan ishlar sarhisob qilindi.
Xususan, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari Harakatlar strategiyasi, xususan, joriy yilgi “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi doirasida iqtisodiy sohada, jumladan, narx-navo barqarorligi ta'minlash, inflyatsiya, makroiqtisodiy barqarorlik, soliq islohotlari, byudjet mablag'laridan samarali foydalanish, investitsiyalarni jalb qilish, tadbirkorlik uchun yaratilgan qulay muhit, bank islohotlari, transport infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha ma'lumot berishdi.
“Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari”, deb nomlangan to'rtinchi ustuvor yo'nalish ijrosini ta'minlash borasidagi ishlar yuzasidan o'tkazilgan matbuot anjumanida Maktabgacha ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mutasaddilari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Matbuot anjumanida Harakatlar strategiyasining mazkur yo'nalishida to'rt yil davomida bajarilgan ishlar sarhisob qilindi. Xususan, tegishli vazirlik mutasaddilari Harakatlar strategiyasi, xususan, joriy yilgi “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi doirasida ijtimoiy sohada, jumladan, aholi, ayniqsa yoshlarning bandligini ta'minlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va salomatligini saqlash, fan, ta'lim, madaniyat va sport sohasini takomillashtirish, yo'l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bilan bog'liq chora-tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot berishdi.
“Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash hamda chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni amalga oshirish sohasidagi ustuvor yo'nalishlar”ga bag'ishlangan matbuot anjumanida Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Inson huquqlari bo'yicha milliy markaz, Din ishlari bo'yicha qo'mita, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi mutasaddilari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Ta'kidlanganidek, Harakatlar strategiyasi, xususan, joriy yilgi Davlat dasturining beshinchi ustuvor yo'nalishidan kelib chiqib, davlat harbiy tashkiloti va mamlakat mudofaa tizimini yanada takomillashtirish, mutaassiblik, ekstremizm va terrorizmning asl maqsadi va mazmun-mohiyatini ochib beruvchi targ'ibot ishlari jadallashtirildi, millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari, yurtimiz allomalari hayoti, ilmiy merosiga bag'ishlangan va diniy bag'rikenglik mavzularida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyalar o'tkazildi.
Shuningdek, tadbirda mahalliy mahsulotlarning mintaqaviy va xalqaro bozorlarga olib chiqilishini yengillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar, O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatini, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub'ekti sifatidagi o'rni va rolini oshirish, O'zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo'shnichilik muhitini shakllantirish va boshqa masalalar bo'yicha amalga oshirilgan ishlarga ham to'xtalib o'tildi.
Dostları ilə paylaş: |